O’tkir peritonit
O’tkir peritonit – vistseral va parietal qorin pardalarining yallig’lanishi
bo’lib, u inson organizmi kasallanishining og’ir umumiy va mahalliy belgilari
bilan o’tadi, hamda qisqa vaqt ichida hayotiy muhim a’zolar va sistemalar
faoliyatining birmuncha jiddiy, ortga qaytmas buzilishlariga olib keladi. Bu
holat, qorin bo’shlig’i a’zolarining turli o’tkir kasalliklari va jarohatlarining eng
og’ir asoratlaridan biri hisoblanadi. Qorin pardasi jarohatlanishlari odatda ikki
turda: ochiq va yopiq bo’ladi.
Ochiq jarohatlanishlar (kesib kiruvchi, teshib o’tuvchi jarohatlar), odatda
ichki a’zolarning jarohati yoki yaralanishi bilan birga uchraydi, hamda bu holat
shoshilinch xirurgik operatsiyani (laparotomiya va qorin bo’shlig’i a’zolari
reviziyasi) o’tkazish zaruratini taqazo etadi. Ochiq jarohatlarning klinik kechishi
va belgilari, ichki a’zoga etkazilgan jarohat turi va hajmiga bog’liq bo’ladi.
Qorinning yopiq jarohatlarida, ko’pincha qorin pardasining jarohatlanishlari
ichki a’zolarning shikastlanishi bilan birga uchraydi. Jarohatlanish turi va
hajmiga ko’ra ichga qon ketish, posttravmatik yoki postgemorragik shok,
peritonit kabi belgilar majmuasi birinchi o’rinni egallaydi. Qorin bo’shlig’iga
537
bakteriyalarning
tushishi
bilan
bog’liq
bo’lgan
bakterial
(mikrobli)
peritonitlardan tashqari, qorin bo’shlig’iga, qorin pardasiga agresiv ta’sir
ko’rsatadigan turli xil infektsiyalanmagan agentlar: qon, siydiq, o’t, pankreatik
shira – tushishidan kelib chiqadigan aseptik (abakterial) peritonitlar farq
qilinadi.
Bugungi kunda, jarrohlik texnikasining takomillashuvi, kardinal va
antibakterial muolaja yutuqlari, anesteziya usullarining xilma-xil turlaridan
foydalanish imkoniyatlari, hayotiy muhim a’zolar faoliyatini tiklashning turli-
tuman yo’llari borligiga qaramay, o’tkir peritonit kasalligini davolash
muammosi butun jahon jarrohlarining diqqat markazida turibdi. Yopiq,
anatomik murakkab qorin bo’shlig’ida yallig’lanish jarayonining tabora avj
olishi, intoksikatsiyaning tez fursatda rivojlanishi, ichaklar atoniyasi va bular
bilan bog’liq holdagi gemodinamik va nafas olish jarayonining buzilishlari,
keskin darajada izdan chiqqan metabolizm o’tkir peritonit kechishini g’oyat
murakkablashtiradi. Bu esa o’z navbatida, spetsifik va nospetsifik asoratlar
sonining ko’payishi (12-48%) va o’lim darajasining yuqoriligi bilan tasdiqlanadi
(B.D. Savchuk, 1979; A.A. Sрalimov, 1981; V.A. Popov, 1985; V.M. Buyanov,
1999; V.K. Gostishev, 2002).
Bu kasallikning aholi orasida keng tarqalganligini, qorin bo’shlig’i
a’zolarining o’tkir yallig’lanishi kasalliklari bilan kasallanish tendentsiyasining
tobora
ortib
borayotganligini,
shuningdek,
so’nggi
yillarda
mikroorganizmlarning antibiotiklarga nisbatan rezistentligini kamayishini
e’tiborga olsak, bu muammoning klinik tibbiyot uchun nechog’lik muhimligini
anglash mumkin bo’ladi.
Agarda biz tarixga nazar tashlasak, qorin bo’shlig’ining yallig’lanishi
jarayonlari, insoniyat tarixida uzoq o’tmishdan ma’lum bo’lib kelayotganini
anglaymiz. Bundan ming yilcha muqaddam tibbiyot ahlining peritonit kasalligi
belgilari haqida birmuncha oddiyroq tushunchalarga ega bo’lganliklarini, uni
jarrohlik yo’li bilan davolashga uringanliklariga doir asoslangan fikrlar mavjud
bo’lganini ko’ramiz (Myuller, 1892). Yangi eramizgacha bo’lgan davrning III
538
asrida yunon vrachi Erzostrat, qorin bo’shlig’ida yig’ilgan yiringni chov
sohasidagi kesma orqali tashqariga chiqarib tashlashga uringan. Eramizning
100-yilida Rim vrachi Ozerapus Effesskiy: «Agar yiring qorin pardasi bilan
ichaklar orasiga yig’ilgan bo’lsa, yiring qorin bo’shlig’idan qaerga keta olardi,
eng osoni chov sohasida kesma qilib, uni chiqarib yuborgan ma’qul», – deb
yozgan.
III asr o’rtalarida Ambruaz Pare kasallikning kechuvi (klinikasi) bo’yicha
septikopiemiyaga o’xshash «umumiy zararlanish» to’g’risida so’z yuritib, bu
holatning sabablaridan biri – qorin bo’shlig’i ichki qismlarining yallig’lanishi
ekanligini aytadi. XVIII asrda atoqli frantsuz jarrohi Jan Lui Pti qorin
anatomiyasini o’rganayotganda, qorin bo’shlig’i a’zolari orasida yiringli
oqmalar yuz berishi mumkinligiga e’tiborni qaratgan. Rossiya tabobatida,
qorinning barcha yallig’lanish kasalliklari «Anton alangasi» degan umumiy nom
bilan birlashtirilib, tuzalmaydigan kasalliklar qatoriga kiritilgan.
Peritonit kasalligining klinik kechuvi belgilarini, harbiy vrach Vasiliy
Shabanov (1816) birinchi marta aniqroq tasvirlagan. U me’da yoki o’n ikki
bormoqli ichak yarasining teshilishi negizida yosh askarda, peritonit
kasalligining rivojlanganini batafsil tasvirlagan. Birmuncha keyinroq, Harbiy
meditsina jurnalida (1840) G. Shaliyaning ichaklar perforatsiyasi to’g’risidagi
ishi e’lon qilinib, unda peritonitning klinik manzarasi yanada aniqroq
tasvirlanadi. O’sha yili operativ xirurgiya buyicha nashr qilingan qo’llanmada,
akademik Solomon o’rta laparotomiya, ichak choklarining ba’zi turlari va qorin
devorini tikish texnikasini taklif qiladi.
Moskvalik jarroh L.I. Shmidt (1881) bezgak kasalligida yiringlab ketgan
taloqning qorin bo’shlig’iga yorilishi sababli yuz bergan tarqalgan yiringli
peritonitda, jahonda birinchi bo’lib muvaffaqiyatli laparoskopiyani amalga
oshirgan. Faqat 4 yil o’tgach (1885) Angliyada Trawe va Olmoniyada Oberet
peritonitlarni operatsiya usulida davolash kerak, degan qa’tiy fikrni ilgari
surganlar. Shunday qilib, A.I. Shmidt operatsiyasini, yiringli peritonitni xirurgik
davolashning boshlanishi desa bo’ladi.
539
XX asrning birinchi choragida ko’pchilik nufuzli jarrohlar, imkon boricha
operatsiyani erta o’tkazish zarur, degan yagona fikrga keldilar. Biroq, qorin
bo’shlig’ini drenajlash va yuvish masalalari, ayniqsa o’tkir bahslarga sabab
bo’ldi. Agar V.M. Zikov (1897), A. Gagman (1901) qorin bo’shlig’ini qunt bilan
yuvish shart deb aytishsa, S.P. Fedorov (1901) va I.Grekov (1952) uni ko’p
yuvishga qarshi chiqib, bunda infektsiya qorin bo’shlig’ining burmalari –
«cho’ntaklariga» tushib, uning tarqalishiga olib kelishi mumkin, deb
hisoblaganlar. XX asrning 30-yillarida klinik amaliyotga sulfanilamid
preparatlarining joriy qilinishi va S.S. Yudinning (1937) ularni qorin
bo’shlig’iga yuborib qo’llashni taklif etishi, davolash natijalarini anchagina
yaxshiladi. Bu yo’nalish II jahon urushi davrida yana kamol topib, urush
jarayonida jarrohlar yiringli peritonitning o’lim darajasini 38-50% gacha olib
boradigan, juda og’ir turlariga duch keldilar. Bu davr, qorin bo’shlig’ida
operatsiya qiladigan yuqori malakali jarrohlarni etishtirdi, ularda jarrohlik
texnikasini sayqallanishiga, qorin a’zolarining og’ir jarohatlarini davolashda boy
tajriba
orttirishga,
yiringli
peritonitning
asoratlari:
ichak
oqmalari,
eventeratsiyalar, infiltratlar va qorin bo’shlig’idagi qaytalanadigan yiringliklarni
davolashning asosiy tamoyillarini ishlab chiqishga imkon yaratdi. Antibiotiklar
davrining boshlanishi (Flemming, 1946, Ermoleva, 1946), shuningdek 50-
yillarida ta’sir doirasi keng antibiotiklarning paydo bo’lishi, yiringli
peritonitlarni davolashda katta yutuqlarga erishishga imkon berdi va unda o’lim
darajasini keskin kamaytirdi (B.A. Petrov, 1951, H.G’. G’afurov, 1953). Biroq,
keyingi yillarda antibakterial preparatlar turlarining tobora ko’payishiga,
muolajada uning miqdorini oshirib berilishga qaramay, antibiotiklarning
xirurgik infektsiyaga ta’sir darajasi pasayib, samaradorligini yuqotmoqda va
peritonitlarni davolash natijalari yanada yomonlashmoqda.
Shunday qilib, so’ngi yillarda mikroorganizmlarning antibiotiklarga
rezistenligi oshib borishi tufayli peritonitda oqibat natija (prognoz) yanada
yomonlashdi va o’lim darajasi oshdi. O’lim darajasi nisbatining turli
mualliflarda farqlanishiga sabab, hanuzgacha peritonitlarning amalda yagona
540
qabul qilingan klassifikatsiyasining yo’qligidir. Vaholanki klassifikatsiya
yaratishga dastlabki urinishlar 1886 yildayoq A.D. Pavlovskiy tomonidan
boshlangan edi.
Dostları ilə paylaş: |