O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/161
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#198343
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   161
Moliya huquqi

budjet –
bu davlat hokimiyati vakillik organlari tomonidan 
tasdiqlanadigan markazlashgan pul jamg‘armalarining tashkil topishi, 
taqsimlanishi va ulardan foydalanilishining asosiy moliyaviy rejasi bo‘lib, 
davlat va mahalliy hokimiyat organlarning barcha vazifalari va 
funksiyalarini ta’minlashga xizmat qiladi. 
Davlat budjeti har yili tasdiqlanadi va u birinchi yanvardan o‘ttiz 
birinchi dekabrga qadar harakatda bo‘ladi. 
O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti ikki qismdan: 
daromadlar 
va 
xarajatlar 
qismlaridan iborat. Uning daromadlar qismida qonunchilikda 
nazarda tutilgan barcha manbalar bo‘yicha tushumlarning hajmlari aks 
ettirilib, ularga avvalambor belgilangan soliqlar va yig‘imlarning barcha 


90
turlari hamda boshqa daromadlar kiradi. Xarajatlar qismi esa budjet 
mablag‘laridan foydalanishning aniq miqdori va yo‘nalishlarini nazarda 
tutadi.
Bozor munosabatlariga o‘tish sharoitlarida davlat budjeti taqchillik 
bilan, ya’ni xarajatlar daromadlardan oshishi bilan qabul qilina boshladi. 
Jahon tajribasining ko‘rsatishicha, budjet taqchilligi iqtisodiy o‘sishning 
nihoyatda jiddiy to‘sig‘i bo‘lib qolishi mumkin, chunki u inflatsiya 
jarayonlari kuchayishi, davlat qarzlari o‘sishi, umuman davlat moliyalari 
holatining barqaror bo‘lmasligining bosh omillaridan biridir. Shu sababli 
budjet taqchilligi davlat tomonidan qattiq nazoratga olinib, barqaror bozor 
iqtisodiyoti sharoitlarida yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan doiralarda 
belgilanadi. Davlat budjeti taqchilligini eng kam darajaga keltirish: 
boshqaruv xarajatlarini qisqartirish hisobiga budjet xarajatlarining 
o‘sishini qat’iy cheklash; farqli davlat ijtimoiy himoya tizimini belgilash, 
dotatsiyalarning har xil turlari va narxlarning subsidiyalanishini tugatish, 
markazlashtirilgan mablag‘larni moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarini 
rivojlantirish uchun qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga 
oshirishga ajratish yo‘li bilan erishiladi.
Davlat budjeti tarkibida davlat maqsadli jamg‘armalari to‘planib, 
ularga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika 
yo‘l jamg‘armasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulk qo‘mitasining 
davlat mulkini boshqarish maxsus hisobvarag‘i hamda O‘zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya 
jamg‘armasi kiradi.
Mustaqillik yillarida davlat budjeti mablag‘laridan funksional 
foydalanish anchagina kengaydi, budjet daromadlarini yo‘naltirish 
uslublari va ularni xarajat qilish yo‘nalishlari, davlat budjetini ijro etish 
tartibi katta o‘zgarishlarga uchradi. 
Budjet mablag‘larini to‘plashning asosiy uslubi – bu to‘g‘ri va egri 
soliqlar, resurs to‘lovlari va mol-mulk solig‘i, infratuzilmani rivojlantirish 
uchun olinadigan soliqlardir.
Biroq budjetning daromad qismini shakllantirishda soliq to‘lovlari 
rolining oshirilishi tadbirkorlarga soliq yuki kuchayganini anglatmaydi. 
Aksincha, soliq stavkalari, xususan, daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha 
stavkalar yuridik shaxslar asosiy qismi uchun yildan-yilga anchagina 
kamaytirib borilmoqda (masalan, 1998- yilgi 35 foizdan 2006-yilda 12 
foizga tushirildi). Bundan tashqari, hozir amal qilayotgan qonunchilik 
bo‘yicha belgilangan barcha soliqlar to‘lab bo‘linganidan keyin qoladigan 


91
daromadlar xo‘jalik yurituvchi subyektlarining, davlat korxonalarining 
ixtiyorida bo‘ladi. Bu esa tabiiy ravishda ularning o‘z faoliyati 
natijalaridan manfaatdorligini oshiradi. Sobiq Ittifoq davlatida davlat 
budjeti daromadlarining asosiy qismi korxonalar foydasining eng ko‘p 
qismi (o‘rtacha 85 foizi)ni to‘g‘ridan-to‘g‘ri olish hisobiga 
shakllantirilgan va bu bilan ularni yuqori ishlab chiqarish va samarali 
xo‘jalik-moliyaviy faoliyatiga ijobiy ta’sir etishdan mahrum etgan.
Tub iqtisodiy islohotlar sharoitlarida budjet mablag‘larini oqilona 
taqsimlash hamda ularni davlat va jamiyatning ustuvor yo‘nalishlariga 
yo‘naltirishda davlat budjetining roli nihoyatda muhimdir. Ushbu 
mablag‘lar maqsadli davlat dasturlarini moliyalashtirish, iqtisodiyotdagi 
yangi tuzilmaviy yo‘nalishlar va, xususan, eksportga mo‘ljallangan va 
import o‘rnini bosadigan ishlab chiqarishlarni rivojlantirish uchun 
foydalaniladi. Budjet mablag‘lari agrosanoat kompleksi, kichik va o‘rta 
biznesni qo‘llab-quvvatlash va boshqa sohalarga yo‘naltiriladi. 
O‘tish davrida kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirish va, xususan, 
jamiyatning davlat yordamiga eng ko‘p darajada muhtoj bo‘lgan 
a’zolarini qo‘llab-quvvatlashda davlat budjetining roli kattadir. Davlat 
budjetida yildan-yilga aholini ijtimoiy himoyalashga oid chora-tadbirlar 
uchun xarajatlar maxsus maqsadlarga yo‘naltirilmoqda. Masalan, bolali 
oilalar va kam ta’minlangan oilalarga nafaqalar, aholiga ijtimoiy 
ahamiyatga ega bo‘lgan xizmatlar ko‘rsatilishi uchun belgilangan 
narxlardagi farqlarni budjet hisobidan qoplash.
Mamlakat oldida turgan ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni hal etishda 
davlat budjeti rolini yanada oshirish ko‘p darajada budjet qonunchiligini 
takomillashtirish va budjet huquqini rivojlantirish bilan bog‘liqdir. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin