kasalligi hisoblanadi. Surunkali leykozlarning ko’proq uchraydigan 2 ta turi
tafovut qilinadi: surunkali mieloleykoz va surunkali limfoleykoz. Mieloleykoz
xujayralarning paydo bo’lishi xos. Bu kasallik suyak ko’migi, taloq, jigar,
qatorning etilmagan xujayralari paydo bo’lishi, limfoid apparat: limfatik
tugunlar, taloq, jigar, kamroq boshqa a’zolar giperplaziyasi kuzatiladi. Kasallik
navqiron va keksa yoshda paydo bo’lib, ko’pincha erkaklarda uchraydi. Klinik
pasayishi, ko’p terlash, subfebril haroratlarga shikoyat qiladilar. Kasallikning
dastlabki belgilaridan biri teri osti limfatik tugunlarining kattalashuvidir va bu
534
tugunlarning kattalashishi o’rtacha, mieloid to’qima giperplaziyasi tufayli
suyaklarda og’riq paydo bo’lishi qayd etiladi. Jigar va ayniqsa taloqning
o’lchamlari ancha kattalashgan, ko’krak va qorin bo’shlig’i a’zolarining
ezilishini gipersplenizm keltirib chiqaradi. Aksariyat perisplenit, taloqning
qaytalanadigan infarktlari kuzatiladi. Haddan tashqari kattalashgan taloq, chap
qovurg’alar ostida doimiy og’riqlar paydo qilishi, yorilib, qorin bo’shlig’iga
ko’p miqdorda qon ketishi xavfi ham mavjud. Surunkali leykoz diagnozi
gemogramma, suyak ko’migi punktati, taloqni qunt bilan tekshirishga asoslanib
qo’yiladi.
Davolash: surunkali leykozlarni davolashning asosiy usuli tsitostatiklar,
kortikosteroidlar bilan muolaja, limfatik tugunlar kattalashganda (limfoleykoz),
rentgen nuri bilan davolanadi. Gipersplenizm yaqqol yuzaga chiqqan hollarda,
uning belgilari orasida gemorragik asoratlar birinchi o’rinni egalaganda,
taloqning qaytalanadigan infarktlarida taloqni olib tashlash maqsadga muvofiq
bo’ladi. Splenek-tomiya surunkali limfoleykozda bir muncha samarador bo’ladi.
Operatsiyadan so’ng qonda leykotsitlar soni, gemorragik va gemolitik xodisalar
bir muncha kamayadi. Bemorlarning umumiy ahvoli yaxshilanadi. Taloq
sohasiga rentgen nuri orqali nurlash, katta o’lchamlardagi gipersplenizm
holatlari yuz berganda yoki splenektomiyani bajarishga qarshi ko’rsatmalar
bo’lganda qo’llaniladi. Splenektomiyani dori vositalari va nur bilan birga
qo’shib qo’llash, bemorlarning umumiy ahvolini yaxshilashga, uzoq vaqtgacha
klinik remissiyaga erishishga imkon beradi.