145
xayrixoh bo„lib yashagan. Endi bo„lsa uning shaxsini o„zlariniki qilib olsih uchun,
ishchilar sinfi - sotsialiktik tuzum da‟vo qilmoqda!
Vanihoyat ancha-muncha ovoragarchilik va sarsonchiliklardan so„ng, 1958 yil
24-aprel sanasida, Sharqiy Berlindagi opera teatri binosida Maks Plank tavalludining
100 yilligiga bag„ishlangan tantanali marosim bo„lib o„tdi. Unda XX asr birinchi
yarmining eng buyuk fizik olimlari, jumladan: Maks fon Laue, Verner Geyzenberg,
Otto Gan, Maks Born, Gustav Gers hamda boshqalar ishtirok etishdi. Marosimga
Plankning ishongan shogirdlaridan bo„lgan mashhur olima Liza Meytner yetib keldi.
Shuningdek tantanada Sharqiy Germaniya kommunistik partiyasi bosh kotibi Valter
Ulbrixt hamda SSSRning Sharqiy Germaniyadagi elchisi ishtirok etdi. Tantanani
Sharqiy Germaniya Fanlar Akademiyasi raisi Maks Volmer tomonidan ochildi. Bu
inson o„ziga o„tkazilgan
keskin tayziqlarga qaramay, kirish so„zida avvaldan
tayyorlangan barcha siyosiy chaqiriqlarni tashlab ketdi va ilm-fan kishilarini
mustahkam hamjihatlikkar, xalqaro aloqalarni muntazam va mukammal yo„lga
qo„yishga da‟vat etish bilan otashin nutq so„zladi. Keyin esa Plankning sodiq shogirdi
va yaqin do„sti fon Laue chiqish qilib, ustozining hayoti va ilmiy faoliyati haqida
batafsiz so„zlab beridi.
Keyingi kuni tantanalar, belgilanganidek G„arbiy Berlinda davom etdi.
Muhtasham kongresslar zalida o„tkazilgan marosimda Geyzenberg va Gers nutq
so„zlashdi. G„arbdagi marosimda siyosatchilar qatnashishmadi. O„sha kuni oqshomda
G„arbiy Germaniya prezidenti Gauss hamda Berlin meri Villi Brandt birgalikda, har
ikkala Germaniya olimlari uchun tantanali qabul uyishtirishdi.
G„arbiy Germaniyada o„tkazilgan marosimning yagona bosh mavzusi –
zamonaviy ilm-fan hamda urush sabab botqoqqa botgan olmon akademik
hamjamiyatini oyoqqa turg„azish masalalari bo„ldi. Shuningdek yig„ilganlar
qachonlardir bus-butun davlat bo„lgan yagona Germaniyani endilikda ikki qutbga
ajratib turgan siyosiy mutaasiblikda qutilish yo„llarini izlay boshlashdi.
Bu ham
bo„lsa, buyuk olim Maks Plankning o„limidan keyin ham mutaasib siyosiy qarashlar
va ilm-fanni siyosiy maqsadlar yo„lida bo„sundirishga urinuvchi kuchlar ustidan yana
bir bora g„alabasi edi. Bularning barchasi olimning hayotligida olib borgan va o„zidan
keyingilarga qoldirgan beqiyos merosi o„laroq, ilmiy ishlari, hamda oqilona ustozlik,
rahbarlik mehnatlari evaziga imkonli bo„ldi. Uning yodi nafaqat olmon xalqi, balki
butun dunyodagi ilm-fan fidoiylari xotirasida abadiy muhrlanib qoldi...
146
Biz muayyan tarixiy shaxs hayotini o„rganar ekanmiz, odatda uning butun umri,
hayotini yaxlit va aniq bir timsol atrofida qisqartirilgan tarzda gavdalantiramiz.
Aytaylik biz uchun Motsart – buyuk iste‟dodli beg„am inson sifatida, Eynshteyn –
parishonxotir daho tariqasida, Neron esa – xatarli telba ko„rinishida gavdalanadi.
Bunday timsol-ko„rsatkichlar bizga murakkab va chiqal tarix o„rmonida adashib
qolmaslik uchun yordam beradi, lekin aytish joizki, bunday yondoshuv, matematik til
bilan aytganda, o„ta qo„pol yaxlitlashdan boshqa narsa emas. Bunday yondoshuv,
huddi bizning qahramonimiz Maks Plank singari,
jahon urushlari, millatchilik va
fashizm xurujlari, hamda buyuk inqilobiy ilmiy kashfiyotlar zamonasida uzoq yillik
umr yo„lini yashab o„tgan siymolar timsoli uchun yanada qo„polroqdir.
Maks Plank botir qahramon bo„lganmi yoki qo„rqoqmi? Shubhasizki u kerakli
o„rinda botir, kerakli o„rinda qo„rqoq ham bo„lgan. Ta‟kidlash joizki, millatchilik
qanot yozgan fashistlar Germaniyasi fuqaroligi ostida uzoq yillar yashashning o„zi
har qanday odam uchun ham dahshat, ham kulfatdir. Plank umrining so„nggi yillarini
ham o„zi, ham yaqinlari uchun qattiq xavf-xatar ostida ana shunday jimoyatkorona
siyosiy tuzum qaramligida yashab o„tishga majbur bo„lgan. Uning boshqa iloji-
imkoni ham yo„q edi. Xatar shunchalik jiddiy va tahdidli ediki, fashistlar arzimagan
bir bahona bilan, otib tashlashi, majburiy mehnat lagerlariga yuborishi, yoki
shunchaki jismoniy qiynoqlar bilan azoblashi hech gap emasdi. Shunday qo„rqinchli
sharoitda Plank kezi kelganda o„zi va yaqinlari joni
omonligi uchun natsislarga
yuzaki xayrixohlik bildirishga, gitler va uning gumashtalariga qalbaki tavoze‟
qilishga majbur bo„lgan. Shunga qaramay, yahudiylarga qarshi ochiq ta‟qib e‟lon
qilingan vaqtlarda uning Albert Eynshteynning olmon ilm-fani uchun ko„rsatgan
xizmatlarini maqtashga, Frits Gaberning xotira marosimini oshkora nishonlashga
o„zida kuch va jur‟at topa oldi. Bularning barchasini u nemis fashist ofitserlari va CC
maxsus xizmatlari «quloq»larining kuzatuvi va ta‟qibi ostida bajardi. Plank –
monarxist, konservator, millatparvar (lekin millatchi emas!) va mustahkam diniy
e‟tiqodli inson sifatida yashab o„tdi. Lekin u hech qachon mutaasib, aqidaparast va
turli siyosiy maslaklarga fanatik bo„lmagan. Olim kerakli o„rinda to„g„ri qaror qabul
qila oladigan,
vaziyat taqozo qilsa, fikrini o„zgartirib, boshqalarning fikrini ham
albatta e‟tiborga olib ishlaydigan shaxs bo„lgan. Uning atomizm borasidagi o„z
qarashlarini o„zgartirganligini eslab gapimizni isbotlash mumkin. Shuningdek,
o„zining I-jahon urushi paytidagi manifestni imozlaganiga qattiq pushaymon bo„lib,
millatchilik va harbiy bosqinchilik kayfiyatidagi siyosiy qarashlardan butunlay yuz
o„girganini ham eslash o„rinlidir. Rahbarlik lavozimlarida ishlaganida ham Plank
doimo o„z qo„l ostidagilarning hayotini yaxshilanishi uchun xizmat qilishni o„z oldiga
maqsad qilgan. U odamlarni berilgan vazifaga mas‟uliyat bilan yondoshuvi, hamda,
daxldorlik hissi bilan yashashiga qarab tanlardi va hurmat qilardi. Plank 36 yil
davomida muttasil pedagogik faoliyat bilan shug„ullandi. U rahbar lavozimlarda
147
ishlagan payda ham, o„qituvchilik ishi, talabalarga ta‟lim berish hamda ochiq
ma‟ruzalar o„qishni kanda qilmagan. U juda ochiqko„ngil va samimiy inson sifatida,
o„z atrofidagilarni mehrini qozonib yashagan.
Agar Maks Plankning tarjimai holining faqat ilmiy tarafi haqida gap ketsa,
uning 1900 yildagi Genrix Rubensni o„z uyida mehmon
qilgan vaziyatini eslash
darkor. Mana, Rubens samimiy dilkash suhbatdan keyin, mezbon bilan hayrlashib
chiqib ketdi. Plank esa mehmonni kuzatib qaytib, o„yga cho„mgan ko„yi kresloga
cho„kdi. U hozirgina huzurida bo„lgan hamkasbining qora jism nurlanishi bo„yicha
spektrning infraqizil sohasi bajarilgan o„lchash natijalari haqida aytganlaridan qattiq
ta‟sirlangan va hayajonga tushgan. Agar spektrning bu qismida Vin qonuni
bajarilmayotgan bo„lsa, demak, Plankning o„zi ochgan va o„z nomi bilan atalayotgan
qonuni yoki, noto„g„ri, yoki, to„liq emas degan xulosa kelib chiqadi. U o„rnidan bir
sakrab turadi va ish stoli tomon yo„l oladi. Xotini Mariyadan bir finjon qahva damlab
berishini iltimos qiladi. Olim stolga o„tiradi va qarshisidagi logarifmik jadvalni olib,
qog„ozga har xil hisob-kitoblarni tushira boshlaydi. U entropiyaning energiyaga
nisbatini ifodalovchi formulaga yana bir kattalik qo„shish kerakligini fahmlaydi.
Va... olamshumul kashfiyot ekanligi bir qarashdayoq bilinmaydigan, soddagina,
ixcham ifodani keltirib chiqaradi. U o„zi hozirgina olgan formulaning yuqori va quyi
chegaralarda Vin qonuniga muvofiq kelish-kelmasligini qayta-qayta tekshirib ko„radi.
Bir necha marta
takroriy tekshiruvlardan keyin, yelkasidan tog„ ag„darilgan holatni
ifodalab, yengillik va o„zidan qoniqish hissi bilan kresloga o„zini tashlaydi. Shu
lahzda xonaga rafiqasi Mariya kirib keladi va finjondagi qahvani eriga uzatadi. Maks
Plank bo„lsa, hayajon va titroq bilan qahva ho„plar ekan, mamnunlik ifodasi ila «Men
Genrixga ma‟qul keladigan formulani topdim!» – deydi. Bu olamshumul kvant
nazariyasining tug„ilishi edi.