Kelib chiqishi bo’yicha peritonit:
-
birlamchi peritonit – juda kamdan kam uchraydigan turi. Bunda
kasallikning boshlanishiga inson organizmida bo’lgan biror-bir infektsiya sabab
bo’lishi mumkin. Infektsiyani quyidagi tushish yo’llari mavjud:
- gematogen;
- limfogen;
- kriptogen;
- yiringli jarayonning yorilishi (abstsesning atrofidagi a’zolar va
tuqimalardan ozod qorin bo’shlig’iga yorilishi).
-
ikkilamchi peritonit:
-
appendikulyar;
-
xoletsistopankreatit;
-
perforativ (me’da va o’n ikki barmoqli ichak yarasi, Kron kasalligi va b.);
-
travmatik (qorin bo’shlig’idagi kovak a’zolarining jarohatlanishi yoki
jarohatlanmagani bilan o’tadigani);
-
nekrotik (ichakning o’tkir tutilishida, me’da-ichak yo’llari flegmonasida,
mezenterial limfa tugunlari yiringli yallig’langanda, qorin bo’shlig’i a’zolarining
kam uchrayigan yallig’lanishida (Mekkel divertikuli);
-
operatsiyadan keyingi (me’da, ingichka va yo’g’on ichaklar, o’t yo’llari
va boshqa a’zolaridagi operatsiyalardan keyingi);
-
ginekologik (naylar, tuxumdonlar, bachadon yallig’langanda, nay
yorilganda, bachadon perforatsiyasida, bachadon tug’ruq payti shikastlanganda,
tuxumdon kistalari va o’smalari buralib qolganda).
Ko’pchilik hollarda peritonit polimikrob kasallik hisoblanadi. Bakteriyalar
orasida – ichak tayoqchasi (E. coli) guruhi asosiy o’rin tutadi, biroq so’ngi
paytlarda oddiy protey va boshqa shartli patogen bakteriyalar ahamiyati ko’proq
543
bo’lmoqda, anaeroblar roli sezilarli oshdi. Pnevmokokklar va Kox tayoqchalari
kamroq uchraydi.
Peritonitning klinik kechishida o’tkir yiringli peritonit rivojlanishining uch
bosqichi tafovut qilinadi.
1.
Dostları ilə paylaş: |