55
qilishning majburiyligi bo„lgan edi. Qayd etish joizki, XIX asr so„ngiga kelib,
elktrodinamika va termodinamika fanlari yaxshi darajada o„rganilgan bo„lib, shunga
qaramay, Boltsmanning g„oyalari anchayin keskin va jo„shqin
ilmiy munozaralarga
sabab bo„lgan edi. Bu hol ayniqsa Germaniyada yaqqol namoyon bo„lgan. Maks
Plank esa Boltsman usullarini amalda qo„llagan ikkinchi fizik bo„lib maydonga chiqdi
(birinchisi Boltsmanning o„zi edi). Boltsman g„oyalari o„z ilmiy faoliyatida
muvaffaqiyat omili bo„lib xizmat qilganiga
hayratda qolgan Plank, bu holat ta‟siri
ostida kvant gipotezasini o„zini ikkinchi darajaga tushirib qo„ygan edi. Ko„rib
turganimizdek, Plank aslida o„z ishlarida kerakli natijaga erishish uchun, aynan
aytganda esa, bir necha oy avval o„zi kashf qilgan va Rubens bilan birgalikda g„ayrat
ila o„tkazgan amaliy tajriba ma‟lumotlariga ko„ra
tasdiqlangan ilmiy qonunni
isbotlash uchungina, Boltsman izohlariga murojaat etishga majbur bo„lgan edi. Faqat
kvant nazariyasidan foydalanishgina, ossilyatorlar sistemasining ehtimloiy holatlari
hisob-kitoblarini kutilgan natija berishiga olib kelgan.
Agar ichki ilhombahsh mantiq va beqiyos ilmiy joziba bilan liq to„la bo„lgan
Eynshteyn (1879-1955) yoki, Shryodinger (1887-1961) maqolalarini Motsart asarlari
bilan qiyoslasak, unda Plankning 1901 yilda «Fizika solnomalari»da e‟lon
qilingan
ishlarini maftunkor jazz kompozitsiyasiga, uning
Dostları ilə paylaş: