qilingandan keyin, alohida ajratib olingan proplastlardan ularda hujayra qobig’i paydo bo’lganidan
keyin ajratib olinadi.
Bir xujyrali fraksiya olish uchun ba’zida suspenzion kulturani kolbada 15-30 min tindirib
qo’yish kifoya bo’ladi. Bunda yirik agregatlar cho’kmaga tushadilar. qoldiq ustki suyuqlikda esa
faqat bir hujayrali kultura yoki kichik agregatlar bo’ladilar. Agar bu yo’l bilan bir hujayrali fraksiya
olish imkoniyati bo’lmasa,
fyordamida maserasiya qilish, saxaroza gradietida sentrifuga qilish yoki
har xil elaklardan o’tkazish usullaridan foydalaniladi.
YAgona hujayralarni o’stirishda biroz qiyinchiliklar seziladi, chunki alohida hujayra kallusli
to’qima o’sgan sharoitda yaxshi bo’linmaydi. YAgona hujayralarni bo’linishiga
majbur qiladigan
mahsus usullar yaratilgan. 1960 yilda Djonson «enaga» usulini tadbiq qilgan edi. Bu usulda
«enaga» funksiyasini bir qism kallusli to’qima bajaradi va ualohida hujayrani bo’linishiga majbur
qiladi va uni alohida hujayradan filtr qog’ozi yordamida ajratib olinadi. Bunday sharoitda («enaga»
xuzurida) alohida hujayra bo’linib, hujayrani individual koloniyasi – klon hosil qiladi.
Boshqa bir usul juda kam miqdorda boy ozuqa muhitida alohida hujayralarni Kuprak
likobchasida (uni xajmi 20 mkl) mikrotomchida o’stirishga asoslangan.
Bu metod akademik
YU.YU.Gleyba tomonidan taklif qilingan. Mikrotomchida somatik gibridizasiya jarayonida yagona
hujayrani olinishi va uni bo’linishini kuzatish juda ham qulay.
YAgona hujayralarni bo’linishini kuchaytirish uchun «oziqlaydigan qavat»dan foydalanish
mumkin. («Oziqlanadigan qavat»- yagona hujayra olingan o’simlik turini faol bo’linuvchi hujayra
suspenziyasi) (3.3-rasm.).
Hujayrani bo’linishii muhitni
kondisirlash ham tezlatadi, buning uchun unga (muhitga) tez
bo’linadigan hujayra kulturasini ozuqa muhiti qo’shiladi. Kondisiya qiluvchi faktor hujayra
suspenziyasini o’sishni eksponensial fazasida bakterial filtrdan o’tkazish davrida paydo bo’ladi
(olinadi). Mohiyati bo’yicha yuqorida zikr etilgan barcha usullar ham bo’linadigan hujayralardan
chiqadigan kondisiya qiluvchi faktordan foydalanishga asoslangan.
Hozircha bu faktorni ta’sir mexanizmi va uni kimyoviy tabiati aniq emas. Ammo, bu faktor
issiqqa chidamli,
suvda eruvchan, past molekulali modda hamda fitogormonlar bilan almashib
bo’lmasligini aytish mumkin. SHuningdek, bu modda taxminan 700 Dalton molekulyar og’irligiga
ega bo’lgan rN 4-11 da mo’tadil modda ekanligi ham aniqlangan. SHunday qilib,
bu modda toza
kimyoviy modda bo’lmasdan, hujayradan ajraladigan faktorlar yig’indisi bo’lsa ham ajab emas.
Dostları ilə paylaş: