O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/161
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#198343
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   161
Moliya huquqi

Budjet iqtisodiy ma’noda – 
budjet jamg‘armalarini turli bo‘g‘inda 
tashkil etish, taqsimlash va foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy 
(pul) munosabatlari tizimini anglatadi. 
Moddiy ma’noda budjet 
– davlat yoki mahalliy hokimiyat 
organlarining o‘z oldiga qo‘ygan vazifalarini ta’minlash maqsadida u 
yoki bu bo‘g‘inda tashkil qilinadigan markazlashgan pul jamg‘armalarini 
anglatadi.
Budjet munosabatlari moddiy-mulkiy xususiyatga ega. 
Budjetning moddiy mazmuni murakkab tashkiliy tizimga ega bo‘lib, 
doimiy harakatda (dinamikada) bo‘ladi, ya’ni: to‘planadigan pul 
mablag‘larining hajmi; daromadlar va xarajatlar turlari o‘zgarib turadi.
Budjet jamg‘armasining katta yoki kichikligi bir qator omillarga: 


88
iqtisodning rivojlanish darajasiga; korxonalar, muassasalar va 
tashkilotlarda olib boriladigan xo‘jalik usullariga; jamiyat tomonidan hal 
qilinadigan iqtisodiy, ijtimoiy vazifalarga bog‘liq bo‘ladi. 
Hujjatlar u yoki bu tadbirlarni budjet hisobidan moliyalashtirish, 
budjet mablag‘lari hisobidan organlar va muassasalarni ta’minlash, 
daromad manbaini budjet hisobiga o‘tkazish to‘g‘risida so‘z yuritga-
nimizda, budjetning aynan shu jihati nazarda tutiladi. 
Huquqiy ma’noda budjet 
– tegishli davlat hokimiyatining vakillik 
organi tomonidan tasdiqlangan, tegishli hududning markazlashgan pul 
jamg‘armasini tashkil etish, taqsimlash va foydalanishning moliyaviy 
rejasi hisoblanadi. 
Qonun bilan o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan budjet – davlatning 
asosiy moliyaviy-rejali akti yoki mahalliy bo‘g‘indagi moliyaviy-rejali 
akt sifatida namoyon bo‘ladi. 
Asosiy moliyaviy reja sifatida budjet quyidagi o‘ziga xos 
xususiyatlarga ega: 
a) budjet universal moliyaviy reja hisoblanib, o‘z ko‘rsatkichlari bilan 
ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishning barcha sohalarini qamrab oladi. Bu 
universallik xususiyati boshqa moliyaviy rejalarda uchramaydi, chunki 
ular tor doirada harakat qiladi
b) boshqa moliyaviy rejalarga nisbatan budjet – muvofiqlashtirish 
vazifasini bajaradi. Muvofiqlashtirish – budjet ko‘rsatkichi bilan boshqa 
moliyaviy rejalar ko‘rsatkichining o‘zaro bog‘liqligi orqali amalga 
oshiriladi. Korxonalarning moliyaviy rejalarida budjetga to‘lanadigan 
majburiy to‘lovlar hajmi va budjetdan ajratiladigan mablag‘lar 
ko‘rsatiladi. 
Taniqli rus olimlari M.V. Karaseva va YU.A. Kroxina budjetning 
quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rsatib o‘tadilar: 
budjet 
– davlat va ma’muriy-hududiy tuzilmalarning xarajatlarini 
qoplash maqsadida tashkil etiladigan pul mablag‘lari jamg‘armasidir; 
budjet 
– davlat va ma’muriy-hududiy tuzilmalarning moliyaviy rejali 
akti bo‘lib, unda ularning daromadlari va xarajatlari ko‘rsatib o‘tiladi; 
budjet 
– korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning balansi va 
smetasi singari moliyaviy reja bo‘lib, u universallik va muvofiqlashtirish 
xususiyatiga ega. 
Davlat budjet tashkilotlari o‘z faoliyatlarini amalga oshirishlari uchun 
kerak bo‘lgan barcha mablag‘larni tegishli budjetning (bo‘ysunuviga 
qarab) xarajatlar qismidan oladilar. 


89
Yuqorida ko‘rib chiqilgan barcha aspektlar budjet mazmunini boyitib
to‘ldirib turadi. Budjet bu – davlat hokimiyati organlari funksiyalarini 
ta’minlash maqsadida pul mablag‘larini tashkil etish va xarajat qilish 
shaklidir. Bu tushunchadan ko‘rinib turibdiki: 
birinchidan
, budjet – bu 
pul mablag‘larini tashkil etish va xarajat qilish shakli bo‘lib hisoblansa; 
ikkinchidan
, budjet – davlat va mahalliy hokimiyat organlarining 
funksiyalarini ta’minlaydi.
Budjet mablag‘larni tashkil etish va xarajat qilish shakli sifatidagi 
moliyaviy-rejali aktni – budjetni huquqiy shaklda tuzish bilan aralashtirib 
yubormaslik lozim, huquqiy shaklda budjetni tuzish – yuridik akt sifatida 
namoyon bo‘ladi. Bu qonun yoki davlat hokimiyati vakillik organining 
qarori sifatida bo‘lishi mumkin. Budjet to‘g‘risidagi yuridik akt budjet-
ning o‘zidan farq qiladi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi budjeti 
to‘g‘risidagi qonunchilikda faqat budjetning asosiy ko‘rsatkichlari 
ko‘rsatib o‘tiladi. 
Har qanday kategoriyaning, shu jumladan budjetning mohiyati uning 
vazifalarida namoyon bo‘ladi. Budjet keng moliyaviy kategoriya 
bo‘lganligi sababli, unga moliyaning barcha vazifalari xosdir. Shu o‘rinda 
budjetning quyidagi asosiy vazifalarini ko‘rsatib o‘tishimiz mumkin: 
milliy daromadni qayta taqsimlash; iqtisodni tartibga solish; budjet 
sohasini moliyaviy ta’minlash va davlatning ijtimoiy siyosatini amalga 
oshirish; markazlashgan pul mablag‘lari jamg‘armalarini tashkil etish va 
foydalanish ustidan nazoratni amalga oshirish. 
Budjet ommaviy-huquqiy kategoriya bo‘lib, normativ tarzda 
mustahkamlanadi va davlat (ma’muriy-hududiy tuzilmalar) manfaatlarini 
amalga oshirishda xizmat qiladi. Shu sababli ham bu sohadagi ijtimoiy 
munosabatlar imperativ me’yorlar bilan tartibga solinadi. 
Demak, 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin