Terminal bosqich (yallig’lanishda 72 soat, perforativ peritonitda 24
soatdan ortiq) – qaytishi gumon chegaradagi chuqur intoksikatsiya bosqichi:
Gippokrat yuzi, adinamiya, ruhiy holat tonusi va harakatlarning pasayishi,
aksariyat intoksikatsiyadan deliriy, nafas olish va yurak-qon tomir faoliyatining
talaygina buzilishlari, qo’lansa hidli ko’p qayt qilish, qon formulasidagi keskin
yiringli-toksik siljish, haroratning tushib ketishi, ba’zan bakteremiya. Mahalliy
belgilardan peristaltikaning butunlay yo’qolishi, qorin dam bo’lishi va shishishi,
butun qorin bo’ylab tarqalgan og’riq kuzatiladi.
Dostları ilə paylaş: |