kuchiga qarab, rang tuslarini, temperaturadagi o’zgarishlarni, narsalar va jarayonlardagi boshqa
farqlarni ancha aniq aks ettiradi. Sezish qobiliyatining yo’qolishi muqarrar tarzda ongning
yo’qolishiga olib keladi.
Sezishning ko’rish, eshitish, tebranish,
paypaslash, ob-havo, og’riq, muvozanat va
tezlashishni his etish, hid, ta’m bilish kabi umumiy organik turlari farqlanadi. Sezgilarning har
bir shakli o’zining ayrim ko’rinishi orqali materiya harakatining mazkur shakli va turi, masalan,
elektromagnit, ovozli tebranishlar, kimyoviy ta’sirlar va hokazolarning umumiy xossalarini aks
ettiradi.
Har qanday predmet juda ko’p har xil jihatlar va xossalarga egadir. Masalan, qand
bo’lagini olaylik: u qattiq, oq, shirin, ma’lum shakl, hajm va vaznga ega. Bu xossalarning
barchasi bir predmetda mujassamlashgan. Biz bu xossalarni
alohida-alohida emas, balki yaxlit
holda - qand bo’lagi sifatida idrok etamiz va tushunamiz. Binobarin, yaxlit obrazni idrok
etishning ob’yektiv negizini predmetning turli jihatlari va xossalari birligi va ayni vaqtda
ularning ko’p sonliligi tashkil etadi.
Sezgi a’zolariga bevosita ta’sir ko’rsatuvchi predmetlar, ularning xossalari va
munosabatlarini aks ettiruvchi yaxlit obrazni idrok etish deb ataladi. Insonning idrok etishi
narsalar, ularning xossalari va munosabatlarini tushunish va anglab yetishni o’z ichiga oladi.
Bunda inson o’zining har bir yangi taassurotini mavjud bilimlar tizimiga kiritadi. Sezish va idrok
etish inson tashqi dunyoga amaliy ta’sir ko’rsatishi
jarayonida, mehnatda, sezgi a’zolari faol
ishlashi natijasida amalga oshadi va rivojlanadi; masalan, harakatsiz ko’z narsalar rangini
farqlashga qodir emas.
Organizmning makroskopik, yaxlit narsalar va jarayonlar olamida mo’ljal olishga
bo’lgan ehtiyoji bizning sezgi a’zolarimizni shunday tashkil qilganki, biz narsalarni yaxlit holda
idrok etamiz. Aks holda hamma narsa harakatlanayotgan zarralar, molekulalar pardasiga
aylangan va biz narsalarlarning chegaralarini ko’rmagan bo’lur edik. Ko’rish a’zosi
organizm
hayotida muhim rol o’ynaydigan borliqdagi yorug’lik hodisalarini mumkin qadar yaxshiroq aks
ettirish yo’nalishida rivojlangan. SHu sababli ko’z tabiatda mavjud yorug’lik ta’sirida
yorug’likni qabul qilish, quloq - ovoz tebranishlarini farqlash uchun moslashgan va h.k. Sezgi
a’zolarining o’ziga xosligi, «fiziologik» idealistlar fikridan farqli, tashqi dunyoni to’g’ri bilishga
nafaqat monelik qilmaydi, balki, aksincha, narsalarning ob’yektiv xossalari aniqroq va to’liqroq
aks etishini ta’minlaydi.
Sezgi
– ob’yektiv dunyoning sub’yektiv obrazi, degan tamoyil sifatlarni birlamchi va
ikkilamchiga mexanik tarzda ajratishga qarshi yo’nalgan. Bu nuqtai nazardan birlamchi sifatlar
(shakl, hajm va h.k.) narsalarning ob’yektiv mavjud xususiyatlari in’ikosi hisoblanadi,
ikkilamchi sifatlar (rang, ovoz va h.k.) sof sub’yektiv xususiyat kasb etadi. Ayni bir sezgiga
narsalarning har xil xossalari mos kelishi mumkin: oq rang sezgisi ko’rish doirasidagi to’lqinlar
barcha uzunliklarining elektromagnit xossalari qorishmasini ham, qo’shimcha ranglar har qanday
juftligi (qizil va ko’k-yashil, sariq va safsar) qorishmasini ham aks ettiradi.
Bundan oq rang
to’lqin yoki narsa yuzasining ob’yektiv xossasi sifatida qaralishi mumkin emas, degan yanglish
xulosa chiqariladi. Qora rang to’lqin xossasi emas: uning sharti – ko’rish doirasida nurlanishning
yo’qligi. To’lqin yo’q narsa haqida axborot bera olmaydi. Bundan quyidagi soxta xulosa kelib
chiqadi: rang, hid – bu narsalarning xossalari emas, balki bizning sezgilarimizdir (E.Max);
«rang» so’zi bilan ruhiy kechinmalarning muayyan toifasi belgilanadi (V.Ostval’d). Dunyo esa
ovozsiz, bo’yoqlar va hidlardan xoli. Unda issiq ham, sovuq ham mavjud emas. Bularning
hammasi – faqat bizning sezgilarimiz.
Bu yerda masalaning ikki tomonini: sezgilar manbasi nimaligi va ularning
psixofiziologik mexanizmi qandayligini farqlash lozim.
Obrazning sifat jihatidan aniqligi predmetning sifat jihatidan aniqligini aks ettiradi.
Jismning tebranishi yoki ayni shu elektromagnit nurlarni tarqatishi jism tuzilishi, uning haroratisi
va boshqa xossalariga bog’liq bo’ladi. Masalan, har bir metall olovni o’z rangiga bo’yaydi; har
bir modda u yonayotgan gazga aylanganida o’z rangini kasb etadi. Qor ko’zimizga oq bo’lib
ko’ringani uchun oq emas, balki u amalda oq bo’lgani uchun ham biz uni shunday ko’ramiz.