O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi s. B. Bairova, G. M. Abduraupova


Tibbiy xodimlar quyidagi xatoliklarga yo‘l qo‘yishlari mumkin



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/102
tarix26.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#197818
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   102
Tibbiy xodimlar quyidagi xatoliklarga yo‘l qo‘yishlari mumkin: 
• tibbiy yordam berishda kerakli sharoitlarning yo‘qligi 
(tibbiy yordam talabga javob bermaydigan sharoitlarda amalga 
oshirilganda); 
• tibbiy bilimlarning mukammal emasligi yoki yetish-
masligi; 
• tibbiy xodimning kasbiy nuqsonlari. 
Kasbiy jinoyatlar
– tibbiy xodimning beixtiyor yoki atayin 
bemor salomatligiga, hayotiga zarar keltirishidir. Tibbiy xodim-
larning o‘z ishlariga vijdonan yondoshmasligi, vazifasiga sovuq-
qonlik bilan qarash, noqonuniy davolash va kerakli malakaga 
ega bo‘lmay davolash ishlarini olib borish natijasida kelib 
chiqadi. Bunday holatlarda tibbiy xodimlar ma’muriy, intizo-
miy, fuqarolik yoki jinoiy javobgarlikka tortilishlari mumkin. 
Eng og‘ir va xavfli jinoyatlarga quyidagilar kiradi: 
• o‘z kasbiy faoliyati davomida ehtiyotsizlik tufayli bemor-
ning o‘limiga sabab bo‘lish; 
• o‘z kasbiy faoliyati davomida bemorlar salomatligiga og‘ir 
yoki o‘rtacha og‘irlikdagi zarar yetkazish; 
• transplantatsiya maqsadida organ va to‘qimalarni 
noqonuniy olish yoki berishga majbur qilish; 
• o‘z kasbiy faoliyatiga sovuqqonlik bilan qarashi natijasida 
bemorga OIV infeksiyasini yuqishiga sabab bo‘lish; 
• noqonuniy abort qilish; 
• bemorga tibbiy yordam ko‘rsatmaslik; 
• narkotik va psixotrop dori preparatlari uchun noqonuniy 
resept yoki boshqa hujjatlarni berish; 


28 
• noqonuniy shifokorlik yoki farmatsevtik amaliyot olib 
borish; 
• poraxo‘rlik qilish; 
•ruhiy kasalliklar shifoxonasiga noqonuniy joylashtirish. 
Bunday holatlarni oldini olish har bir tibbiy xodimning 
vazifasi hisoblanadi. 
Nazorat savollari: 
 
1.
Kasb etikasi, tibbiy-ijtimoiy xodimning axloqiy xusu-
siyatlarini sanab bering. 
2.
Etikaga xos tushunchalarga nimalar kiradi? Bu tushun-
chalarga ta’rif bering. 
3.
Tibbiy-ijtimoiy xodimning deontologik xatti-harakat 
asoslari nimalardan iborat? 
4.
Tibbiy ijtimoiy xodimning professional xatoliklariga 
nimalar kiradi va bu hollarda qanday javobgarlik choralari 
ko‘riladi? 


29 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin