O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/161
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#198343
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   161
Moliya huquqi

 Audit – moliyaviy nazorat. Audit 
– bu ishbilarmonlarga yuzaga 
kelgan yangi iqtisodiy voqyelikda paydo bo‘lgan muammolarni yechish 
borasida amaliy yordam ko‘rsatuvchi hamda ular faoliyat ko‘rsatayotgan 
korxonalarda qonunchilikning buzilishini oldini oluvchi xizmat turi.
O‘zbekiston Respublikasining bozor munosabatlari sharoitiga o‘tishi, 
xalqaro iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi, O‘zbekiston Respublikasi 
hududida turli mulklarning kelib chiqishi, banklarning rivojlanishi, bevosita 
mamlakatimizda audit tizimini tashkil etishni taqozo etdi. Shu munosabat 
bilan O‘zbekiston Respublikasi hududida mulkdorlar va davlatning 
mulkiy manfaatlarini himoyalashga ko‘maklashuvchi mustaqil moliyaviy 
nazorat tizimining huquqiy asoslarini belgilab beruvchi «Auditorlik 
faoliyati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni 2000- yil 26-
mayda qabul qilingan bo‘lib, unga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida 
auditorlik faoliyati amalga oshirilmoqda.
Auditor 
– belgilangan tartibda auditorlik faoliyati bilan shug‘ullanish 
huquqini olgan va auditorlarning kasb-kor ro‘yxatiga kiritilgan muta-
xassis. 
Auditorlik firmasi 
– yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan tuzilgan, 
belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan, o‘z nizomiga ko‘ra faoliyat 
sohasi auditorlik xizmatlari ko‘rsatishdan iborat bo‘lgan korxona. 
Auditorning vazifalari quyidagicha: 
– auditorlik tekshiruvlarini sifatli o‘tkazish va tekshirishlar o‘tkazish 
bilan bog‘liq boshqa auditorlik xizmatlarini ko‘rsatish; 
– o‘zi tekshirayotgan xo‘jalik yuritish subyektining rahbariyatiga 
tekshiruv chog‘ida aniqlangan buxgalteriya hisob-kitobi kiritish hamda 
moliyaviy hisobot hujjatlari tayyorlashga doir talablar va qonunlar 
buzilganligi hollarini ma’lum qilish; 
– o‘z vazifalarini bajarish chog‘ida sir saqlash qoidalariga rioya 
etishi. Mijozlarga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni faqat 
sud talabiga binoan oshkor etishga yo‘l qo‘yiladi; 


83
– tekshirish tugallanib xulosa chiqarilgunga qadar qaror uzr va 
sabablarsiz o‘z faoliyatini to‘xtatib qo‘ymasligi; 
– 
zarur hollarda, tekshiruv natijalarini ma’lum qilish uchun 
mulkdorlarning (aksiyadorlarning) umumiy yig‘ilishi chaqirilishini talab 
qilish. 
Auditorlik tashkiloti quyidagi huquqlarga ega: 
– auditorlik tekshiruvi o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun 
xo‘jalik yurituvchi subyektning ta’sis hujjatlari hamda buxgalteriya 
hisobi va moliyaviy hisobot hujjatlari bilan oldindan tanishib chiqish;
– auditorlik tekshiruvi o‘tkazish shakllari va usullarini mustaqil 
belgilash;

auditorlik tekshiruvi o‘tkazilayotganda xo‘jalik yurituvchi subyekt 
amalga oshirayotgan moliya-xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq hujjatlarni
to‘liq hajmda olish, shuningdek ushbu hujjatlarda hisobga olingan har 
qanday mol-mulkning amalda mavjudligini hamda har qanday majbu-
riyatlarning amaldagi holatini tekshirish; 
– auditorlik tekshiruvini o‘tkazish davomida yuzaga kelgan 
masalalar bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi subyektning moddiy javobgar 
shaxslaridan og‘zaki va yozma tushuntirishlar olish hamda auditorlik 
tekshiruvi uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha ma’lumotlarni olish; 
– uchinchi shaxslar tomonidan yozma tasdiqlangan axborotni 
xo‘jalik yurituvchi subyektdan olish; 
– ishonchli auditorlik xulosasini tuzish uchun zarur bo‘lgan barcha 
axborot xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan taqdim etilmagan taqdirda
auditorlik tekshiruvi o‘tkazishdan bosh tortish
– auditorlik tekshiruvini o‘tkazishda ishtirok etishga auditorlar va 
boshqa mutaxassislarni belgilangan tartibda jalb etish; 
– auditorlik tekshiruvi bilan qamrab olingan davrda xo‘jalik 
yurituvchi subyektga professional xizmatlar ko‘rsatish, bundan 
buxgalteriya hisobini yo‘lga qo‘yish, tiklash, yuritish va moliyaviy 
hisobot tuzish mustasno; 

auditorlarning respublika jamoat birlashmasiga a’zo bo‘lib kirish. 
Bundan tashqari, auditorlik tashkiloti qonun hujjatlariga muvofiq 
boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 
Auditorlik tashkilotining asosiy faoliyat turlari quyidagicha:
– auditorlik faoliyatini amalga oshirayotganida ushbu Qonun hamda 
boshqa qonun hujjatlarining talablariga rioya etishi


84
– auditorlik tekshiruvi o‘tkazishga doir shartnoma tuzishdan oldin 
buyurtmachining talabiga binoan auditorlik faoliyatini o‘tkazish huquqini 
beruvchi tegishli litsenziyani, auditor (auditorlar)ning malaka sertifikatini 
taqdim etishi; 
– xo‘jalik yurituvchi subyektning so‘roviga binoan auditorlik 
tekshiruvini o‘tkazish bo‘yicha qonun hujjatlarining talablari to‘g‘ri-
sidagi, auditorning e’tirozlari asoslanilgan qonun hujjatlarining normalari 
to‘g‘risidagi axborotni taqdim etishi; 
– auditorlik tekshiruvini amalga oshirishda olingan axborotning
maxfiyligiga rioya etishi
– auditorlik hisobotida moliyaviy-xo‘jalik operatsiyalarining 
qonuniyligi buzilishi faktlarini hamda ularni bartaraf etish yuzasidan 
takliflarni aks ettirishi; 
– o‘tkazilgan auditorlik tekshiruvlari natijalariga doir auditorlik 
xulosalari va auditorlik hisobotlarining nusxalari auditorlik tashkilotida 
mavjud bo‘lishini hamda ularning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda 
saqlanishini ta’minlashi; 
– auditorlarning bir yilda bir marta malaka oshirish kurslaridan 
o‘tishlarini ta’minlashi; 
– auditorlik tashkilotlarini majburiy reyting baholash uchun 
auditorlarning respublika jamoat birlashmasi so‘roviga ko‘ra axborot 
taqdim etishi; 
– xo‘jalik yurituvchi subyektga uning mansabdor shaxslari va boshqa 
xodimlari zarar yetkazganligini aniq tasdiqlab turgan faktlarni aniqla-
gan taqdirda bu haqda xo‘jalik yurituvchi subyektning rahbariyatiga 
(mulkdoriga) ma’lum qilishi hamda auditorlik hisobotiga tegishli qaydni 
kiritishi shart. Zarur hollarda auditorlik tekshiruvining natijalarini 
ma’lum qilish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qatnash-
chilarning (aksiyadorlarning) umumiy yig‘ilishi chaqirilishini talab 
qilishi kabilar. 
Shuningdek, auditorlik tashkiloti zimmasiga qonun hujjatlariga 
muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklatilishi mumkin. 
Auditorlik tekshiruvi majburiy va ixtiyoriy bo‘lishi mumkin. Maj-
buriy tekshiruv qonunchilikda ko‘rsatilgan hollarda o‘tkazilishi mumkin. 
Sug‘urta kompaniyalarida, tijorat banklarida, aholini suv va yorug‘lik 
bilan ta’minlovchi korxonalarda majburiy audit tekshiruvlari o‘tkazilishi 
mumkin. Qolgan holatlarda audit tekshiruvlari faqat ixtiyoriy ravishda 
olib boriladi. 


85
Yuqorida qayd etilgan qonunning 8-moddasida 
auditorning 
javobgarligi 
berilgan bo‘lib, ushbu moddaga asosan, auditor va auditorlik 
firmasi auditorlik tekshiruvlarni o‘tkazish chog‘ida ushbu qonunning va 
O‘zbekiston Respublikasi boshqa qonun hujjatlarining qoidalarini 
buzganlik uchun: 
O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq mulkiy va 
ma’muriy javobgarlikka; 
Litsenziya bergan idoraning qaroriga muvofiq auditorlik faoliyati bilan 
shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishini 
to‘xtatishgacha yoki bunday litsenziyadan mahrum etishgacha bo‘lgan 
intizomiy javobgarlikka tortiladilar. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin