72
Adabiyotlarda davomiy nazorat ko‘pincha xo‘jalik
boshqaruv yuqori
bo‘g‘inlari va idoradan tashqari nazorat organlari ustuvorligiga kiritiladi.
Aslida u ichki moliyaviy nazoratning ham ajralmas tarkibiy qismi
hisoblanadi. Bu ayni mana shu buxgalteriya xizmatining zimmasiga
(boshqa xizmatlar bilan birgalikda) hisob yuritish va hisobot ma’lumotlari
bo‘yicha iqtisodiy tahlilni amalga oshirish vazifasi
yuklanishi bilan
belgilanadi.
Nazoratdan eng ko‘p samara uning barcha shakllarining o‘zaro
harakatida erishilishi mumkin. Ayniqsa bu budjet mablag‘larini o‘g‘ir-
lashga qarshi kurashda zarur bo‘lib, u sodir bo‘layotgan o‘g‘irliklarning
oldini olish, bunday holatlarni va ularning sabablarini aniqlash, kelgusida
ularga yo‘l qo‘yilmasligi uchun o‘zaro bog‘liq bo‘lgan
chora-tadbirlar
tizimini o‘z ichiga qamrab olishi kerak.
Moliyaviy nazorat uslublari.
Moliyaviy nazorat turli uslublar
vositasida amalga oshirilib, bunda uni o‘tkazish uslub va yo‘llari tushu-
niladi. U yoki bu uslubni qo‘llash bir qancha omillarga bog‘liq bo‘lib,
ularga moliyaviy nazoratni amalga oshiruvchi organlarning
huquqiy
ahvoli, nazorat obyektlari va maqsadlari, nazorat huquqiy munosabat-
larining yuzaga kelish asoslari va boshqalarni kiritish mumkin.
Ilmiy va o‘quv adabiyotlarida moliyaviy nazoratning turli uslublari
ajratiladi. Ayrim hollarda
ularga kuzatish, tekshirish, tahlil qilish, boshqa
hollarda esa, moliyaviy rejalar, buyurtmalar, moliyaviy-xo‘jalik
faoliyati
to‘g‘risidagi hisobotlarni ko‘rib chiqish, mansabdor shaxslarning ma’ru-
za, axborotlarini eshitish va boshqalar kiritiladi. Bizning fikrimizcha,
moliyaviy nazoratning bunday uslublarini ajratish, garchi bu munozarasiz
bo‘lmasa-da, shunga qaramasdan, u mavjud bo‘lishga haqli. Ko‘pchilik
mualliflar moliyaviy
nazoratning faqat
Dostları ilə paylaş: