Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni ularning xo‘jalik faoliyatini taftish
qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan holda tekshirish
tegishli nazorat qiluvchi
(yong‘inga qarshi, sanitariya, veterinariya, energetika nazorati va boshqa)
organlar tomonidan, qoida tariqasida, bir marta o‘tkaziladigan kompleks
tekshiruv davomida amalga oshiriladi.
Kompleks tekshiruvlar maxsus vakolatli organ tasdiqlagan rejalar
asosida o‘tkaziladi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini
muqobil tekshirishlar
jinoyat ishlari yuzasidan tergov olib borish jarayonida tekshirish tayinlash
to‘g‘risidagi qaror asosida yoxud nazorat qiluvchi organlar tomonidan
maxsus vakolatli organning qaroriga binoan amalga oshiriladi. Xo‘jalik
yurituvchi subyektlar faoliyatini muqobil tekshirishlar xo‘jalik yurituvchi
subyektlarga bormasdan turib amalga oshiriladi. Xo‘jalik yurituvchi
subyektlar faoliyatini muqobil tekshirishlarga ularning tekshirilayotgan
xo‘jalik yurituvchi subyekt bilan o‘zaro munosabatlari yuzasidangina yo‘l
qo‘yiladi, ulardan muqobil tekshirish predmetiga taalluqli bo‘lmagan
moliya-buxgalteriya hujjatlarini yoki boshqa hujjatlarni talab qilib olish
taqiqlanadi.
Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliya-
tini tekshirishni o‘tkazish muddati 30 kalendar kundan oshmasligi kerak.
Istisno tariqasidagi hollarda, Kengash qarori bilan bu muddat ko‘pi bilan
30 kunga uzaytirilishi mumkin.
Tegishli asoslar (tadbirkorlik subyektlari rahbarlari, bosh buxgalterla-
rining yo‘qligi, boshqa asosli sabablar) bo‘lganda tekshirishlar o‘tkazish
muddatini o‘zgartirishga Kengash qarori bilan, rejali tekshirishlarni ularni
o‘tkazish imkoni bo‘lmaganligi yoki ularda ayrim nazorat qiluvchi
organlar hududiy bo‘linmalari ishtirok etishi mumkin bo‘lmaganligi
sababli birmuncha keyinroq muddatlarga ko‘chirishga esa viloyat
komissiyalarining qarori bilan yo‘l qo‘yilishi mumkin.
Tadbirkorlik subyekti faoliyatini tekshirishga Kengash yoki viloyat
komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda ruxsat berilgan nazorat
qiluvchi organlarning tarkibiy tuzilmalariga ana shu nazorat qiluvchi
organlar boshqa tarkibiy bo‘linmalarining tadbirkorlik subyektlari
faoliyatini tekshirish huquqiga ega bo‘lgan xodimlari tegishli nazorat
qiluvchi organ yuqori bo‘linmasi rahbarining mazkur masala bo‘yicha
maxsus qarori (buyrug‘i) asosidagina qo‘shilishi mumkin.
Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirishlarga belgilangan
tartibda ruxsat berilgan bitta nazorat qiluvchi organga boshqa nazorat
78
qiluvchi organlar, rejadan tashqari tekshirish o‘tkazish uchun qonun
hujjatlarida nazarda tutilgan asoslar bo‘lgan taqdirda, ular tomonidan
berilgan buyurtmanoma asosida, Kengash qarori bilan qo‘shilishi
mumkin.
Kengash yoki uning hududiy bo‘linmalari qarorlari bilan ruxsat
berilgan tadbirkorlik subyektlarini tekshirishlarni amalga oshirishni nazo-
rat qiluvchi organlar o‘zlarining quyi hududiy bo‘linmalariga topshirishga
haqli.
O‘tkazilgan tekshirish natijalariga rozi bo‘lmagan tadbirkorlik
subyektlari nizoli masalalarga aniqlik kiritish uchun nazorat qiluvchi
organlarning yuqori bo‘linmalariga yozma murojaat qilish huquqiga ega.
Nizoli masalalarga nazorat qiluvchi organlarning yuqori bo‘linmalari
Kengash yoki uning viloyat komissiyalari bilan qo‘shimcha ravishda
kelishmasdan turib, faqat tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarida
ko‘rsatilgan masalalar yuzasidangina aniqlik kiritadilar.
Tadbirkorlik subyektlari ularda o‘tkazish mo‘ljallanayotgan yoki
o‘tkazilayotgan rejali yoki boshlab yuborilgan rejadan tashqari tekshirish
haqidagi va ular faoliyatini tekshirishni amalga oshirishga ruxsat olgan
nazorat organlarining nomi to‘g‘risidagi axborotni Kengash yoki viloyat
komissiyasining ishchi organlaridan bepul olishga haqlidirlar. Tegishli
axborotni olish rejasi tekshirishlar to‘g‘risidagi axborotni matbuotda chop
etish yo‘li bilan ham ta’minlanishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning joylardagi
organlari zimmasiga respublika hamda mahalliy budjetlarning, shuning-
dek, qo‘shma budjetda hisobga olinadigan budjetdan tashqari jamg‘arma-
larning mablag‘lari hisobidan moliyalanadigan muassasalarning moliya-
xo‘jalik faoliyatini belgilangan tartibda tekshirish vazifasi yuklansin.
Zarur hollarda ana shu tekshirishlarni amalga oshirish uchun soliq va
boshqa nazorat organlari jalb qilinishi mumkin.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilganidek Moliya vazirligi tizimida Bosh
nazorat-taftish boshqarmasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar
va Toshkent shahrida nazorat-taftish boshqarmalari faoliyat ko‘rsatadi.
Ularning asosiy vazifasi bo‘lib budjet jarayonining barcha bosqichlarida
budjet intizomiga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish
hisoblanadi.
Taftishlarni o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligining 1999-yil 4-yanvardagi 1-sonli Yo‘riqnomasi bilan tartibga
solinadi. Ushbu normativ hujjat taftishlarning maqsad va vazifalari, ularni
79
tashkil etish va o‘tkazish, ularning natijalarini rasmiylashtirish hamda
aniqlangan moliya intizomini buzishlar va kamchiliklarni bartaraf etish
bo‘yicha chora-tadbirlar qabul qilish tartibini belgilaydi.
Taftishning asosiy vazifalari tekshiruv obyektiga qarab farqlanadi.
Moliya organlarining ish faoliyatini taftish qilish vaqtida quyidagilar
tekshiriladi:
-
budjetlarni tuzish, ko‘rib chiqish va ijro etish tartibiga rioya
etilishi;
-
budjetda nazarda tutilmagan chora-tadbirlar uchun sarflangan
qo‘shimcha xarajatlarning qonuniyligi;
-
moliya organlari iqtisodiy va nazorat ishlarining ahvoli, budjet
muassasalarining moliyaviy-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlarni
tahlil etish bo‘yicha ishlar, moliya oranlari tomonidan iqtisodiy va nazorat
ishlari rejasining bajarilishi, yuqori moliya organlari topshiriq,
vazifalarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi;
-
moliya organi apparatini saqlash uchun xarajatlar smetasining
ijrosi, moliya organida buxgalteriya hisobining ahvoli va hisobot
tuzishning to‘g‘riligi;
-
moliya organlariga moliya organlari xodimlarining xatti-hara-
katlari ustidan kelib tushgan shikoyatlar hamda moliya intizomi
buzilganligi to‘g‘risida fuqarolardan tushgan ariza va xatlarni ko‘rib
chiqishga doir ishlarning ahvoli va boshq.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini taftish qilish vaqtida
mablag‘lar va moddiy boyliklar saqlanishi hamda to‘g‘ri sarflanishi,
buxgalteriya hisobi va hisobotining to‘g‘riligi, moliya intizomiga rioya
etilishi tekshiriladi.
Budjet muassasalari taftish qilinayotgan vaqtda smeta hisob-
kitoblarining asoslanganligi, smetalarning ijrosi va mablag‘larning
maqsadli ishlatilishi, mablag‘larning tejamli sarflanishi va saqlanishini
ta’minlash, moliya-budjet intizomiga rioya etilishi va buxgalteriya
hisobini yuritish va hisobot tuzish to‘g‘riligi, budjetdan tashqari maxsus
mablag‘larni hosil qilish va ularni to‘g‘ri xarajat qilish qonuniyligi
masalalari va boshqalar tekshiriladi.
Taftishlar o‘tkazish muddatlari va taftishchi guruhlar tarkibi har bir
taftishning aniq vazifalari hamda taftish qilinayotgan muassasalarning
o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadigan, oldinda turgan ishlar
hajmini hisobga olgan holda belgilanadi. Taftishlar va tekshiruvlar
o‘tkazish muddati 30 kun belgilangan.
80
Taftish natijasida aniqlangan moliya intizomini buzishlar va ishdagi
kamchiliklar to‘g‘risida dalolatnoma tuzilib, unga guruh rahbari,
tekshirilayotgan muassasa rahbari va bosh hisobchi imzo chekadilar.
Dalolatnoma bo‘yicha e’tiroz yoki boshqa fikrlar yuzaga kelgan holda,
uni imzolagan rahbar va bosh buxgalter imzo yonida o‘z fikri, qo‘shimcha
tushuntirishini yozadi hamda dalolatnoma imzolangan kundan boshlab
besh kundan kechiktirilmagan holda yozma ravishda tushuntirish xatini
taqdim etishadi.
Dalolatnoma bo‘yicha tekshirilayotgan tashkilotning taftish bilan
aniqlangan faktlarida bevosita aybdor deb hisoblangan boshqa mansabdor
shaxslari ham, zarur bo‘lgan hollarda esa, ushbu tashkilotda ilgari ishlab
ketgan rahbar va bosh hisobchi ham (aniqlangan tartibbuzarlik ular
ishlagan davrga tegishli bo‘lsa) tushuntirish xati beradilar. Tushuntirish
xatlarida bayon etilgan faktlarning to‘g‘riligi tekshirilishi va ular bo‘yicha
yozma ravishda xulosa berilishi kerak.
Aniqlangan faktlar bo‘yicha tartibbuzarliklarni bartaraf etish
yuzasidan, taftish muddati tugashini kutmasdan, zudlik bilan qaror qabul
qilish yoki suiiste’mollikda aybdor bo‘lgan shaxslarni javobgarlikka
tortish zarur; bunda alohida dalolatnoma tuziladi, mansabdor shaxslar esa,
aniqlangan faktlar bo‘yicha zarur bo‘lgan tushuntirish xatlarini berishlari
shart.
Oraliq dalolatnomalar kassalarni taftish qilish natijalari bo‘yicha ham
tuziladi. Bu dalolatnomalar tekshiruvchilar va tegishli mansabdor shaxslar
hamda pul mablag‘lari va moddiy boyliklarning saqlanishi uchun mas’ul
bo‘lgan moddiy javobgar shaxslar tomonidan imzolanadi. Oraliq
dalolatnomaning bir nusxasi tekshirilayotgan tashkilotning dalolatnomaga
imzo chekkan mansabdor shaxsiga beriladi. Oraliq dalolatnomada bayon
etilgan faktlar taftish umumiy dalolatnomasiga kiritiladi.
Taftish dalolatnomasi bayonida aniqlangan faktlar qat’iy xolisona
bo‘lishi, tushunarli va aniqligiga rioya etilishi shart. Tekshirilayotgan
tashkilot moliyaviy faoliyati to‘g‘risida hujjatlar bilan tasdiqlanmagan
turli xulosa va taxminlar taftish dalolatnomasiga kiritilishiga ruxsat
berilmaydi. Taftish natijalari oshkor etilib, xo‘jalik yurituvchi subyektlar
va muassasalarga ular haqida axborot beriladi.
Davlat moliya intizomi bo‘yicha jiddiy tartibbuzarliklar aniqlangan
yoki davlat mablag‘lari o‘g‘irlangan hamda boshqa suiiste’molliklar sodir
etilgan hollarda, taftish materiallari tergov organlariga topshiriladi va ayni
vaqtda tegishli organ rahbari oldiga javobgar mas’ul shaxslarning bundan
81
keyin egallab turgan lavozimlarida qolish-qolmasligini ko‘rib chiqish
to‘g‘risidagi masala qo‘yiladi.
Dostları ilə paylaş: |