Peritonitning reaktiv bosqichi (yallig’lanishda dastlabki 24 soat,
perforativ peritonitda 12 soat) – ko’proq mahalliy belgilar yuzaga chiqqan
bosqich: keskin og’riq sindromi, mushaklarning taranglashishi, qayt qilish,
majburiy holat va b. Umumiy belgilar: pulsning 120 martagacha tez urishi,
arterial qon bosimining (AQB) oshishi, nafas olishning tezlashuvi va boshqa
belgilari, intoksikatsiyaga nisbatan ko’proq og’riq shoki uchun xos.
2.
Peritonitning toksik bosqichi (yallig’lanishda 24-72 soat, perforativ
peritonitda 24 soat) – mahalliy belgilarning so’nishi va intoksikatsiyaga xos
umumiy reaktsiyaning yaqqol ustunlik qilishi bilan namoyon bo’ladi: yuz
qiyofasi o’tkirlashgan, rangpar, bemorda kamharakatlik, eyforiya, puls 120 dan
oshgan, AQB pasaygan, kech qayt qilish, haroratning gektik xarakteri, qon
formulasida yiringli-toksik surilish. Toksik bosqich uchun mahalliy belgilardan
og’riq sindromining pasayishi, qorin mushaklarining taranglashuvi yoki
qorinning shishishi, metiorizmning ortib borishi xos.
3.
Dostları ilə paylaş: |