Xirurgik kasalliklar



Yüklə 10,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə343/363
tarix02.01.2022
ölçüsü10,99 Mb.
#1636
1   ...   339   340   341   342   343   344   345   346   ...   363
 

Diagnostikasi 

O’tkir  peritonit  bilan  xastalangan  bemorlarni  tekshirish  muntazam,  har 

tomonlama  bo’lishi  va  kasallik  anamnezi,  shikoyatlar,  ob’ektiv  ko’rik, 

paypaslash, auskultatsiya va perkussiya natijalarini o’rganishni o’z ichiga olishi, 

klinik va biokimyoviy tekshirishlar o’tkazishni talab etadi.  

Kasallik  anamnezini  sinchiklab  o’rganish  to’g’ri  tashxis  qo’yish,  o’z 

vaqtida va asoslangan davolashda 1-darajali ahamiyatga ega. Anamnezga avvalo 

kasallikning  asosiy  belgilari  to’g’risidagi  aniq  ma’lumotlarni,  bemorning 

jarrohlik  bo’limiga  yotqizilguncha  qadar  qo’llanilgan  davo  chora-tadbirlarini 

aniqlash lozim bo’ladi. 

Qorin  bo’shlig’i  a’zolarining  o’tkir  xirurgik  kasalliklarining  asosiy 

belgilaridan  biri  og’riq  bo’lib,  uning  joylashuvi,  kuchi,  xarakterini  aniqlash 

muhim  hisoblanadi.  Bemor  umumiy  holatining  yomonlashuvi  bilan  o’tadigan, 

qorinda qattiq og’riq paydo bo’lishi, qorin bo’shlig’idagi jiddiy tahdiddan darak 

beruvchi  himoya  belgilardan  biri  hisoblanadi.  Peritonit  diagnostikasida  qayt 

qilish,  uning  mahsuloti  yoki  tarkibi,  necha  martaba  qaytalanishini  aniqlash 

alohida o’rin tutadi.  

Tilni tekshirish asosiy omillaridan biri hisoblanib, organizmda suyuqlikning 

depolanishi,  degidratatsiya  rivojlanayotganiga  bog’liq  bo’ladi.  Peritonitda  til 

«cho’tka» singari quruq bo’lishi kuzatiladi. 




 

553 


Peritonit diagnosikasida qorinni tekshirish muhim ahamiyatga ega. Qorinni 

ko’zdan  kechirishda,  odatda  bemorning  shakoyatiga  alohida  ahamiyat  berilib, 

ichga  botgan  yoki  shishganligi,  nafas  olish  jarayonida  ishtiroki,  teri 

qoplamlarining  ranggini  o’zgarishiga  alohida  ahamiyat  beriladi.  Qorin  devori 

harakatlanishining asosiy yallig’lanish o’chog’i sohasida harakatlanishi, boshqa 

sohalardagidan  ko’proq  cheklanganligi  qayd  etiladi.  Yuzaki  paypaslab 

ko’rilganda  yallig’langan  parietal  qorin  pardasiga  tegishli  sohada  qorin  oldi 

devori  mushaklarining  himoya  taranglashuvi  aniqlanadi.  Mushak  himoyasi, 

ayniqsa  kavak  a’zolar  perforatsiyasida  aniq  («taxtasimon  qorin»)  ifodalangan 

bo’ladi.  Ushbu  belgi  yallig’lanish  jarayoni  kichik  chanoq  bo’shlig’ida 

joylashganida  yoki  qorinning  orqa  devori  parietal  pardasi  shikastlanganda 

kamroq  namoyon  bo’lishi  mumkin.  Birinchi  holatda,  peritonit  diagnostikasida 

rektal  tekshirish  qimmatli  ma’lumot  beradi.  Bunda  to’g’ri  ichak  oldingi 

devorining  ekssudat  yig’ilishi  hisobiga  osilib  qolganini,  to’g’ri  ichak  devorini 

bosilganda  og’riq  bo’lishini  aniqlash  mumkin.  Ayollarda  vaginal  tekshirishda, 

qin  orqa  gumbazining  osilganini,  bachadonning  bo’yin  qismi  silanganda 

og’riqning  bo’lishini  aniqlash  mumkin.  Qorin  devorining  orqa  qismi 

yallig’lanishi  belgilarini  topish  uchun,  shu  soha  mushaklarining  tonusini 

aniqlash lozim bo’ladi.  

Qorin perkussiyasi pnevmoperitoneum borligi, qorinda qon yig’ilgani yoki 

ekssudat  birligini  aniqlashga  imkon  beradigan  tekshirish  usuli  hisoblanadi. 

Perkussiyada yallig’langan qorin pardasining tegishli sohasidagi og’riqni, ichak 

parezi  hisobiga  yuqori  timpanit  tovushini,  shuningdek  qorinning  biror  sohasida 

ko’p  miqdorda  ekssudat  yig’ilganda  perkutor  tovushning  tumtoqlashganini 

aniqlash mumkin.  

Auskultatsiyada peristaltika shovqinlarining yo’qligi paralitik ichak tutilishi 

mavjudligidan dalolat beradi. Paralitik ichak tutilishi oqibatida, odatda tarkibini 

ichakda yig’ilgan suyuqlik tashkil etgan takroriy qayt qilishlar, hiqichoq tutishi 

qayd  etilib,  bular  diafragma  nervi  ta’sirlanishidan  dalolat  beradi.  Ich  kelmay 

qolishi va elning chiqmay qolishi kasallikka xos belgilardan hisoblanadi.  




 

554 


Bemorning  tashqi  ko’rinishiga,  yurak-qon  tomirlar  sistemasi,  nafas  olish 

a’zolari  faoliyatini  tekshirishga,  shuningdek  tana  haroratini  o’lchashga  katta 

ahamiyat  beriladi,  bular  tashxis  qo’yishda  qo’shimcha  ma’lumotlar  berishi 

mumkin.  Qon  analizida  yuqori  darajadagi  leykotsitoz,  himoya  kuchlar 

pasayganida leykopeniya bilan almashinishi mumkin. Suv-elektrolit muvozanati, 

kislota-ishqor holatining buzilishlari yuqori darajalargacha chiqadi.  

Elektrokardiografiyada 

(EKG) 


miokardning 

toksemiya 

hisobiga 

zararlanishiga,  va  elektrolitlar  muvozanatining  buzilishlariga    (gipokaliemiya) 

xos  belgilar  paydo  bo’ladi.  Koagulogrammada  disseminatsiyalangan  tomir 

ichida ivish sindromi (DVS-sindrom) belgilari aniqlanadi. Bu esa o’z navbatida 

mikrotsirkulyatsiyani  buzadi,  kasallik  kechishini  og’irlashtiradi.  Bu  noxush 

omillarining  barchasi  hayotiy  muhim  a’zolar  va  sistemalar  faoliyatining 

dekompensatsiyasiga  olib  keladi,  yurak-qon  tomirlar,  nafas  olish  sistemasi  va 

jigar-buyrak etishmovchiligini rivojlantiradi. 

O’tkir  peritonitni  diagnostikasida  foydalaniladigan  instrumental  (asbob-

uskuna yordamida) tekshirish usullarini 2 guruhga bo’lish mumkin. 




Yüklə 10,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   339   340   341   342   343   344   345   346   ...   363




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin