R. H. Ayupov va G. R. Boltaboeva



Yüklə 431,88 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/37
tarix26.12.2023
ölçüsü431,88 Kb.
#198545
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   37
Rauggnit 
kompaniyasi bosh direktori P’yer Nuaza o’z fikrini aytib o’tgan: “Bitkoinning 
narxi biror bir davrdagi hamjamiyatning uni qanday qabul qilishi bilan aniqlanadi. 
Bu jihatdan u dollarga ham o’xshab ketadi – 1973 yilgacha dollar oltin bilan 
ta’minlangan edi, bu esa kursning balandligini ta’minlar berar edi, keyin esa dunyo 
hamjamiyati uni (
ya’ni, endi oddiy qog’ozni
) oltin ekvivalenti deb qabul qildi va bu 
dollarning real kursi va to’lov vositasi sifatidagi ahamiyati keskin tushib ketishiga 
olib keldi”. Xuddi shularni nazarda tutgan holda blokcheyn ixtirochisi Satoshi 
Nakomoto bitkoin protokoliga 21 million dona bitkoin chiqarilishi mumkinligini 
qoida sifatida kiritib qo’ydi. Bu ish bitkoinni inflayatsiyadan himoya qilish 
maqsadida qilingan edi. Quyida bitkoin birliklarini keltirib o’tamiz: 
1 bitkoin = 1000 millibitkoin=1 000 000 mikrobitkoin=100 000 000 satoshi 
Shunday qilib, uzatilishi mumkin bo’lgan eng kam miqdor 0,00000001 bitkoin 
bo’lib, uni ixtirochisi sha’niga “
satoshi
” deb atashgan.Bitkoin blokcheynida yangi 
tranzaktsiya qo’shish va buning natijasida yangi bitkoin yaratish uchun mayning 
deb nomlanadigan konsensusni amalga oshirishingiz kerak bo’ladi. Bu esa alohida 


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
insonlar tarmoqdagi o’z hizmatlari uchun mukofotlanishlari mumkinligini 
anglatadi. Maynerlar tranzaktsiyalar bilan ishlaydilar hamda tarmoqning 
havfsizligini mahsus qurilmalar yordamida ta’minlab turadilar va buning evaziga 
yangi bitkoinlarga ega bo’ladilar.Shunday qilib, ba’zi foydalanuvchilar (
tugunlar

blokcheyndagi tranzaktsiyalarning havfsizligini ta’minlash, uni saqlash va 
verifikatsiya qilish uchun o’z hisoblash quvvatlarini ishlatadilar. Lekin ishga tushib 
ketgan minglab maynerlarning bittasigina eng avval yechimni topadi va buning 
uchun bitkoin bilan mukofotlanadi, ya’ni, g’olib hammasiga ega bo’ladi. Shunday 
qilib, tarmoqda tasdiqlangan va qayd qilingan bo’lish uchun har bir blok 
mashinaviy va algoritmik consensus natijasi bo’lishi lozim. Xuddi shu jarayon 

Yüklə 431,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin