Maks Plank. Kvant nazariyasi. Mikrodunyodagi inqilob



Yüklə 3,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/79
tarix26.12.2023
ölçüsü3,93 Mb.
#197780
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   79
Plank. Mikrodunyodagi inqilob

Bu yerda men aniq his etib turgan va uning uchun qo„ldan kelganicha qattiq 
mehnat qilishga tayyorligimni ifodalashdan cho„chimaydigan bir narsa bor: 
agar toj-taxt egasi o„z toj-taxtiga bo„lgan haq-huquqlaridan ixtiyoriy ravishda 
voz kechsa, bu bizning baxtimiz, ta‟bir joiz bo„lsa, xalos bo„lishimiz bo„lur 
edi. Men bu masalada “ixtiyoriy” so„zidan nariga o„tolmayman, chunki 
avvalo o„z sodiqlik qasamim bor, qolaversa, siz hech qachon tushunmaydiga 
boshqa bir narsa ham bor. 
[...] 
bilmayman, o„zim tegishli bo„lgan xalqqa 
nisbatan inkor qilib bo„lmas sadoqatim va rahmdilligim, monarx qiyofasida 
gavdalanadi
».
Vilgelm II 1918 yilning 9-noyabr kuni taxtdan voz kechdi. Veymar 
respublikasi e‟lon qilingach esa, Plank Nemis milliy partiyasi maslaklarini qo„llab 
quvvatlay boshladi. Lekin bu partiya ham aslida favqulodda keskin kayfiyatdagi o„ta 
o„ngchilar to„dasidan iborat bo„lib, millatchilik va ayirmachilik kabi g„arazli 
maqsadlarni ifoda etardi.


62 
Maks Plank Berlin universiteti rektoriga aylangan vaqtda uning o„g„li Karl Plank 25 
yoshda edi. Bu vaqtda Karl tayinli ish joyiga ega bo„lmay, ruhiy tushkunlikdan aziyat 
chekardi. Plank esa, o„z o„g„lining muammolarini, u tegishli bo„lgan avlodning 
umumiy muammolari bilan uyg„un holda tasavvur etardi va ular haqida, «
o„zi nima 
istashini ham, qo„lidan nima kelishini ham bilmaydigan avlod
» deb ta‟rif berardi.
Urush boshlangach, Karl artilleriya bilim yurtiga o„qishga kirdi. Ukasi Ervin 
esa frontga otlandi, singillar Greta va Emma esa, Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy 
jamiyatiga xizmatga kirishdi. Bu paytda qahramonimiz butun nemis jamiyatini 
qamrab olgan g„aliz vatanparvarlik ruhiyati bilan cho„milgan edi. 1914 yil 
sentyabrida o„z singilisiga yozgan xatida u quyidagicha xitob qilgan: «
Qanday ajoyib 
zamonda yashayapmiz! O„zingni nemis ekanligingni ta‟kidlash qanday sharaf!
».
Verden jangi deyarli bir yil – 1916 yilning fevralidan dekabrigacha davom 
etdi. Nemis armiyasining Verden ostonasidagi hujum operatsiyasi, fransuz armiyasini 
nafaqat tor-mor keltirishni, balki butun mamlakat harbiy salohiyatini susaytirishni 
ko„zda tutgan edi. O„sha hujum operatsiyasining boshlanishi va davomi ham, g„arbiy 
frontdagi boshqa barcha hujumlar singari ko„rinishga ega edi: olam-olam va‟dalar 
berish asosida askarlarni ruhlantirish, fransuz armiyasining amalda to„liq tor-mor 
etilishi, pozitsion urush va fransuz qo„shinarining jang qobiliyatini qisman tiklanishi. 
Verden operatsiyasida 200000 ga yaqin odam qurbon bo„lgan. Ular ichida Maks 
Plankning to„ng„ich o„g„li Karl Plank ham bor edi.
Karl Plank, 1916 yilning 16 may kuni, jangda olgan jarohati tufayli vafot etdi. 
Plank o„zining ilmiy hamkasblari urush tufayli farzandlaridan judo bo„lishganini 
avval ko„rgan edi (ular qatorida kimyo bo„yicha 1920 yil Nobel mukofoti laureati 
Valter German Nernst ham bor edi). Lekin u aynan o„z o„g„lining vafotidan keyin, 
«
urushning jirkanch manzarasi va dahshatini, unda o„z yaqini yo„qotgan odamning 
musibatli qayg„usi bilangina his qilish mumkin ekan
» deb tan olgan. Karlning 
vafotidan keyin, Maks Plankning u haqidagi g„am va iztiroblarini yana shu narsa 
battar chuqurlashtirgan ediki, urushgacha bo„lgan davrda u o„g„lini bafurja o„tirib 
suhbatlashib, ko„nglidagi gaplarini tinglashga urinib ko„rmagan edi. U shunchaki bir-
birimizni tushunmaymiz deb qarardi. O„g„li o„zi uchun chindan qadrli bo„lgan 
narsalarga hayotda to„ymay ketgani o„ylasa, ota Plankning iztirobi yanada ortardi. 
Armiyaga chaqirish va birgina o„q barchasini o„zgartirib yubordi. Qaydlarining birida 
Maks Plank alam bilan tan oladi: «
Agar urush bo„lmaganida, men uning qadrini hech 
qachon bilmaga bo„lardim, endi bo„lsa men uning qadrini bilaman, lekin uni yo„qotib 
bo„ldim
».
Ko„rib turibmizki, urush avvalidagi mutaasib vatanparvarlik chorlovlari va 
ko„tarinki ruhiy holatdan Plankda asar ham qolmadi.


63 
Maks Plank o„z mamlakatining eng iste‟dodli olimlarini qo„llab-quvvatlashga va 
ularga amaliy yordam ko„rsatishga intilgan. U faqat Berildagi talabalarinining hayoti 
va moddiy ahvoli bo„yicha qayg„uribgina qolmay, balki butun mamlakat bo„ylab har 
qanday nemis olimlarining, iste‟dodli tadqiqotchi, muhandis va mutaxassislarning 
Berlinga kelib bir jamoa bo„lib ishlashlarini tashkillashni istardi. Bu borada u keng 
ko„lamli faol amaliy targ„ibot ishlarini ham yo„lga qo„ygan. Bu maqsad uchun u 1905 
yildan to 1930 yilgacha, olmon ilm-fanining eng yuqori lavozimlarida ishlagan 
paytlarida, o„zining gapi o„tadigan har qanday vositalarni qo„llagan. Plankning ushbu 
faoliyati doirasiga tortilgan, yoki, u bilan qandaydir ilmiy aloqalarga ega bo„lgan 
olimlarning hamma-hammasi istisnosiz ravishda, uning qanchalik samimiy va 
yumshoq tabiatli inson bo„lganini, kerakli o„rinlarda ham moddiy, ham ma‟naviy 
ko„mak ko„rsata oladigan qo„li ochiq shaxs bo„lganligini xotirlashgan. Plank o„z 
davrining ilg„or fikrli kishilari bilan o„z xonadonida ilmiy suhbatlar tashkil qilish, 
musiqiy uchrashuvlar, ilmiy bahs-munozaralar uyushtirishni kanda qilmagan (tabiiyki 
bularning barini o„z hisobidan amalga oshirgan). Bundan tashqari u yaqinlari va 
shogirdlari davrasida tog„larga sayohat uyushtirishni va ular uchun ochiq tabiat 
qo„ynidagi maroqli hordiq onlarini tashkil qilishni ham qoyillatgan. Ya'ni, Plank, 
ilmiy tadqiqotlar bilan band bo„lgan iste‟dodli shogirdlari va boshqa olimlar uchun 
madaniy hordiq chiqarish masalalariga ham katta e‟tibor qaratgan. Uning bunday 
insonparvarligi va sahiyligi esa, butun nemis yerlaridan iste‟dodli yosh olimlarining 
Plank maktabi tomon ishtiyoq bilan oqib kelishiga kuchli turtki bergan. Shu tariqa 
Maks Plank o„z atrofida kuchli ilmiy maktab shakllantira boshladi.
1906 yilda Lyudvig Boltsman fojiali ravishda vafot etgach, uning Vena 
universitetidagi lavozimini egallash uchun Plankni taklif etishadi. Plank biroz 
ikkilanishlardan so„ng, bu taklifni rad etadi va Berlinda qolishga qaror qiladi. 
Shundan keyin, Venadagi daho ustozidan ayrilgan iste‟dodli olima, Boltsmanning eng 
yetuk shogirdlaridan biri bo„lgan Liza Meytner o„zi Plankning huzuriga, Berlinga 
yetib keladi. Plank Liza Menynterni o„z xonadonida kutib oladi va unga ham har 
tomonlama ko„mak ko„rsata boshlaydi, Keyinchalik tan olishicha, Maks Plank 
avvaliga Liza Meytnerning aniq fanlar borasidagi iste‟dodiga shubha bilan qaragan 
ekan. Bu shubha shunchaki Lizaning ayol kishi ekani bilan bog„liq bo„lib, o„sha 
vaqtlarda ilmiy jamoatchilikda ayollar nihoyatda kamdan-kam uchrar, ayol olimlar 
soni barmoq bilan sanarli edi. lekin Liza Meytner tez orada o„zining beqiyos iste‟dodi 
bilan Plankni lol qoldiradi va undagi har qanday shubhalarni tarqatib yuboradi.


64 

Yüklə 3,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin