nosahih (shubhali) hadisni yoddan bilgan hamda “Al-Jome’ as-Sahih” ni tahminan
olti yuz mingta hadislar orasidan saralab olgan
9
.
Alloma Ibn Saloh (1245-yil vafot etgan) ta`kidlashicha, al-Buxoriyning bu
asariga kiritilgan ishonchli hadislarning soni takrorlanadiganlari bilan birga 7275 ta
boʻlib, takrorlanmaydigan xolda esa 4000 hadisdan iborat
10
.
Al-Buxoriyning “Al-Jome’ as-Sahih” asari sunniylar tomonidan e’tirof etilgan “Sihohi
sitta” (“Olti sahih kitob”) ning birinchisi hisoblanadi.
Islomshunoslarning yozishicha, “Al-Jomi` as-Sahih” oldingi hadis toʻplamlaridan koʻra
mohirona tuzilgan. Muallif zamondoshlarini juda qiziqtirgan qonunchilik
va
odatlarga tegishli
boʻlgan hadislarnigina emas, balki Muhammad alayhissalom va sahobalar tarjimai xoliga, xattoki,
paygʻambar yashagan davrning tarixiy va etnografik jihatlariga oid hadislarni ham jamlagan.
“Al-Jome’ as-Sahih”da paygʻabarimizning hadisi shariflari “Iymon”, “Tahorat”, “Namoz”,
“Zakot”, “Haj”, “Nikoh”, “Taloq”, “Savdo-sotiq kitobi”, “Sulh kitobi”, “Vasiyat kitobi”,
“Dastlabki yaratilish” (ya’ni “Olamning paydo boʻlishi”), “Jihod”, “Maloikalar haqida”, “Suv
haqidagi hikmatlar” kabi 100 ta bobga boʻlingan. Har bir bobda mavzuga doir hadisi shariflar
ishonchli roviylar manbai bilan keltiriladi.
Imom Buxoriy toʻplamlariga kiritgan hadislar faqat islom ta’limotiga doir umumiy
qoidalarni aks ettirish bilan cheklanib qolmaydi. Ular mehr-muhabbat, sahiylik, ochiq koʻngillilik,
ota-ona, ayollar va kattalarga hurmat, yetim-yesirlarga muruvvat, faqir bechoralarga himmat,
vatanga muhabbat, mehnatsevarlik va halolikga da’vat etish kabi haqiqiy insoniy fazilatlar va
namunali tartibotlar majmuasidir. Ularda nima yaxshi, nima yomon, nima qilish kerak, nimadan
oʻzini tiyish lozimligi haqida hozirgi jamiyatimmiz ahli, ayniqsa, yosh avlod uchun tarbiyaviy
ahamiyatga ega yoʻl yoʻriqlar, pand-nasihat va oʻgitlar aks ettirilgan.
“Sahihi-Buxoriy”da oila masalasi – er va xotin, ota-ona va farzand, aka-uka va opa-
singillar oʻrtasidagi munosabatlar xaqida koʻplab ibratli hadislar keltirilgan. Xususan,
Adab kitobi, 2-bob. Yaxshi muomala qilinishiga kim haqliroq?
Abu Hurayra rivoyat qiladilar: “Bir odam Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning
huzurlariga kelib: Yo Rasululloh, mening yaxshi muomala qilishimga kim haqliroqdir?” – deb
soʻradilar. Janob Rasululloh “onang!” – deb aytdilar. U: “Yana kim?” – deb soʻradilar. Janob
Rasululloh: “Onang!” – dedilar. U “Yana kim?” – dedi, Janob Rasululloh (bu safar): “Otang!” –
deb javob qildilar.
3-bob. Ota-onasi rozi boʻmasa, jihod qilmaydi.
Abdullohibn Amr rivoyat qiladilar: “Birodam Nabi sallallohu alayhi va sallamga: Jihod
qilmoqchiman”, – dedi. Janob Rasululloh: “Ota-onang bormi?” – dedilar.U “Ha” deb aytdi. Janob
Rasululloh: “(Avval) ota onangning xizmatini qilib, rozi qilgin, soʻng jihod qilgin!” – dedilar”
11
.
11-bob. Qarindoshlariga beoqibat kishining gunohi haqida.
Jubayr Ibn Mut’im Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning “Qarindoshlariga oqibatsiz
odam jannatga kirmaydi” deganlarini eshitgan ekanlar
12
.
24-bob.Yetim boqqan odamning fazilati.
Sahl ibn Sa’d rivoyat qiladilar: “Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: “Men va yetimning
kafilini olgan odam ikkimiz jannatda yonma-yon yashaymiz” – deb koʻrsatkich va oʻrta
barmoqlarini juft qilib koʻrsatdilar”
13
.
9
Shamsutdinov R., Karimov Sh., Ubaydulayev O’. Vatan tarixi. – №1. –– Toshkent: Sharq, 2010. – B. 187-189.
10
Dostları ilə paylaş: