60
«
Barcha daxshatlardan tashqari, yana qandaydir kutilmagan buyuklik va
maftunkorlik bor: barcha partiyalarning mustahkam jipsligi tufayli milliy
siyostaning barcha mushkul masalalarini hal etilishida boshqa hammadan
ham a‟loroq, yaxshi va oliy muddao aks etadi
».
Lekin 1915 yildayoq Plankning qarashlarida ehtiyotkorlik va nisbatan
vazminlik kuzatila boshlaydi. U o„ziga yaqin, ishonchli kishilari davrasida 93-lar
manifestiga nisbatan shubhalar va ishonchsiliklar bildira boshlaydi. Bunday firkiy
o„zgarishlarga asos bo„lib, XIX asr oxiri va XX asr boshi
Yevropa fizikasida tan
olingan eng yuksak nufuzli olim Xendrik Anton Lorents (1853-1928) bildirgan
munosabat katta ahamiyat kasb etgan. Lorent harbiy nizodan holi bo„lgan, neytral
davlat bo„lmish Gollandiyada istiqomat qilar edi. Uning Plank bilan do„stona ilmiy
aloqalari ancha chuqur ildizga ega bo„lib, muhorabadagi tomonlarning barchasini
davlat tillarini: nemis, fransuz va ingliz tillarini mukammal bilgan. Aynan shu omil va
urushdan zahmat ko„rgan oilalarning ayanchli taqdiriga befarq bo„la olmaganligi,
Lorenstning urushga nisbatan nafrati ortishiga va uni imkon qadar tez to„xtatishga
bo„lgan jiddiy urinishiga sabab bo„lgan edi.
Lorent Maks Plankka maktub yo„llar ekan, nemis
askarlarining Belgiyada
qilgan hunrezliklari haqida ko„rgan-bilganlarini hikoya qiladi. 1915 yil davomida
mazkur ikki olim avval Berlinda va keyin Leyenda o„zaro uchrashishdi va urush
haqidagi dahshatli taasurotlar bilan fikr almashinishdi. Shu davrdan boshlab Plank
faol ijtimoiy faoliyat boshlaydi. Bir tomondan u Germaniyaning o„zi ham urush
oqibatlari uchun javobgar ekanini odamlarga tushuntirishga urinadi va nemis
askarlarining o„zini munosib tutishi kerakligiga unday boshlaydi. U qo„shinlar har
doim ham o„zini risoladagidek tutmayotganini e‟tirof eta boshlaydi. Boshqa tarafdan
esa, olim bunday hatti-harakatlar orqali, o„zining xalqaro
ilmiy aloqalarini saqlab
qolishga urinar edi. chunki, Germaniya bilan nifoqqa kirishgan boshqa davlatlarda
ham, ilm-fanning ajoyib olimlari, yetuk mutaxassislar bo„lib, ular bilan ilmiy
aloqalarning uzilishidan Plank faqat yutqazardi. Ustiga-ustak, urush qachondir baribir
tugaydi. Ilm-fan esa chegara bilmaydi.
1916 yil boshida Plank Londonga maktub yo„llab, uni e‟lon qilishlarini va
butun dunyodagi eng nufuzli olimlarga tarqatishlarini so„raydi. Bu orqali u, o„zi
imzolagan g„aliz mazmunli 93-lar manifesti uchun, ya'ni, o„z xatosi uchun dunyodagi
olim va ziyolilardan uzr-ma‟zur so„rashni maqsad qilgan edi. So„zsiz bo„lmasa-da,
harholda Plank harbiy nizoning har ikki tarafi vakillari nazdida, qandaydir mo„tadil
qrashli, halol odam qiyofasiga ega bo„ldi. O„sha xatda Plank o„zini
qlash uchun
shunday izoh beradiki, 93-lar manifesti avvalo ushbu urushga yo„l olgan nemis
askarlarini ruhan qo„llab-quvvatlash uchun yozilgan bo„lib, mazkur urush bevosita
butun Germaniyaning taqdiriga ta‟sir ko„rsatishini bilgani uchun shunday qilingan
emish. Undan tashqari Plank, jahon tarixi bu urushdan tegishli xulosa chiqarishi
61
kerakligini,
qolaversa, urush dahshatlari va uning oqbatida odamlar ko„rgan jabr-
sitamlardan tashqarida, millat tanlamaydigan umuminsoniy axloqiy qadriyatlar
mavjudligiga ishora qilib o„tadi.
1915 yil yozida nemis qo„shinlari Ipr yaqinida ittifoqchi qo„shinlarga qarshi
zaharli gazlardan foydalanib urush amaliyoti o„tkazishganidan keyin, bir tarafda
nemis olimlari va ikkinchi tarafda ingliz va fransuz olimlaridan turgan ochiq adovat
avj oldi. Kelajakda Nobel mukofoti laureatlari bo„lgan yetakchi nemis kimyogarlari
bo„lmish Frits Gaber (1868-1934) va Otto Gan (1879-1968) zaharli kimyoviy qurolni
tayyorlashda va uni harbiy amaliyotda qo„llashda faol ishtirok etgan edilar.
Bunga
javoban fransuzlar shunday ishga bosh suqqan nemis olimlarini Fransiyaning har
qanday ilmiy jamiyatlaridan chetlatdilar. Ingliz ilmiy doiralarda ham shunday
choralar muhokama qilina boshlandi. Plank esa, Berlin fizika va matematika
akademiyalarida ham o„zaro ziddiyatdagi mamlakatlarning olimlariga nisbatan
shunday yo„l tutilishiga qarshi tura boshladi. Aynan uning ta‟siri ostida, shu kabi
keskin qarorlarni hech bo„lmasa urush yakiniga qadar kechiktirish
borasida qarorga
kelindi. Shuningdek Plank, nemis olimlarini xalqaro ilmiy aloqalarni uzmaslikka
chaqiruvchi qator ishlarni amalga oshirdi.
Urush yakuniga ko„ra Germaniya mag„lub bo„ldi va Vilgelm II imperiyasi
quladi. 1918 yil oktyabrida Albert Eynshteynga yo„llangan maktubida, Plank o„y-
hayollarining va ruhiy holatining timsoli yaqqol namoyon bo„ladi:
«
Dostları ilə paylaş: