isbotlash yo’li bilan ham tushuntirish mumkin. Bu qarama-qarshilik taxminlarimizning mantiqiy
dalillar va mulohazalar tizimi yordamida tajribada sinash yo’li bilan yechiladi.
SHakllangan nazariya bilan olingan yangi ilmiy dalillar va eksperimental ma’lumotlar
o’rtasidagi qarama-qarshilik ham bilish uchun tabiiy bir holdir. Bunda mazkur dalillar yordamida
nazariyaga aniqlik kiritish yoki, aksincha, uni eskirgan va o’z ahamiyatini yo’qotgan deb topish
talab etiladi.
Bilish
jarayonida fandagi oqimlar, maktablar va ayrim nazariyalar o’rtasida qarama-
qarshiliklar yuzaga keladi. Bunday
qarama-qarshilik falsafada ham, masalan, «Demokrit
yo’nalishi» va «Platon yo’nalishi» o’rtasida mavjud. Insonning tashqi dunyoni to’liqroq va
aniqroq bilishga intilishi bilan buning uchun sub’yektiv va ob’yektiv chegaralar (inson
qobiliyatining cheklanganligi, fan va texnika rivojlanish darajasining
yetarli emasligi va
boshqalar) mavjudligi o’rtasidagi nomuvofiqlik odatdagi hol hisoblanadi. Faol va rivojlanuvchi
jarayon bo’lgan inson bilishi uchun qarama-qarshiliklarning mavjudligi tabiiy bir holdir.
Ularning
umumiy negizini amaliyot, ijtimoiy hayot tashkil etadi. Qarama-qarshiliklar amaliyot
jarayonida yangi
metodlar va dalillarni izlash, bilish sub’yektining intellektual qobiliyatini
takomillashtirish yo’li bilan yechiladi.
Dostları ilə paylaş: