Klassifikatsiyasi. So’nggi yillarda peritonitning ixcham, ishlatishga qulay
klassifikatsiyalariga (turlash) moyillik kuzatilmoqda. Jumladan, A.M. Karyakin
(1968) peritonitni faqat mahalliy va tarqalgan turlarga, V.I. Struchkov
muallifdoshlari bilan (1967) esa, mahalliy, diffuz va tarqalgan (umumiy)
peritonitlarga bo’ladilar. T.S. Simonyan (1971) klinika ko’rinishida
peritonitning tarqalganligi alohida ahamiyatga ega emas deb hisoblaydi va
peritonit giperergik reaktsiyalar nuqtai nazaridan ko’zdan kechiriladigan
klassifikatsiyani ilgari suradi, bunda u peritonitning uch bosqichi – reaktiv,
toksik va terminal bosqichlarini farq qiladi.
Bu o’rinda I.I. Grekovning (1952) quyidagi so’zlarini eslatib o’tishni lozim
tobdik: «Yiring nisbatan kam tarqalgan bemorlarda kasallikning og’ir klinik
kechishi har qadamda kuzatiladi, bu barcha tegishli davo choralari ko’rilishiga
qaramay, aksariyat, o’lim bilan yakun topadi». Darhaqiqat, klinik amaliyotda
ko’pgina peritonit hollarini kuzatib, peritonitning tarqalganligi muhim
prognostik belgi bo’lib xizmat qilsada, hamisha ham bemor holatining og’ir-
engilligi va prognoz bilan to’la mos tushavermasligiga guvoh bo’lamiz.
Yallig’lanish jarayonining og’ir-engillik darajasi, shubhasiz, davo tadbirlarining
har xil hajmini talab etadi, shuningdek peritonitning kechishida bosqichlilik
omilidan battamom voz kechishga yoki uning ahamiyatini pasaytirishga imkon
bermaydi.
Bizning fikrimizcha, bugungi kunda jarrohlik amaliyotida B.D. Savchuk
tomonidan 1979 yilda taklif etilgan peritonit klassifikatsiyani qo’llash,
birmuncha
soddaroq va amaliyotda ishlatish uchun qulayroq hisoblanadi.
Quyida shu klassifikatsiyani keltiramiz.
Dostları ilə paylaş: |