go’yo sub’yektni o’zini bilishga da’vat etadi. Bir so’z bilan aytganda, sub’yekt bilan
munosabatga kirishgan ob’yekt oddiy borliq emas, balki u yoki bu darajada anglab yetilgan,
ya’ni ong – o’zining bilishga intilishida ijtimoiy belgilangan ong daliliga aylangan borliqdir, shu
ma’noda bilish ob’yekti endi ijtimoiy dalilga aylanadi.
Ob’yekt
– bu sub’yektning bilish faoliyati qaratilgan narsa yoki hodisa. Asbob ham
(o’rganilayotgan va ta’mirlanayotganida), boshqa individ ham, individ bilan bog’liq narsa va
hodisalar ham ob’yekt bo’lishi mumkin. «Ob’yekt» tushunchasini ob’yektiv borliq bilan
aralashtirmaslik kerak. Masalan, hayvonlarning hujayralaridagi xromosomalar ular sitologiya va
genetikada o’rganish «ob’yekti»ga aylanishidan oldi ham ob’yektiv mavjud bo’lgan, biroq kashf
etilganidan keyingina o’rganish «ob’yektlari»ga aylangan.
Bu tushunchalar nafaqat bilish faoliyati, balki amaliy va baholash faoliyati bilan ham
bog’liq.
Bilish faoliyatida sub’yekt ob’yektsiz, ob’yekt esa – sub’yektsiz mavjud bo’lmaydi.
Masalan, gen jonli narsalar tarkibida mavjud bo’lgan holda, nafaqat antik davrda, balki
J.B.Lamark va CH.Darvin uchun ham ilmiy tafakkur ob’yekti bo’lmagan. Olimlar bu ko’zga
ko’rinmas biologik borliqni ma’lum vaqtgacha o’z bilish faoliyatining ob’yekti sifatida aniqlay
olmaganlar. Bunga nisbatan yaqinda, dunyoning umumiy ilmiy manzarasida jiddiy o’zgarishlar
yuz berganidan so’ng muvaffaq bo’lindi. YOki, aytaylik, ilmiy tafakkur, texnika yutuqlari va
ijtimoiy shart-sharoitlar atigi bir necha o’n yilliklar muqaddam Kosmosning olis kengliklarini
tadqiqot ob’yektiga aylantirish imkonini berdi.
Hozirgi zamon gnoseologiyasida bilish ob’yekti va predmetini farqlash odat tusini olgan.
Bilish ob’yekti deganda borliqning o’rganilayotgan amalda mavjud bo’laklari tushuniladi. Bilish
predmeti – bu izlanayotgan fikrning diqqat markazidan o’rin olgan muayyan jihatlar. Masalan,
inson juda ko’p fanlar – biologiya, tibbiyot, psixologiya, sotsiologiya, falsafa va hokazolarning
tadqiqot ob’yekti hisoblanadi. Biroq ularning har biri insonni o’rganishga o’z nuqtai nazaridan
yondashadi: masalan, psixologiya insonning ruhiyati, ichki olami, xulq-atvorini, tibbiyot –
insonning kasalliklari va ularni davolash usullarini o’rganadi va h.k. Binobarin, tadqiqot
predmetiga tadqiqotchining muhim mo’ljali kiradi, ya’ni u tadqiqot vazifasi nuqtai nazaridan
shakllanadi.
Ma’lumki, inson tarix yaratuvchisi, sub’yekti hisoblanadi, o’z tarixiy mavjudligining zarur
shart-sharoitlari va asoslarini o’zi yaratadi. Ijtimoiy-tarixiy bilish ob’yekti odamlar tomonidan
nafaqat o’rganiladi, balki yaratiladi ham, demak, ob’yektga aylanishdan oldin u yaratilishi,
shakllantirilishi lozim.
SHunday qilib, ijtimoiy bilishda inson o’z faoliyatining mahsuli, amaliy faol jonzot bo’lgan
o’zi bilan ham ish ko’radi. Bilish sub’yekti bo’lgan inson shu tariqa uning ob’yektiga ham
aylanadi. SHu ma’noda ijtimoiy bilish insonning ijtimoiy o’zlikni anglash jarayonidir. Bunda
inson tarixiy rivojlanish jarayonida yaratiladigan o’zining ijtimoiy mohiyatini o’zi uchun kashf
etadi va o’rganadi.
SHu sababli ijtimoiy bilishda sub’yekt va ob’yektning o’zaro aloqasi murakkablashadi, bu
yerda ob’yekt bir vaqtning o’zida tarixiy ijod sub’yekti hamdir.
Ijtimoiy bilishda hamma narsa va hodisalar inson sohasida aylanadi: bilish ob’yekti –
odamlarning o’zi va ular faoliyatining natijalari, bilish sub’yekti ham insondir. Bilish jarayoni
shohidlarning guvohliklari, hujjatlar, so’rovlar, so’rovnomalarsiz, odamlar yaratgan mehnat
qurollari va madaniy yodgorliklarisiz bo’lishi mumkin emas.
Bularning barchasi ijtimoiy bilishga ma’lum darajada o’z ta’sirini o’tkazadi va uning o’ziga
xos xususiyatlarini shakllantiradi. Ayni shu sababli ijtimoiy bilishda olimning grajdanlik
pozitsiyasi, uning ma’naviy qiyofasi, haqiqat ideallariga sodiqligi juda muhimdir.
Dostları ilə paylaş: