O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a


Budjet huquqi predmeti, tushunchasi va manbalari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/161
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#198343
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   161
Moliya huquqi

Budjet huquqi predmeti, tushunchasi va manbalari. 
Davlat 
budjetining asosiy ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati davlat pul mablag‘larining 
markazlashtirilgan jamg‘armalarini tashkil etish, taqsimlash va ulardan 
foydalanish jarayonida yuzaga keladigan munosabatlarni huquqiy tartibga 
solish zarurligini belgilaydi. Bu munosabatlar moliyaviy-huquqiy 
normalarning maxsus guruhi bilan tartibga solinib, ular moliya huquqi 
bo‘limlaridan biri – budjet huquqini tashkil etadi. Demak, O‘zbekiston 
Respublikasi budjet huquqini davlat budjeti mablag‘larini tashkil etish, 
taqsimlash va ulardan foydalanish bo‘yicha yuzaga keladigan ijtimoiy 
munosabatlarni tartibga soluvchi moliyaviy-huquqiy normalar majmui 
sifatida belgilash mumkin.


92
Lekin bunday ta’rif, budjet huquqi predmetini tashkil etgan ijtimoiy 
munosabatlar doirasini aniq darajada belgilay olmaydi. Moliya 
qonunchiligi ichida budjet huquqi normalari ajratiladi, ko‘pincha esa, ular 
moliya huquqining davlat budjeti daromadlari va xarajatlarini tartibga 
soluvchi boshqa normalari bilan qo‘shilib ketadi. Masalan, soliq huquqi 
normalari budjet huquqining davlat budjeti daromadlari xususiyati, tarkibi 
va hajmi, ularning kelib tushish tartibi (belgilangan soliqlarni to‘lash 
tartibi va muddatlari)ni aks ettiruvchi qismi tomonidan qamrab olinadi. 
Shu munosabat bilan «budjet huquqi» tushunchasiga ta’rif berishda uning 
predmeti 
nafaqat umumiy xususiyatlarini, ya’ni davlat pul mablag‘lari 
markazlashtirilgan jamg‘armasini tashkil etish, taqsimlash va undan 
foydalanish bo‘yicha yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlarni, balki 
munosabatlarning aniq turlarini ham nazarda tutish lozim.
Moliya huquqiga oid adabiyotlarda budjet huquqi predmetini tashkil 
etuvchi, o‘zining mazmuni va maqsad yo‘nalishlari bilan yagona bo‘lgan 
ijtimoiy munosabatlar, ya’ni quyidagilarni belgilash yoki tartibga solish 
bilan bog‘liq munosabatlar yoki normalar blokining aniq turlariga 
birlashadi: 
-
budjet qurilishi va davlat budjet tizimi; 
-
budjet tizimi daromadlar va xarajatlar tuzilmasi, ularni budjet 
tizimi bo‘g‘inlari o‘rtasida taqsimlash tartibi; 
-
davlat va uning subyektlari (ma’muriy-hududiy tuzilmalar) 
vakolatlari (budjet huquqlari); 
-
budjet jarayonini tashkil etish, ya’ni budjetni shakllantirish tartibi 
hamda uning ijrosi to‘g‘risidagi hisobot; 
-
budjet nazorati. 
Qayd etilgan holatlarni hisobga olib

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin