O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/161
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#198343
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   161
Moliya huquqi

Birinchi guruhga 
O‘zbekiston Respublikasi, Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar, tumanlarga qarashli 
shaharlar kirib, ular budjet sohasida huquq va majburiyatlarga egadirlar. 
Boshqacha aytganda, tegishli darajadagi budjet huquqi ayni shu 
subyektlarga tegishli bo‘lib, ularning vakolatli organlari va hokimiyat 
ijroiya organlariga taalluqli emas, bu organlar budjet huquqiy 
munosabatlarida umuman davlat yoki uning tegishli ma’muriy-hududiy 
tuzilmalari nomidan va ularning manfaatlari yo‘lida ishtirok etadi. 
Respublika budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, ma’muriy-
hududiy tuzilmalarning budjetlari mavjud bo‘lib, u yoki bu davlat 
hokimiyati va boshqaruv organining budjetlari bo‘lmasligi ayni mana shu 
bilan izohlanadi. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish hududiy birliklari – 
posyolkalar, qishloqlar, ovul va mahallalarning budjet huquqi subyektligi 
birmuncha boshqacha. Amaldagi qonunchilikka muvofiq ular o‘z 
budjetlari huquqiga ega bo‘lmasdan, budjet huquqiy munosabatlarida 
mahalliy budjetdan mablag‘ oluvchilar sifatida qatnashadi.
Budjet huquqi 
ikkinchi guruhi 
subyektlariga barcha darajadagi 
vakillik organlari (Oliy majlis, xalq deputatlari Kengashi), umumiy 
vakolatli hokimiyat ijroiya organlari (Vazirlar Mahkamasi, hokimiyatlar), 
moliya-kredit organlari tizimi (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 
va uning tasarrufidagi moliya organlari: Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
Moliya vazirligi, tegishli hokimiyatlarning moliya bo‘limlari), Markaziy 
bank va tijorat banklari kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti tarkibida davlat maqsadli 
jamg‘armalari to‘planishi munosabati bilan ushbu jamg‘armalarni 
shakllantirish va xarajat qilish bo‘yicha huquq va majburiyatlar o‘z 
zimmasiga yuklatilgan organlar ham budjet huquqi mazkur guruhining 
subyektlari sifatida ishtirok etishadi. 
Budjet huquqi 
uchinchi guruh 
subyektlari noishlab chiqarish 
sohasidagi respublika va mahalliy budjet tashkilotlari, mamlakat 
iqtisodiyotini rivojlantirish bo‘yicha davlat maqsadli dasturlari va chora-


95
tadbirlarini amalga oshiruvchi davlat va mahalliy ishlab chiqarish 
korxonalaridan iborat.
Budjet huquqiy munosabatlarining o‘ziga xos xususiyati yana 
shundaki, ular bir yildan ortiq vaqt davom eta olmaydi, odatda, moliya 
yilining oxirida tugaydi. Bu shu narsa bilan belgilanadiki, davlat budjeti 
faqat bir moliya yili uchun qabul qilinadi, ya’ni bu qonunchilikda birinchi 
yanvardan o‘ttiz birinchi dekabrga qadar bo‘lgan davr tushuniladi 
(«Budjet tizimi to‘g‘risida»gi qonun 3-modda). 
Budjet huquqi normalari, boshqa moliyaviy-huquqiy normalar kabi 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin