Limfogranulematoz (Xojkin kasalligi). Bu limfoid to’qimaning sistem
o’sma kasalligi. Morfologik jihatidan limfatik tugunlar to’qimasini ko’p yadroli
gigant Berezovskiy-Shternberg xujayralari va ularning ajdodi bir yadroli Xojkin
xujayralaridan infiltratlanishi aniqlanadi. O’sma jarayoni ko’proq limfatik
tugunlarni (bo’yin, qorin pardasi orti, mediastenal, chov sohasidagi), shuningdek
lifoid to’qimaga boy a’zolar: taloq, jigar, suyak ko’migini zararlantiradi. Boshqa
ichki a’zolarning zararlanishi juda kamdan kam kuzatiladi. Aksariyat 20-40
yoshdagi erkaklar kasallanadilar. Kasallik remissiyalar va qo’zish davrlari bilan
tsiklli kechadi va o’rta hisobda 2-5 yil davom etadi. Kasalikning 10 yil bundan
uzoq vaqt kechadigan «xavfsiz» nomini olgan turlari to’g’risida ham axborotlar
mavjud. Limfogranulematozning g’oyat jadal sur’atda kechishiga oid kuzatuvlar
ham bor. Bu holda kasallikning birinchi yilidayoq (o’tkir limfogranulematoz)
bemor nobud bo’ladi. Kasallik rivojlana borish jarayonida lokal, chegaralangan
xarakterga ega bo’ladi, limfatik tugunlarning muayyan guruhi zararlanadi. Bir
muncha kechikkan bosqichlarida o’sma jarayoniga, turli a’zolarda joylashgan
limfatik tugunlar, taloq, o’pka, jigar va boshqalar tortiladi.
Xalqaro klinik klassifikatsiyasiga ko’ra limfogranulematozning 4 bosqichi
farq qilinadi.
1-bosqich (lokal turlar) – diafragmaning bir tomoni bo’ylab joylashgan bir
yoki ikkita yondosh limfatik tugunlar guruhlarining zararlanishi.
2-bosqich (regionar turlar) – diafragmaning bir tomoni bo’ylab joylashgan
ikkita yoki undan ko’p yondosh bo’lmagan limfatik tugunlar guruhlarining
zararlanishi;
3-bosqich (avj olib ketgan turlari) – diafragmaning ikki tomoni bo’ylab
limfatik tugunlarining zararlanishi va jarayonga taloqning tortilishi;
532
4-bosqich (disseminatsiyalangan turi) – ko’pgina limfatik tugunlar
guruhlari va ichki a’zolarining zaralanishi.
Kasallikning har bosqichida intokiskatsiyaning yo’qligi (a) yoki bir necha
simptomlar borligiga ko’ra (b), kichik bosqichlari (tana haroratining 37-38º
gacha oshishi, tungi kuchli terlashlar, terdagi qichima, tez ozib ketish) farq
qilinadi.
Limfogranulematoz o’z rivojlanishida umumiy behollik, lohaslik, mehnat
qobiliyatining pasayishi, teri qichishi bilan namoyon bo’ladi. Isitma kuzatilib,
o’ziga xos to’lqinsimon tabiatga ega bo’ladi, bunda yuqori gipertermiya davrlari
tana haroratining normal bo’lishi bilan almashinadi. Kasallik avj olib borgan
sayin gipertermiya davrlari tobora ko’proq paydo bo’ladi. Limfogranulematozga
g’oyat xos belgi – limfatik tugunlarning o’lchamlarini kattalashuvidir. Bunda
kasallikning boshlang’ich jarayonida bo’yin limfatik tugunlarini egallaydi (orqa
guruhini). Paypaslaganda limfatik tugunlar yumshoq, zlastik konsistentsiyada,
og’rimaydi, harakatchan bo’ladi. Kasallikning kechikkan bosqichlarida limfatik
tugunlar kattiqlashib qoladi, o’zaro qo’shilib ketadi va harakatsiz bo’lib qoladi.
Limfatik tugunlarning mediastenal guruhi zararlanganda ko’ks oralig’idagi
hayotiy muhim a’zolarning ezilishi bilan o’tadigan yuqori kovak vena sindromi,
Gorner sindromi, tovushning bo’g’ilib qolishiga bog’liq bo’lgan bir kator
belgilarni topish mumkin. Abdominal va qorin pardasi ortidagi limfatik tugunlar
guruhlari zararlanganda uzoq vaqtga cho’ziladigan ich ketish boshlanadi.
Kasallik cho’zilgan sayin, intoksikatsiya belgilari, kaxeksiya ortib boradi.
Ob’ektiv tekshirilganda bemorlarning taxminan 2/3 qismida splenomegaliyani
topish mumkin. Taloq qattiq, elastik konsitentsiyali, uning yuzasi silliq,
paypaslaganda o’rtacha og’riq paydo bo’ladi. Anchagina kattalashgan taloq
ba’zan chap qovurg’alar orqasida o’z-o’zidan og’riq sezgilarini paydo qiladi.
O’sma jarayoni faqat taloqni tanlab zararlantirishi mumkin, bu holda kasallik bir
muncha xavfsiz kechadi. Taloq ancha kattalashganda perisplenit, taloqning
qaytalanuvchi infarktlari rivojlanadi. Klinik jihatdan chap qovurg’alar ostida
kuchli og’riqlar, gipertermiya ko’rinishida yuzaga chiqadi. Qon tahlilida
533
o’rtacha gipoxrom anemiya, neytrofilez, limfopeniya, biroz eozinofiliya,
trombotsitopeniya aniqlanadi. EChT odatda bir muncha tezlashgan bo’ladi.
Limfogranulematozning
mediastenal
turida
ko’ks
oralig’i
soyasining
kengayganligi aniqlanadi. So’nggi yillarda limfogranulematozli bemorlarni
klinik tekshirish dasturiga ichak tutqichi, paraaortal limfatik tugunlar biopsiyasi
bilan diagnostik laparotomiya, splenektomiya operatsiyasi kiritilgan. Bu o’sma
jarayonining tarqalganligini aniqlash imkonini berib, dorilar bilan davolashning
eng maqul usulini tanlashga va kasallikning kechishi va prognozida yordam
beradi. Splenektomiya limfogranulematozning lokal turida ifodalangan
gipersplenizmda, ko’krak hamda qorin bo’shliqlari a’zolarining ezilishi bilan
bog’liq splenomegaliyada tavsiya etiladi. Kasallik bosqichi aniqlangandan so’ng
zararlangan limfatik tugunlar guruhi rentgen nuri bilan davolanadi va
tsitostatiklar qo’llaniladi.
Prognozi (oqibati). Jarayonning klinik bosqichiga va uning kechish turiga
bog’liq. Kasallikning 1-3 bosqichlaridagi 80% bemorlarda to’g’ri davolash olib
borilganda sog’ayishga yoki uzoq muddatli (10 yildan ko’p) remissiyalarga
erishish mumkin bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |