FANNING AHAMIYATI.
Plank shunday savolni o„rtaga tashlaydi:
Din va fan o„zaro uyg„unmi
? Savolga
olimning o„zi aniq-tiniq javob beradi: -
Ha uyg„un, ular bir-butun
! Plankning e‟tirof
etishicha, dinning ham, ilm-fanning ham asl maqsadi aslida bitta – Oliy Haqni tanish.
O„z mulohazasini olim shunday so„zlar bilan yakunlaydi: «
Din hamda ilm-fan
birgalikda, bid‟at, hurofot, mutaasiblik, aqidaparastlik, hamda, Xudosizlikka qarshi
abadiy kurash, tinimsiz jang olib boradi
».
133
Xuddi Eynshteyn singari, Maks Plank ham determinizm g„oyalariga sodiq olim
bo„lib, o„sha kvant mexanikasi, noaniqliklar tamoyili hamda ulardan kelib chiquvchi
xulosalar orqali yuzaga kelayotgan ikkilanishlarning tezroq bartaraf etilishi, buning
uchun esa, kvant nazariyasining determinizmni tiklashga xizmat qiluvchi yangi,
mukammal talqini yuzaga kelishi kerakligini ta‟kidlagan.
Gap shundaki, determinizmni himoya qilish masalasi, inson iztiyor erkinining
o„z qo„lidami, yoki yo„qmi degan falsafiy savol bilan bog„liq edi. Ushbu masala
chuqur axloqiy va ma‟rifiy jihatlarni qamrab olib, Maks Plank singari kuchli e‟tiqodli
kishini tashvishlantirmasligi mumkin emas edi.
Aksariyat fiziklar singari men ham shu narsaga qat‟iy aminmanki, kvant
nazariyasi oxir-oqibatda o„zining tenglamalar orqali ifodalanadigan aniq
ta‟rifiga ega bo„ladi va o„z navbatida bu tenglamalar, sababiyat qonunini
yanada mukammal ta‟riflash uchun xizmat qiladi.
Sababiyat tamoyiliga ko„ra, sodir bo„layotgan barcha hodisalarning o„z sababi
va oqibati mavjud. Ushbu tamoyilga ishonadigan kishilar uchun indeterministlar
qarshi chiqishadi. Indeterministlarning fikricha, tabiatda biror narsaning haqiqiy
sababiyati mavjud emas. Agar ikkita hodisa ketma-ket sodir bo„lsa, (masalan, biz
fortepiano klavishasini bossak va ketidan uning tovushini eshitsak) bu ularning biri
ikkinchisinin sababi sifatida qaralishi kerakligini anglatmaydi. Biz faqatgina shuni
ayta olamizki, bu ikki hodisa real voqe‟likda sodir bo„ldi. Indeterminist odam, ko„z
o„ngida sodir bo„lgan ikkita ketma-ket hodisa, haiqiqatan ham u necha marta ko„rgan
bo„lsa, o„shancha martasida ham aynan ketma-ket, bir ikkinchisi ortidan sodir
bo„lganligini tan oladi. Bunday g„alati yondoshuvning nisbatan tugal ko„rinishi Devid
Yum g„oyalarida namoyon bo„ladi. U sabab-oqbiat haqida bahs yuritishdan tiyilib,
ehtimoliylik, tasodifiylik haqida mulohaza qilishni ma‟qul ko„radi. Albatta quloqqa
g„alati va g„aliz eshitiladi. Lekin o„zining nisbatan tugal shakliga kirib ulgurgan
bunday g„oyalarni butunlay inkor qila oladigan faktlarni keltirishning o„zi ham olim-
faylasuflar uchun hozircha mushkul bo„lmoqda.
Plankning sababiyat tamoyilini zo„r berib himoya qilishining omili esa, uning
mazkur tamoyilsiz ilm-fanda ilmiy tadqiqotlarni yuritishda, muhim ilmiy xulosalarni
yasashda, ushbu tamoyilsiz hech narsaga erishib bo„lmaydi degan qat‟iy ishonch-
e‟tiqodi bo„lgan. Variativlik va sababiyat tamoyilining natijalari, har qanday ilmiy
tadqiqot uchun asos-poydevor bo„lib xizmat qiladi deydi Plank.
134
Determinizmning amaliy namunalarini ko„rsatish, tushintirish uchun Plank,
tashqi olamni ikki qismga: bizga sezgi organlari orqali tanish bo„lgan hissiy olam
hamda, uni matematik formulalar va nazariyalar orqali ifodalaydigan fizik olamga
taqsimlaydi. Kelajakdagi biror hodisani bashorat qilish uchun, unga taaluqli
parametrlarni avval hissiy olamda o„lchab olish, olingan natijalarni fizik olamga olib
o„tish, fizik olamda tegishli hisob-kitoblarni bajarib, yana hissiy olamga qaytish
kerak. Masalan, agar gap Quyosh tutilishi haqida ketayotgan bo„lsa, unda berilgan
vaqt uchun avval Oy va Quyoshning vaziyatini aniqlash, trayektoriyalarini hisoblash
va ular asosida, ushbu osmon jismlarining bizga Quyosh tutilish sifatida ko„rinadigan
samoviy holati qachon va qayerda sodir bo„lishini aytish mumkin. Hissiy olamdan
fizik olamga va aksincha o„tishda muayyan noaniqlik kelib chiqadi, chuki, aytilingan
o„lchash va hisoblashlarni mutlaq aniqlik bilan bajarishning iloji-imkoni yo„q.
Xossatan biz, Oyning vaziyatini, qo„l ostimizda mavjud o„lchov asboblarining aniqlik
imkoniyati darajasidagina o„lchay olamiz xolos. Plank ham o„z dalillarini keltirishda,
xuddi shunga o„xshash misollardan foydalanadi: u minora balandligini, mayatnik
tebranish davrini, chiroq yorug„ligini misol qilib keltiradi.
Olti tomonli kubikni tashlashda, uning biror tomoni bilan yuqoriga qarab
tushish ehtimolini oltidan bir deb baholaymiz. Odatda biz tashlashdan keyingi natijani
tasodif deb hisoblaymiz. Lekin, agar biz, kubikning boshlang„ich vaziyatini,
tashlaganimizdagi boshlang„ich tezligini, tashlash onidagi uning orientatsiyasini,
kubik yasalgan moddaning kimyoviy-fizik xossalarini, hamda u borib tushadgina stol
(taxta)ning xossalarini oldindan aniq bilsak va ular asosida tegishli murakkab
hisoblashlarni bajara olsak, kubikning qaysi tomoni bilan tushishini oldindan aniq
aytib bera olgan bo„lar edik. Chunki kubik – mumtoz determinizmga bo„ysunadi.
Determinizmning asl mohiyatini ochib berish uchun Maks Plank issiqlikning
kinetik nazariyasiga murojaat qiladi. U entropiya tushunchasi bilan, ya'ni, biror o„ziga
xos sistemaning turli mexanik holatlarining ehtimoliylik ko„rsatkichi bilan
chambarchas bog„liq. Sistemalar eng katta entropiya ko„rsatkichi tomon – muvozanat
sari intiladi, chunki bu – ehtimoliy jihatda eng katta ko„rsatkichga ega (ya'ni
ehtimolligi eng yuqori holat). Biz ko„rib turgan olam bizga xuddi oldindan birlib
bo„lmaydigan hodisalarga va tasodiflarga to„ladek ko„rinadi. Lekin agar biz
mikrodunyoga – molekulalar olamiga nazar solsak, ularning bir-biri bilan
mexanikaning mutlaq deterministik qonuniyatlar asosida to„qnashayotganligini
ko„ramiz. Berilgan sistemaning entropiyasini aniqlash uchun, har bir alohida olingan
to„qnashuvning o„rta statistik qiymarti olinadi. Plank bundan shunday xulosa qiladi:
makroskopik kattaliklar ham orta statistik qiymat bo„lib, ular ham tasodifiy
fluktuatsiyalar orqali ifodalanishi mumkin. Lekin, biz makrodinyodagi vaziyatni ham
mikroskopik miqiyosdam batafsil ko„rib chiqsak, har qanday sistemaning o„zini
tutishi aslida deterministik qonunlarning mahsuli ekanini ilg„aymiz.
135
Unda kvant mexanikasichi? Maks Plank o„zining sababiyat tamoyili haqidagi
qarashlari bayon etilgan «Fan qayoqqa qarab ketyapti» nomli risolasini nashr
ettirganida, kvant mexanikasi amalda deyarli shakllantirib bo„lingan edi. Olimlar
tomonidan qizg„in qarshi olingan doktrinaning asosiy qismlari – Geyzenbergning
noaniqliklar tamoyili hamda Shryodingerning to„lqin funskiyasining ehtimoliylik
izohini o„z ichiga olgan. Bu ikki tamoyilga binoan, biz elektronning qayerda turganini
aniq bila olmaymiz, lekin, joriy vaqt davomida uning muayyan joyda paydo bo„lishini
oldindan aniq hisoblashimiz mumkin. Plank ushbu jihatni kvant doktrinasining
taraqqiyoti sari qadam deb qabul qiladi. Lekin Eynshteyn va Shryodinger singari, u
ham bu boradagi so„nggi so„z hali aytilgani yo„q deb hisoblaydi.
Maks Plank oxir-oqibatda fizika qonunlari va taoyilalri borasida sababiyat
tamoyiliga va undan kelib chiquvchi determinizmga qat‟iy ishonch bildiradi. Lekin
odam, inson haqidachi? Shaxs haqida nima deyish mumkin? Olimning fikricha,
sababiyat tamoyili ixtiyor erki tushunchasi bilan o„zaro mos keladi. Tashqi tarafdan
qaraganda, xuddi ziddiyat singari ko„rinadigan ushbu fikrni ravshanlashtirish uchun,
Plank inson-obyekt va inson-subyekt orasidagi tafovutni yaxshilab angalb olishni
taklif etadi. Ya'ni, u «boshqalar» va «o„zim» orasidagi farqni tushunib yetish
kerakligini ta‟kidlaydi. Masalan, ruhshunos o„z mijozlarining hatti-harakatini
o„rganib chiqayotganida, u odamlarning muayyan harakati sababiyat qonuniga
asoslanadi deb qaraydi. Ya'ni, u odamning hatti-harakati sabab-oqibat zanjiridan
iborat bo„lib, odamning har bir hatti-harakati albatt o„zining tag zamirida yotgan
chuqur sababiga ega bo„ladi. Odam shaxsiyatini tubdan chuqur organish, uning
muayyan vaziyatda qanday hatti-harakat qilishini, qanday yo„l tutishini oldindan aytib
berish imkonini tug„diradi. Maks Plank shunday qayd qiladiki, agar odamlarning
hatti-harakatlarini oldindan payqash, taxmin qilish imkoni bo„lmaganida, ya'ni,
odamzot tabiati oldindan aytib bo„lmas darajada tasodifiylikka ega bo„lanida, biz
yashayatgan olam allaqachon o„ta tartibsiz va xaotik ko„rinishga kelib qolardi.
Chunki bunday holda biz nafaqat boshqalarning, balki o„zimizning ham nima harakat
qilishimizni o„zimiz ham bilolmasdan (anglolmasdan), keyingi lahzada nima
qilishimiga aqlimiz yetmaydigan bo„lib qolardik.
Ammo, lekin, biroq... biz o„zimiz haqimizda o„zimiz kuzatayotganimizda
vaziyat o„zgaradi. Chunki obyekt bir vaqtning o„zida subyekt ham bo„lolmaydi.
Masalan, ko„z o„zini-o„zi ko„ra olmaydi. Biz o„tmishda qabul qilgan qarorlarimiz
yuzasidan sabab-oqibat ketma-ketligi zanjirini o„rganib chiqa olamiz. Lekin o„sha
lahzadagi o„zimizning hatti-harakatimizni o„zimiz avvaldan bila olmaymiz chunki,
o„zimiz kelajagimizni belgilab beruvchi shartlarning birimiz, omillarning eng
asosiysimiz. Odam o„zini-o„zi avvaldan bashorat qilishi mumkinligi mantiqqa
sig„maydi va imkonsizdir: Plankning fikricha bu narsa – yumaloq kvadratni tasavvur
qilish bilan barobardir. Bizning ixtiyorimiz o„zimizda. Qabul qilayotgan
136
qarorlarimizni mustaqil ravishda qabul qilamiz va ular uchun mas‟ulmiz. Ilmda ham
avvalo axloq ustun bo„lmog„o lozim.
Maks Plankning ushbu maslaklariga nisbatan, undan keyingi o„tgan yillar
nuqtai nazaridan nima deyish mumkin. Kvant mexanikasi borasida shuni qayt etmoq
o„rinliki, Eynshteyn, Shryodinger hamda Maks Plank orzu qilgan deterministik kvant
nazariyasi hali-hanuz bo„y ko„rsatgani yo„q. Ehtimoliykik tamoyili esa o„zining
fundamental ahamiyatini faqat mustahkamladi. Radioaktiv yadroning parchalanish
lahzasini oldindan aniq belgilashning imkoni yo„q. Biz uning u yoki bu lahzada sodir
bo„lishi ehtimolini hisoblab chiqarishimiz mumkin; shuningdek biz, berilgan
namunada soniyasiga parchalanayotgan atomlarning o„rtacha kattaligini mutlaq
aniqlik bilan hisoblab chiqara olamiz; tabiiyki biz muayyan kimyoviy elementning
qaysi izotoplari beqaror bo„lib, ertami-kechmi baribir parchalanishini, hamda qaysi
izotoplari barqarorligini aniqlay olamiz. Lekin, shuncha narsani aniqlab, bilib
olishimiz badali bizga yadroviy parchalanishning o„zi qachon sodir bo„lishi haqida
aniq gap aytish imkonini bermaydi. Bu ehtimoliylik, yuqorida yodga olib o„tilgan
holat – kubik misolida tubdan farq qiladi. Bundagi tasodifiylik, ehtumoliylik modda
tabiati bilan chambarchas uyg„unlikka ega bo„lib, usiz hecham iloji yo„q. So„nggi
yillardagi erishilgan ilm-fan va texnika yutuqlari ham ushbu tasdiqni inkor etish
uchun zarracha ham dalil keltira olmadi va aksincha uning haq ekani borasida
yangidan yangi isbotlar taqdim qilmoqda. Vaziyat amalda issiqlik nazariyasi bilan
bo„ladigan holatga juda o„xshab ketadi. Biz issiqlik bilan bo„lgan holatda ham bitta
emas, balki trillionlarb atomlarining hatti-harakatini baholaymiz va shu sababli ham
o„rtacha qiymat ham juda, o„ta aniq natija beradi. Shunga ko„ra, qancahlik paradoksal
tuyulmasin, aynan kvant mexanikasining bashoratlari, ilm-fandagi eng aniq
bashoratlar sanaladi.
Yana bir inqilobiy hodisalardan biri shu bo„ldiki, indeterminizm barcha fizik
qonunlarda va har yerda ko„zga tashlana boshladi. 1960-yillar oxirida amerikalik
meteorolog Edvard Lorents, atmosfera konveksiyasi sodda sistemasining
boshlang„ich shartlaridagi sezilarsiz o„zgarishlar ham, ko„lami jihatdan turlicha
oqibalarga olib kelishi mumkinligi haqida xulosa chiqardi. Ushbu xulosani ilm-fanda
Dostları ilə paylaş: |