87
yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lar sarfi
yo‘nalishlari va miqdori nazarda tutiladi.
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga
binoan davlat
mulki respublika mulki va ma’muriy-hududiy tuzilmalar mulkidan
(munitsipal mulkdan) iborat. Tegishli budjetning mablag‘lari va boshqa
davlat mol-mulki, agar ular davlat korxonasi va muassasasiga
birkitilmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasining davlat xazinasini,
viloyat xazinasini tashkil qiladi. Respublika mulki respublika
budjetiga
tushadigan soliqlar, yig‘imlar va boshqa majburiy to‘lovlardan,
shuningdek qonunlarda nazarda tutilgan asoslarga muvofiq boshqa
tushumlar hisobidan tashkil etiladi.
Munitsipal mulk – davlat hokimiyati mahalliy organlarining
mol -
mulki, mahalliy budjet mablag‘lari, shuningdek uy-joy jamg‘armasi va
kommunal xo‘jalik korxonalari va boshqa mulkiy komplekslar, xalq
ta’limi,
madaniyat, sog‘liqni saqlash muassasalari,
shuningdek boshqa
mol-mulkdan iborat. Munitsipal mulk mahalliy budjetga tushadigan
soliqlar, yig‘imlar va boshqa majburiy to‘lovlardan, shuningdek qonun
hujjatlarida nazarda tutilgan asoslarga muvofiq boshqa tushumlar
hisobidan tashkil etiladi.
Budjetning qanday bo‘g‘inda tashkil topishidan qat’i nazar uni
quyidagi uch ma’noda ko‘rsatib o‘tish mumkin:
a) iqtisodiy ma’noda; b)
moddiy ma’noda; d) huquqiy ma’noda.
Davlat oldida turgan ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy sohalardagi
vazifa-
larini bajarish uchun ma’lum bir moliyaviy mablag‘larning mavjud
bo‘lishi talab qilinadi. Davlat ehtiyojlari pul (iqtisodiy) shaklida
qondiriladi.
Dostları ilə paylaş: