O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/161
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#198343
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   161
Moliya huquqi

tekshiruv 
va 
taftish 
kabi uslublari 
mavjud deb, hisoblaydilar.
O‘zbekiston Respublikasining «Xo‘jalik yurituvchi subyektlar 
faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida»gi 1998-yil 24-
avgustdagi qonuni bilan uning uslublari sifatida tekshirish, 
moliya-
xo‘jalik faoliyatini tekshirish (taftish qilish) 
hamda qarshi tekshiruv va 
nazorat tartibidagi tekshirish, statistika axborotlarini va boshqa 
axborotlarni tahlil qilish mustahkamlab qo‘yilgan (Ushbu qonunning 4-
moddasi).
Amaldagi qonunchilikda tekshiruvlarning belgilangan barcha turla-
riga ta’rif berilgan, jumladan: 


73
tekshirish 
nazorat organlari tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyekt-
larning ularning faoliyatini tartibga soluvchi qonunlar va boshqa qonun-
chilik hujjatlarini ijro etishlari ustidan bir marta o‘tkaziladigan nazoratdir;
moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish (taftish qilish)
– soliq va valuta 
to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga 
oshirish maqsadida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning buxgalteriya, moliya, 
statistika, bank hamda boshqa hujjatlarini o‘rganish va taqqoslash;
qarshi tekshirish 
turli xo‘jalik yurituvchi subyektlar yoki bir xo‘jalik 
yurituvchi subyektning turli bo‘linmalarida bo‘lib, yagona operatsiya 
bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlarni o‘zaro solishtirishdan iborat bo‘lgan 
tekshiruvdir. 
Jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizat-
siya va isloh etishning ustuvor vazifalarini amalga oshirish, tadbirkorlik 
subyektlari faoliyatiga nazorat organlari aralashuvini qisqartirish hamda 
ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni ta’minlash 
maqsadida xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirishlarni 
qisqartirish va ularni tashkil etish tizimini takomillashtirish bo‘yicha 
muhim bo‘lgan hujjatlar qabul qilindi. Bu tadbirlar birinchi navbatda 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tadbirkorlik subyektlarini 
huquqiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida»gi 2005-yil 14- iyun farmoni, «Tadbirkorlik subyektlarini 
tekshirishni yanada qisqartirish va uning tizimini takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida»gi 2005-yil 5-oktabr farmonlarida o‘z ifodasini 
topdi. Buni hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasining «Xo‘jalik 
yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risi-
da»gi qonuniga o‘zgartirishlar kiritildi, «Nazorat qiluvchi organlar tomo-
nidan o‘tkaziladigan, tadbirkorlik subyektlari – yuridik shaxslar faoliya-
tini tekshirishlarni muvofiqlashtirish tartibi to‘g‘risida»gi nizomning 
yangi tahriri tasdiqlandi. 
Amaldagi qonunchilikka binoan nazorat organlari tomonidan olib 
boriladigan tekshirishlar 
rejali 
va 
rejadan tashqari 
bo‘lishi mumkin.
Nazorat qiluvchi organlar tomonidan yuridik shaxs bo‘lgan xo‘jalik 
yurituvchi subyektlar faoliyatini rejali tekshirish, shu jumladan moliya-
xo‘jalik faoliyatini tekshirishlar uchun, ushbu moddaning ikkinchi qismida 
nazarda tutilgan hollarni istisno etganda, quyidagilar asos bo‘ladi: 
maxsus vakolatli organ yoki uning tegishli hududiy bo‘linmasi 
tomonidan berilgan, xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirishni 
o‘tkazishning muvofiqlashtiruvchi rejasidan ko‘chirma; 


74
nazorat qiluvchi organning muvofiqlashtiruvchi reja asosida chiqar-
gan buyrug‘i yoxud maxsus vakolatli organning rejadan tashqari 
tekshirish, shu jumladan taftish o‘tkazish to‘g‘risidagi hamda tekshirish 
maqsadi, tekshiruvchi mansabdor shaxslar tarkibi va tekshiruvni o‘tkazish 
muddatlari ko‘rsatilgan qarorlari. 
Prokuratura, ichki ishlar va milliy xavfsizlik xizmati organlari 
tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish uchun 
qo‘zg‘atilgan jinoiy ish mavjudligi asos bo‘ladi. Bunda tekshiruvga 
xo‘jalik yurituvchi subyektning faqat qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bilan 
bog‘liq faoliyati qamrab olinishi mumkin bo‘lib, bu haqda tekshiruvni 
tayinlash to‘g‘risidagi qarorda ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliya-xo‘jalik faoliyatini 
tekshirishlar belgilangan tartibda faqat davlat soliq xizmati organlari 
tomonidan, mazkur organlar tekshirishlar davomida soliq va valutaga oid 
jinoyatlar alomatlarini aniqlaganida esa O‘zbekiston Respublikasi Bosh 
prokuraturasi huzuridagi Soliq va valutaga oid jinoyatlarga qarshi 
kurashish departamenti tomonidan amalga oshiriladi. 
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyatini tekshirishlar maxsus 
vakolatli organning qaroriga binoan rejali tartibda ko‘pi bilan yiliga bir 
marta amalga oshirilishi mumkin, xususiy korxonalar va mikrofirmalar, 
kichik korxonalar, fermer xo‘jaliklari bundan mustasno. 
Belgilangan normalar va qoidalarga o‘z vaqtida hamda to‘la hajmda 
rioya etuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyatini tekshirishlar 
nazorat qiluvchi organlar tomonidan ko‘pi bilan ikki yilda bir marta 
amalga oshiriladi, xususiy korxonalar va mikrofirmalar, kichik korxo-
nalar, fermer xo‘jaliklari bundan mustasno. 
Xususiy korxonalar faoliyatini tekshirishlar nazorat qiluvchi organlar 
tomonidan ko‘pi bilan ikki yilda bir marta, belgilangan tartibda amalga 
oshirilishi mumkin, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan 
mustasno. 
Mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xo‘jaliklarining moliya-
xo‘jalik faoliyatini rejali tekshirishlar ko‘pi bilan to‘rt yilda bir marta, 
boshqa tadbirkorlik subyektlarining moliya-xo‘jalik faoliyatini rejali 
tekshirishlar ko‘pi bilan uch yilda bir marta amalga oshiriladi. 
Yangi tashkil etilgan mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer 
xo‘jaliklarining moliya-xo‘jalik faoliyati ular davlat ro‘yxatidan 
o‘tkazilgan paytdan e’tiboran ikki yil mobaynida rejali tekshiruvlardan 
o‘tkazilishi mumkin emas. 


75

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin