106
Maks Plank 1933 yilning 16-may sanasida, yaqindagina hukumat boshlig„i sifatida
ish boshlagan adolf gitler bilan uchrashdi. U yahudiylarga qarshi qaratilgan
millatchilik siyosati, nemis ilm-fani uchun tiklab bo„lmas og„ir talofot yetkazishini
tushuntirmoqchi edi. Plank bu uchrashuv haiqda keyinchalik o„z
hamkasblariga
so„zlab bergan. Uning aytishicha, yahudiylar haqida gap ochilgach, gitler avvaliga
bosiqlik bilan, hotirjam ohangda, yahudiylarga nisbatan hech qanday shaxsiy g„arazi
yo„qligini ta‟kidlagan. Keyin esa, u barcha qatori yahudiylarni ham albatta himoya
qilishi haqida to„xtalib, o„zining faqat komunistlarga qarshi ekanini aytgan. Shundan
so„ng, o„z og„zidan «komunistlar» so„zi yangrashi hamonoq u tutoqib keta boshlagan
va asta-sekinlik
bilan ovozini balandladib, avval, hamma yahudiylar yoppasiga
komunist ekani, komunistlarni esa yo„q qilish lozimligini aytib baqira ketgan ekan.
Shundan so„ng u xuddi telbalardek jazavaga tushib, yahudiylardan nafratlanishini,
ularni himoya qilmoqchi bo„lganlarni ham, shu jumladan Plankdek nufuzli olimlarni
ham ayamasligi aytib qichqirgan. Eynshteyn bu haqidagi xotiralarda, gitler Plankni
hatto konsentratsion lagerga badarg„a qilmoqchi ham bo„lgani haqida yozgan.
O„sha vaqta Geyzenberg Leyptsig universitetida professor bo„lib ishlardi.
Aynan 1933 yilda yahudiy millatiga mansub o„qituvchilarning
ommaviy ravishda
ishdan bo„shatilishi boshlandi. Leyptsigda professor Levi ismli kuchli matematik olim
ishlardi va u ham yahudiy bo„lgan. Geyzenberg hamda butun universitet jamoasi
Levini qattiq hurmat qilishardi. Ushbu olimning hukumat tomonidan majburiy ishdan
bo„shatilishi, universitet mehnat jamoasida keskin norozilikni keltirib chiqardi. Qattiq
ranjigan Geyzenberg hamda unga maslakdosh bo„lgan yana bir necha ilmiy xodimlar
ommaviy ravishda ishdan iste‟fo berish orqali, yuritilayotgan axmoqona siyosatga
qarshilik qilishmoqchi bo„lishdi. Lekin, ishdan bo„shash haqida ariza yozishdan
avval,
Geyzenberg Berlinda, Plank huzurida mehmon bo„lib, ko„pni ko„rgan qariya
hamkasbidan maslahat so„raydi. Geyzenbergning aytishicha, bu vaqtda allaqachon
yoshi 75 dan o„tgan gerr professor Plank, diqqatchilikdan juda zada bo„lib, nihoyatda
horg„in qiyofada, kuchli ruxiy zo„riqishlar tufayli o„ta achinarli ahvolda qolgan ekan.
Plank Geyzenbergga gitler bilan bo„lib o„tgan uchrashuv suhbat haqida so„zlab
beradi. Geyzenberg o„sha kuni Plankning aytgan gaplari haqida o„z qaydnomalarida
quyidagilarni yozib qoldirgan:
«
Dostları ilə paylaş: