Referat mavzu: Moliya tizimi va moliyaviy siyosat Bajardi: Qudratov Shahzod Tekshirdi: Qambarova. Sh. M. Toshkent 2023



Yüklə 83,11 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix26.12.2023
ölçüsü83,11 Kb.
#198513
növüReferat
Iqtisodiyot nazaryasi



O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY 
VA O'RTA MAXSUS TA'LIM 
VAZIRLIGI 
TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETI 
SHARQ MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI , SIYOSATI VA 
TURIZMI fakulteti 
________________________________________________ 
XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI VA
MAMLAKATSHUNOSLIK ( MALAYZIYA ) guruhi 
REFERAT 
Mavzu:
Moliya tizimi va moliyaviy siyosat 
Bajardi: Qudratov Shahzod 
Tekshirdi:Qambarova.Sh.M. 
TOSHKENT 2023 


Moliya tizimi va moliyaviy siyosat 
 
Reja: 
1.Moliya tizimi va moliyaviy siyosatning mazmuni va tamoyillari. 
2.Moliyaviy siyosatning asosiy yo’nalishlari. 
3.Hozirgi bosqichdagi moliya siyosati va uning o’ziga xos 
xususiyatlari 
1.Moliya tizimi va moliyaviy siyosatning mazmuni va tamoyillari. 
Moliyaviy boshqaruvning barcha tizimi davlatning moliyaviy 
siyosatiga asoslanadi. Shuning uchun ham moliyaviy siyosat 
moliyaviy boshqaruv tizimida eng asosiy element hisoblanadi. 
Moliyaviy siyosat davlatning moliyaviy munosabatlar sohasidagi 
mustaqil faoliyatidir. Bu faoliyat davlatning u yoki bu iqtisodiy va 
ijtimoiy rivojlanish dasturini amalga oshirish uchun tegishli moliyaviy 
resurslar bilan ta’minlashga qaratilgan. 
Ijtimoiy rivojlanish deyilganda faqatgina maorif, madaniyat, sog’liqni 
saqlash va boshqa ijtimoiy ehtiyojlarning rivojlanishi tushunilibgina 
qolmasdan jamiyatning ijtimoiy tuzilmasi ham tushuniladi. Shuning 
uchun ham moliyaviy siyosatni faqat iqtisodiy siyosatga bog’lab 
qo’yish maqsadga muvofiq emas. 


Siyosat davlat faoliyatining barcha yo’nalishlarini qamrab oladi. 
Siyosiy ta’sir ob’ekti hisoblangan ijtimoiy munosabatlar sohalariga 
bog’liq ravishda iqtisodiy yoki ijtimoiy, madaniy yoki texnikaviy, 
byudjet yoki kredit, ichki yoki tashqi siyosat to’g’risida gapiriladi. 
Moliyaviy siyosat o’z-o’zini bosib turuvchi mustaqil ahamiyatga ega 
bo’lib, bir vaqtning o’zida ijtimoiy faoliyatning har qanday sohasida 
davlat siyosatini amalga oshirishning muhim vositasi hisoblanadi. Bu 
erda uning iqtisodiyot, ijtimoiy soha, harbiy islohotlar yoki xalqaro 
munosabatlar bo’lishi printsipial ahamiyatga ega emas. 
Siyosat, siyosiy ta’sir va siyosiy rahbarlik quyidagi uch elementlardan 
tarkib topadi: 
Bosh maqsadni aniqlash va qo’yish hamda jamiyat hayotining 
ma’lum bir davriga xos qo’yilgan maqsadlarga erishish uchun 
echilishi zarur bo’lgan istiqboldagi va yaqin kunlardagi vazifalarni 
konkretlashtirish; 
-
yordamida qo’yilgan maqsadlarga qisqa muddatlarda 
erishiladigan, yaqin kunlardagi va istiqboldagi vazifalar esa 
oqilona tartibda hal qilinadigan munosabatlarning metodlari, 
vositalari va konkret shakllarini ishlab chiqish; 
-
qo’yilgan vazifalarni yechishga qodir bo’lgan kadrlarni tanlash 
va joy-joyiga qo’yish, ularning bajarilishini tashkil qilish. 


Demak, takror ishlab chiqarishning alohida ehtiyojlarini qondirish va 
uzluksiz takror ishlab chiqarish jarayonini moliyaviy resurslar bilan 
ta’minlash uchun ijtimoiy boylikni shakllantirish, taqsimlash va qayta 
taqsimlash jarayonlariga yo’naltiriladigan maqsad va vazifalarning 
echilishini aniqlashga moliyaviy siyosat deyiladi. 
Moliyaviy siyosatga quyidagicha boshqa ta’rif ham berish mumkin: 
moliyadan foydalanishning metodlari, uni tashkil qilishning amaliy 
shakllari va metodologik printsip-larining majmuiga (yig’indisiga) 
moliyaviy siyosat deyiladi. 
Ayrim hollarda moliyaviy siyosat davlatning o’z funktsiyalarini 
bajarishi uchun moliyaviy munosabatlardan foydalanish bilan bog’liq 
bo’lgan davlat organlarining ma’lum bir faoliyati sifatida talqin 
qilinadi. Bunday talqin o’zida bir necha xavfni mujassam etadi. 
Buning boisi shundaki, milliy xo’jalik taraqqiyotida davlatning roli 
to’g’risidagi jamiyatda hukmron bo’lgan tasavvurlarga muvofiq 
ravishda davlatning vazifalari va funktsiyalari ham o’zgaradi, 
transformatsiyalanadi. Masalan, mamlakat iqtisodiyotiga davlatning 
aralashuvi, aholi turmush darajasi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarini 
tenglashtirish va shunga o’xshash davlatning funktsiyalari va 
vazifalarini aniqlaydigan boshqa bir qancha masalalar hamon 
munozaraligicha qolmoqda. 
Buning ustiga, moliyaviy siyosatdan faqat davlatning funktsiyalarini 
bajarish vositasi (instrumenti) sifatida foydalanish davlat hokimiyat 


organlari, mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlari bilan moliya 
tizimining boshqa subyektlari, ya’ni aynan mamlakatning aholisi va 
xo’jalik yurituvchi subyektlari manfaatlari o’rtasida qarama-
qarshiliklarni keltirib chiqadi. 
Masalan, ko’plab mutaxassislar, shu jumladan, davlat hokimiyat 
organlarining vakillari tomonidan amaldagi soliq mexanizmining 
nosamarali ekanligi, biznesning ayrim sohalari uchun esa uning 
oqibati juda yomon natijalarga olib kelishi mumkinligi ilmiy va 
amaliy jihatdan asoslansa-yu, moliyaviy siyosat uzoq vaqt davomida 
o’zgarmasdan qolaversa, amalga oshiriladigan soliq islohotlari uning 
mohiyatini o’zgartirmasa, bunday holda davlatning moliyaviy siyosati 
davlat hokimiyatining tegishli organlari tomonidan faol ravishda 
hayotga tadbiq etilayotgan alohida shaxslar guruhining moliyaviy 
siyosatiga aylanadi, qoladi. 
Yuqorida bayon qilinganlardan quyidagi uch mantiqiy xulosa kelib 
chiqadi: 
-
birinchidan, moliyaviy siyosat faqat o’z manfaatlarini ko’zda 
tutadigan hokimiyat organlarining u yoki bu maqsadlarga 
erishishining instrumenti emas, balki jamiyatning ijtimoiy-
iqtisodiy vazifalarini yechish vositasi bo’lishi kerak; 
-
ikkinchidan, davlatning moliyaviy siyosati faqat davlat 
hokimiyat organlarining emas, balki moliya tizimi barcha 
subyektlarining manfaatlarini hisobga olishi lozim; 


-
uchinchidan, davlat moliyaviy siyosati va davlat hokimiyat 
organlarining moliyaviy siyosatini farqlash zarur. 
Shunday qilib, davlat moliyaviy siyosatini mamlakat moliya 
tizimining barcha bo’g’inlarida moliyaviy resurslarning o’sishini 
balanslashtirilgan (mutanosib-lashtirilgan) holda ta’minlash bo’yicha 
davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining bir qismi sifatida qarash kerak. 
Xorijiy tajribalarning ko’rsatishicha, moliyaviy resurslarning 
balanslashtirilgan (mutanosiblashtirilgan) holda o’sishining 
zarurligini inkor etish mamlakat moliya tizimining o’zini 
degradatsiyalashuviga, iqtisodiyotning emirilishi va vayron bo’lishiga 
olib keladi. 
Moliyaviy siyosatning o’ziga xos bo’lgan eng asosiy xususiyati 
shundan iboratki, bu siyosat mamlakat ishlab chiqaruvchi 
kuchlarining rivojlanishiga va iqtisodiy muvaffaqiyatlarga uzluksiz 
ravishda ta’sir ko’rsatib turishga yo’naltirilgan bo’lishi kerak. Bunday 
siyosat aholining turmush farovonligi ta’minlab va davlat 
daromadlarining manbaini ko’paytirib, moliyaviy xo’jalikka nisbatan 
eng yuqori natijalarni berishi mumkin. Moliyaviy siyosatning ana 
shunga yo’naltirilganligi orqali uning quyidagi eng asosiy maqsadini 
aniqlash mumkin: jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, aholi 
turmushining darajasi va sifatini oshirish uchun moliyaviy sharoitlarni 
yaratish moliyaviy siyosatning eng asosiy maqsadidir. 


Agar gap korxonalarning moliyaviy siyosati xususida ketadigan 
bo’lsa, bu narsa korxona moliyaviy menejer-larining biznesni yuritish 
maqsadlariga erishish borasidagi maqsadga yo’naltirilgan faoliyatini 
anglatadi. Korxona moliyaviy siyosatining maqsadi quyidagilardan 
iborat bo’lishi mumkin: 

raqobat kurashi sharoitida korxonaning sog’lom hayot 
kechirishiga (faoliyat ko’rsatishiga) erishish; 

yirik moliyaviy muvaffaqiyatsizliklardan va bankrotga 
(kasodga) uchrashdan qochib qutilish; 

raqobatchilar bilan kurashda etakchilikka (lider bo’lishga) 
erishish; 

korxonaning bozor qiymatini maksimallashtirish; 

korxona iqtisodiy salohiyatining o’sish sur’atlarini barqaror 
o’stirish; 

ishlab chiqarish va realizatsiya hajmini oshirish; 

foydani maksimallashtirish; 

xarajatlarni minimallashtirish; 

rentabelli faoliyatni ta’minlash 
Korxona moliyaviy siyosatining u yoki bu maqsadlaridagi ustuvorlik, 
eng avvalo, biznesni yuritishning maqsadlariga muvofiq ravishda 
aniqlanadi. Qo’yilgan maqsadlarga erishish uchun tegishli moliyaviy 
mexanizmdan foyda- laniladi. 


Moliyaviy siyosat moliyaning o’zida (boshqaruv ob’ektlarida) 
bevosita mujassam bo’lgan boshqaruvning salohiyatli imkoniyatlarini, 
ishning konkret metodlari, moliya tizimining (boshqaruv subyektlari) 
organlarini tashkil qilish bilan yagona joyga bog’lashga imkon beradi. 
Dunyoning barcha mamlakatlarida moliyaviy siyosat moliya tizimi 
orqali amalga oshirilib, uning faoliyati quyidagi printsiplar asosida 
quriladi: 
-
moliya tizimi bo’g’inlarining o’ziga xos bo’lgan xususiyatlarini 
inobatga olib moliyaviy boshqaruvni amalga oshirish; 
-
barcha moliyaviy muassasalar funktsiyalarining umumiyligi; 
-
barcha quyi boshqaruv organlarining faol ishtirokida markazdan 
umumiy boshqarish. 
Moliyaviy siyosatni amalga oshirishning (o’tkazishning, hayotga 
tatbiq etishning) asosiy metodologik printsiplari quyidagilardan 
iborat: 
-
pirovard maqsadga bog’liqlik; 
-
xo’jalik barcha tarmoqlarining makroiqtisodiy 
balanslashtirilganligi (muvozanatliligi, mutanosibligi); 
-
jamiyat barcha a’zolarining manfatlariga muvofiqligi (mos 
kelishi); 
-
real (haqiqiy) imkoniyatlar asosida ichki va tashqi iqtisodiy 
sharoitlarni hisobga olish. 


Moliyaviy siyosatning amalga oshirilishini davlat tomonidan o’z 
funktsiyalari va dasturlarini (uzoq, o’rta va qisqa muddatli) bajarish 
uchun moliyaviy resurslarni mobilizatsiya qilish (jalb qilish), ularni 
taqsimlash va qayta taqsimlashga yo’naltirilgan davlat tadbirlarining 
majmui ta’minlaydi. Bu tadbirlarning orasida moliyaviy 
munosabatlarning shakllari va normalarini huquqiy reglamentatsiya 
qilish (tartibga solish) muhim o’rin egallaydi. 
O’z-o’zidan moliyaviy siyosat yaxshi yoki yomon bo’lishi mumkin 
emas. Uning yaxshi yoki yomon ekanligi jamiyatning (yoki uning 
ma’lum bir qismining) manfaatlariga qanchalik muvofiqligi va 
quyilgan maqsadlarga erishish hamda aniq vazifalarning echilishiga 
qanchalik ta’sir ko’rsatganligi bilan belgilanadi. 
Hukumatning moliyaviy siyosatiga baho berish uchun va uni 
o’zgartirish (korrektirovka qilish) bo’yicha rekomendatsiya (tavsiya) 
berish uchun, birinchi navbatda, butun jamiyat manfaatlari va 
aholining alohida guruhlari manfaatlarini ajratgan (taqsimlagan) holda 
jamiyat taraqqiyotining aniq dasturiga, echilishi lozim bo’lgan 
masalalarning muddatlari va metodlarini aniqlagan holda istiqboldagi 
va yaqin yillardagi vazifalarning tavsifiga ega bo’lmoq lozim. Faqat 
ana shunday sharoitdagina moliyaviy siyosatni amalga oshirishning 
konkret mexanizmini ishlab chiqish va unga ob’ektiv (xolisona) baho 
berish mumkin. 
Agar moliyaviy siyosat ijtimoiy taraqqiyotning ehtiyojlarini, jamiyat 
butun qatlamlarining va alohida guruhlarining manfaatlarini, konkret 


tarixiy sharoitni va hayotning o’ziga xos xususiyatlarini qanchalik 
ko’p (yuqori darajada) hisobga oladigan bo’lsa, uning natijaliligi 
shuncha yuqori bo’ladi. 
Bir vaqtning o’zida, moliyaviy siyosatning muvaffaqiyatliligi 
(muvaffaqiyati) muvofiqlashtirish mexanizmining sifatli ishlab 
chiqarilishiga va jamiyat turli qatlamlari manfaatlarining amalga 
oshirilishiga hamda davlatning ixtiyorida bo’lgan ob’ektiv 
imkoniyatlarning mavjudligiga, ya’ni jamiyat ijtimoiy tuzilmasidagi 
hamda ijtimoiy ong va psixologiya holatidagi o’zgarishlarni hisobga 
olgan holda moliyaviy siyosatning amalga oshirilishiga, ayrim 
hollarda, bir-biriga qarama-qarshi ta’sir ko’rsatuvchi omillarning 
ta’siridan har tomonlama foydalanish mexanizmining ishlab 
chiqilishiga bevosita bog’liq. 
Moliyaviy siyosat, eng avvalo, moliyaviy resurslarning maksimal 
hajmini shakllantirishga yo’naltirilgan (qaratilgan) bo’lishi kerak. 
Chunki aynan moliyaviy resurslar har qanday o’zgarishlarning 
moddiy asosini tashkil etadi. Shunga muvofiq ravishda moliyaviy 
siyosatni aniqlash va uni shakllantirish uchun davlatning moliyaviy 
ahvoli to’g’risida ishonchli ma’lumotlar zarurdir. Huquqiy 
demokratik davlatda moliyaviy statistikaning ko’rsatkichlari keng 
jamoatchilikka ham tegishli bo’lishi kerak. Moliyaviy hisobotlar esa 
doimiy, o’z vaqtida beriladigan, hamma olishi mumkin bo’lgan va 
eng asosiysi ishonchli bo’lmog’i lozim. 


Moliyaviy siyosatning mazmuni u qamrab olishi mumkin bo’lgan 
moliyaviy munosabatlar rivojlanishi yo’nalish-larining umumiy 
kompleksi bilan belgilanadi. Ularning tarkibiga quyidagilar kirishi 
mumkin: 
-
moliyaviy siyosatning umumiy kontseptsiyasini (uning 
maqsadlarini, printsiplarini, vazifalarini, amalga oshirish 
bosqichlarini va eng samarali metodlarini) ishlab chiqish; 
-
makrodarajada va bozor iqtisodiyotining subyektlari darajasida 
iqtisodiy o’sishni rag’batlantiradigan bozor iqtisodiyotining 
rivojlanishiga mos (adekvat) bo’lgan dinamik holdagi moliya 
mexanizmini shakllantirish; 
-
markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan resurslar va 
moliyaviy oqimlarning samarali boshqarilishini oshirish 
bo’yicha choralar tizimini ishlab chiqish va amalga oshirish; 
-
ijtimoiy takror ishlab chiqarish va iqtisodiyotni istiqbolli 
restrukturizatsiya qishlishdagi roliga muvofiq ravishda ijtimoiy 
iqtisodiy tizimning barcha darajalari va sohalari bo’yicha 
moliyaviy resurslarni oqilona (optimal) taqsimlashni tashkil 
qilish; 
-
iqtisodiy o’sishning joriy va istiqboldagi moliyaviy salohiyatini 
shakllantirish. 
Shuningdek, moliyaviy siyosatning mazmuni, uning asosiy 
yo’nalishlari jamiyat taraqqiyotida davlatning roli to’g’risidagi 


fanning rivojlanish darajasiga va iqtisodiyotni boshqarishda davlat 
ishtirokining darajasini aniqlaydigan tegishli nazariy 
kontseptsiyalarga, moliyaviy siyosatni amalga oshirishning alohida 
instrumentlaridan foydalanishda, ya’ni moliyaviy munosabatlarni 
tashkil etishning konkret shakllarida namoyon bo’ladi. Shunga asosan 
ta’kidlash joizki, yigirmanchi yuz yillikda jamiyatning taraqqiyotida 
davlatning roli to’g’risidagi masala bo’yicha moliya nazariyasining 
asosiy yo’nalishlari mumtoz burjuaziya siyosiy iqtisodchilari A.Smit 
(1723-1780) va D.Rikardo (1772-1823) hamda ingliz iqtisodchisi 
J.Keyns (1883-1946) va ularning izdoshlari tomonidan aniqlangan. 
Mumtoz siyosiy iqtisod asoschilari bo’lgan A.Smit va D.Rikardolar 
kontseptsiyalarining mohiyati shundan iboratki, davlat iqtisodiyotga 
aralashmasdan erkin konkurentsiyani (raqobatni) saqlamog’i lozim va 
jamiyat xo’jalik hayotini tartibga solishda asosiy rol bozor 
mexanizmlariga ajratilishi (berilishi) kerak. Ana shu printsiplarni 
inobatga olgan holda yigirmanchi yuz yillikning 20-yillari oxiriga 
qadar moliyaviy siyosat davlat xarajatlari va soliqlarni cheklashga, 
davlatning muvozanatli (balans-lashtirilgan) byudjetini ta’minlashga 
qaratildi. Shu maqsadlarga muvofiq ravishda moliyaviy 
munosabatlarni tashkil etish, asosan, harbiy, boshqaruv va davlat 
qarzini qaytarish hamda unga xizmat qilish xarajatlarini byudjetdan 
moliyalashtirish orqali davlat funktsiyalarining amalga oshirilishini 
ta’minladi. Byudjet daromadlari esa, asosan, egri (bilvosita) soliqlar 
yordamida (hisobidan) shakllantirildi. 


XX asrning 20-yillari oxirlaridan boshlab keynschilik nazariy 
kontseptsiyasi ustunlik qila boshlab, unga ko’ra iqtisodiyot 
taraqqiyotida davlatning rolini takror ishlab chiqarish jarayonining 
tsiklik rivojlanishiga aralashish va uni tartibga solish orqali 
kuchaytirish zarurligi asoslandi. Bunday moliyaviy siyosatni amalga 
oshirishning asosiy instrumenti sifatida yangi ish joylarini yaratishga 
yo’naltirilgan davlat xarajatlari maydonga chiqdiki, bu narsa bir 
vaqtning o’zida bir necha iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarning 
echilishiga imkon berdi: aholining bandlik darajasi ortdi va aksincha, 
ishsizlik kamaydi; tadbirkorlik faoliyati o’sdi; qo’shimcha talab 
shakllantirildi; MD ko’paydi (ortdi); ijtimoiy ehtiyojlarni 
moliyalashtirishda katta imkoniyatlar paydo bo’ldi va h.k. 
Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi Davlat byudjeti xarajatlarining 
oshishiga olib keldi va shunga muvofiq ravishda bir vaqtning o’zida 
davlat daromadlarining oshirilishini ta’minlashga qaratilgan 
moliyaviy choralar ko’rildi. Daromad solig’i davlat daromadlarini 
oshirishning asosiy manbaiga aylandi. Uni hisoblashda soliqqa 
tortishning progressiv stavkalari qo’llanildi. Soliqlarning bunday 
tizimi MDni taqsimlashda davlatning rolini oshirishga olib keldi. 
Moliyaviy yo’nalishda har ikkala nazariy kontseptsiyalar o’rtasidagi 
farq mohiyatan byudjet defitsitini turli xilda (ravishda, tarzda) 
baholanishi bilan belgilanadi. Agar birinchi kontseptsiya defitsitsiz 
byudjetni shakllantirish va undan foydalanishning zarurligidan kelib 
chiqqan bo’lsa, ikkinchi kontseptsiya esa byudjet defitsitining bo’lishi 


mumkinligiga yo’l qo’ygan va buning ustiga iqtisodiy o’sishni 
rag’batlantirishda byudjet defitsitiga faol rol ajratgan. 
Haqiqatdan ham XX asrning 30-60-yillarida keynscha moliyaviy 
siyosat deb nom olgan siyosat g’arb mamlakatlarida o’zining 
samaradorligini isbotladi. Davlat iqtisodiyotga aralashuvining 
kengayishi va davlat tartibga soluvchi funktsiyasining kuchayishi 
oqibatida moliyaviy munosa-batlarni tashkil qilish murakkablashdi. 
Davlat xarajatlarini defitsitli moliyalashtirish siyosati davlat 
kreditining rivojlanishini belgilab berdi. Uzoq va o’rta muddatli 
qarzlarni jalb etish ssuda kapitallari bozorining rivojlanishiga olib 
keldi va o’zining ahamiyati bo’yicha davlat moliyaviy resurslarini 
shakllantirishning ikkinchi manbaiga aylandi. Buning natijasida MDni 
qayta taqsimlashda moliyaning roli yanada kuchaydi. 
XX asrning 70-yillarida iqtisodiy nazariyaning neoklassik yo’nalishi 
moliyaviy siyosatning o’ziga xos bo’lgan xususiyatlarini belgilab 
berdi. Bu kontseptsiya davlatning tartibga soluvchi rolidan voz 
kechmasa-da, lekin uning iqtisodiyotga va ijtimoiy sohaga aralashuvi 
darajasini biroz chekladi. Amalda esa davlatning aralashuvi 
kamaymadi va aksincha biroz kuchaydi. Chunki bunday aralashuv 
endilikda faqat Davlat byudjetining daromadlari va xarajatlari orqali 
amalga oshirilib qolinmasdan, balki pul muomalasini, valyuta kursini, 
ssuda kapitallari va qimmatli qog’ozlar bozorini ham tartibga solish 
orqali sodir etildi. Buning natijasida davlatning ta’sir doirasi kengaydi 
va kapitallar oqimida uning roli kuchaydi. Bularning barchasi 


taraqqiyotning qayta qurilish tuzilmasiga va ijtimoiy omillariga 
o’zining ta’sirini ko’rsatdi. 
Hozirgi paytda rivojlangan mamlakatlarning moliyaviy siyosati 
zamonaviy nazariyalar ostida bo’lib, bu nazariyalar amalda tartibga 
solish ikki tizimining konvergentsiyasidan (qo’shilib ketganligidan, 
aralashuvidan) iborat. Shunga muvofiq ravishda ayrim davlatlar 
davlat tomonidan tartibga solishning ham keynschilik va ham 
neokeynschilik tizimining turli-tuman elementlaridan foydalanadilar. 
Sovet davlatida va ijtimoiyistik orientatsiyada (yo’nalishda) bo’lgan 
barcha mamlakatlarda moliyaviy siyosat K.Marks (1818-1881) va 
V.I.Leninning (1870- 1924) nazariy kontseptsiyalari ta’sirida 
shakllandi. Ijtimoiyistik davlatning mohiyati va funktsiyalari haqidagi 
markscha-lenincha nazariya sovet davlati moliyaviy siyosatining 
asosiy printsipini - moliyaviy markazlashtirishni - belgilab berdi. 
Faqat davlatning ixtiyorida moliyaviy resurslar katta qismining 
to’planishinigina (kontsentratsiya qilinishinigina) emas, balki 
moliyaviy munosabatlarni tashkil etishda davlatning monopolligini 
(yakka hokimligini) ko’zda tutivchi moliyaviy markazlashtirish 
zaruriyatga aylandi. Chunki davlatning funktsiyalari shu qadar 
kengaytirildiki, ularning eng asosiylari xo’jalik- tashkilotchilik va 
madaniy-tarbiyaviy funktsiyalar bo’lib qoldi. 
Sovet davlati iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning ehtiyojlarini byudjetdan 
to’liq moliyalashtirdi. Jamiyat taraqqiyotini ta’minlashda davlatning 
roli keskin oshdi. Chunki iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning davlat 


rejalari yordamida u ijtimoiy faoliyatning barcha sohalariga bevosita 
rahbarlik qildi. Bu, albatta, xususiy mulk shakllarining davlat 
(umumxalq) mulkiga aylanishi bilan belgilanadi. Shunga muvofiq 
ravishda davlat MDni qayta taqsimlashning soliq shakllaridan ishlab 
chiqarish sohasida to’g’ridan-to’g’ri taqsimlashga va Davlat byudjeti 
orqali qayta taqsimlashga o’tdi. 
Moliyaviy markazlashtirish yana shunda namoyon bo’ldiki, davlat 
bevosita va monopol ravishda baholarni shaklantirish, pul muomalasi, 
hisob-kitoblar tizimi va kredit munosabatlarini ham tartibga soldi. 
Shunday qilib, boshqaruv tizimini barcha qiymat elementlari butun 
ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarib turuvchi yagona ma’muriy-
buyruqbozlik tizimiga amalda birlashtirildi. 
Bunaqangi moliyaviy siyosat bir ijtimoiy munosabatlar tizimidan 
insoniyat tarixi uchun mutlaqo yangi bo’lgan ikkinchi ijtimoiy 
munosabatlar tizimiga o’tilishini, sovet davlati oldida turgan va 
faoliyatining turli bosqichlarida vujudga kelgan ijtimoiy-iqtisodiy 
muamolarning echilishini kafolatladi. Bu moliyaviy siyosatni yetarli 
darajada samarali bo’lgan moliyaviy siyosat deyish mumkin. Chunki 
chor Rsssiyasidan, Fuqarolar urushidan, chet el harbiy 
interventsiyasidan meros bo’lib qolgan favquloddagi murakkab 
moliyaviy vaziyatga qaramasdan fashistlar Germaniyasi bilan urush 
arafasida Sovet davlati yetarli darajada kuchli iqtisodiy salohiyatni 
yaratishga muvaffaq bo’ldi, urushda g’alaba qozondi va qiyosiy qisqa 
muddatlarda urushdan vayron bo’lgan xalq xo’jaligini tikladi. 


2 Jahon urushidan keyingi yillarda Sovet davlatining moliyaviy 
siyosati g’arb mamlakatlari va eng avvalo, AQSh bilan qurollanish 
poygasi va kosmosni rivojlantirishdagi musobaqani (raqobatni) 
moliyaviy jihatdan ta’minlashga qaratildi. 
Bir vaqtning o’zida ijtimoiyistik lager mamlakatlariga juda katta 
miqdordagi moliyaviy yordamlar ko’rsatildi: 
-
ularning taraqqiyotida ijtimoiyistik orientatsiyani (yo’nalishni) 
ta’minlash uchun; 
-
ijtimoiyistik mamlakatlarni sanoati rivojlangan mamlakatlarga 
aylantirish uchun; 
-
kuchli harbiy ittifoqchilarni shakllantirish va umuman mudofa 
qobiliyatini mustahkamlash uchun. 
Bu maqsadlarga erishish uchun xom-ashyo bazasini va eng avvalo, 
neft va gaz qazib chiqarishni yuqori tezlashtirilgan sur’atlarda 
rivojlantirish talab etildi. Yangi qazilma-boyliklarini o’zlashtirish 
(ularning geografiyasi shimoli-sharq tomonga qarab kengaya 
boshladi) juda katta miqdordagi moliya resurslarning bo’lishini taqoza 
etdi. Chunki bu narsalar faqatgina yangi hududlarni o’zlashtirish, 
o’sha tumanlarga ishchi kuchining migratsiyasining (mehnatga haq 
to’lashning oshirilgan normalari bilan birgalikda) zarurligi bilan 
kuzatilmasdan, balki neft va gaz quvurlarini qurish bilan birgalikda 
davom etdi. Xalqaro bozorda neft va gazning bahosi yuqori bo’lib 
turgan paytlarda ularni eksport qilish xarajatlarni ma’lum darajada 


qoplagan edi. Shunday bo’lishiga qaramasdan, bunday moliyaviy 
siyosatni amalga oshirish MDni tegishli tarzda qayta taqsimlanishini 
talab qildi. Buning natijasida mamlakatda harbiy-sanoat kompleksi 
taraqqiy etgan bir tomonlamali iqtisodiyot yaratildi. 
Davlat tomonidan belgilangan maqsadlar nuqtai-nazaridan urushdan 
keyingi davrning moliya siyosati va uni amalga oshirish choralarini 
nosamarali deb aytish unchalik to’g’ri bo’lmaydi. Hukumat 
dasturlarida aholi turmush darajasi oshganligining deklaratsiya 
qilinganligi, albatta, bu boshqa narsa. Shunday bo’lishiga qaramasdan 
aholining turmush darajasi mehnatga haq to’lashning darajasiga va 
qishloq xo’jaligi, oziq-ovqat va engil sanoat, fuqarolik qurilishi va 
iste’mol predmetlari ishlab chiqaruvchi tarmoqlarning rivojlanish 
darajasiga bog’liq. Agar harbiy-sanoat kompleksida (mamlakat 
aholisining kattagina qismi shu sohada band edi) mehnatga haq 
to’lashning darajasi qiyosiy jihatdan yuqoriroq bo’lishiga 
qaramasdan, hatto unga band bo’lgan aholi ham o’zining iste’mol 
talablarini qondirish imkoniyatiga ega emas edi. Shuning uchun ham 
iste’mol bozorining rivojlanishida ortda qolish urushdan keyingi 
davrda sovet davlati moliya siyosatining samaradorligini salbiy 
baholashning sababidir. 
Moliyaviy siyosatni ishlab chiqishda moliyaviy resurslarni taqsimlash 
va qayta taqsimlashning negizida quyidagilarning yotishi printsipial 
ahamiyatga egadir: 


-
taqsimlash munosabatlarining subyektlarini tanlash, ya’ni 
moliyaviyresurslarning egalari va taqsimlovchilarini tanlash; 
-
yuridik shaxslar va aholining o’z ehtiyojlarini qondirishdagi 
mustaqillik darajasi va davlatning funktsiyalariga bog’liq 
ravishda davlat ixtiyoridagi moliyaviy resurslarning 
markazlashtirilish darajasini aniqlash; 
-
birinchi darajali ijtimoiy ehtiyojlar va ularni qondirish 
choralarini aniqlash va shularga mos ravishda moliyaviy 
resurslardan foydalanishning ustuvor yo’nalishlarini belgilash; 
-
moliyaviy resurslarni shakllantirishning manbalari va 
metodlarini tanlash. 
Moliyaviy siyosat ko’p o’lchamli(dir) tushuncha hisoblanadi. Agar 
umumiy holda uning sohasi jamiyat taraqqiyotining alohida 
bosqichlarida hukmronlik qilgan nazariy kontseptsiyalardan kelib 
chiqqan holda iqtisodiy va ijtimoiy sohalarni boshqarishda davlatning 
ishtirok etish parametrlari bilan aniqlansa, uning qiymat 
munosabatlarining elementlari bo’yicha differentsiatsiya qilinishi 
(tabaqalanishi) moliya tizimining rivojlan-ganligiga va uning ayrim 
(alohida) bo’g’inlarining mustaqilligiga bog’liq bo’ladi. 

Yüklə 83,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin