76
chiqadilar hamda viloyat va tuman komissiyalari ishchi guruhlarining
rejadan tashqari tekshirish o‘tkazish uchun taqdim etilgan buyurtma-
nomalarni ko‘rib chiqishga doir xulosalarini inobatga olgan holda
tegishincha
Kengashga, uning viloyat komissiyalariga taklif kiritadilar,
ular rejadan tashqari tekshirish o‘tkazish to‘g‘risida yoki uni o‘tkazishni
rad etish haqida qaror qabul qiladilar, rejadan tashqari tekshirish
o‘tkazishga ruxsat berilgan taqdirda tekshirish rejasini kelishib oladilar.
Rejadan tashqari tekshirish o‘tkazish to‘g‘risidagi yoki uni o‘tkazish-
ni rad etish haqidagi qaror qisqa muddatlarda, biroq buyurtmanoma kelib
tushgan kundan e’tiboran ikki haftadan kechiktirmay qabul qilinadi va
tegishincha Kengash raisi (uning o‘rinbosarlari) yoki
ushbu Nizomda
nazarda tutilgan vakolatlar doirasida viloyat komissiyasi raisi tomonidan
imzolanadi hamda nazorat qiluvchi organga yuboriladi.
Ulgurji va chakana savdodagi umumiy ovqatlanish va pulli xizmatlar
ko‘rsatish sohasidagi tadbirkorlik subyektlari tomonidan savdo-sotiq
hamda naqd pul tushumini topshirish qoidalariga
rioya etilishini rejadan
tashqari qisqa muddatli tekshirishlardan o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorlar
istisno tartibida tuman komissiyalarining raislari yoki viloyat komis-
siyalari raislarining o‘rinbosarlari – soliq boshqarmalari boshliqlari
tomonidan imzolanadigan ro‘yxatlar ko‘rinishida rasmiylashtiriladi.
Ro‘yxatlarda tekshirilayotgan tadbirkorlik
subyekti nomi va STIR,
tekshirilayotgan tadbirkorlik subyekti ulgurji va chakana savdo, umumiy
ovqatlanish va pulli xizmatlar ko‘rsatish obyektining yuridik manzili,
shuningdek obyekt amalga oshirayotgan faoliyat turi va rejadan tashqari
qisqa muddatli tekshirish o‘tkazish muddati ko‘rsatilishi kerak.
Favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishining oldini olish, sanitariya-
epidemiologiya vaziyati murakkablashishi, shuningdek boshqa davlatlar-
dan yuqumli kasalliklar kirib kelishi va tarqalishi ehtimoli bilan bog‘liq
rejadan tashqari tekshirishlarni o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror, sanitariya
nazorati va tabiatni muhofaza qilish organlari murojaati asosli bo‘lgan
taqdirda tekshirish o‘tkazish uchun buyurtmanoma
kelib tushgan kuni
qabul qilinadi.
Yuqori nazorat qiluvchi organlar o‘zlarining hududiy bo‘linmalariga
tadbirkorlik subyektlari faoliyatini rejadan tashqari tekshirishdan
o‘tkazish haqidagi topshiriqlarni ularni o‘tkazish to‘g‘risida faqatgina
Kengash yoki uning viloyat komissiyasining qarori bo‘lgan taqdirdagina
yuboradilar.