7. KALLUSLI TO’QIMALARDA MORFOGENEZ
3.3-rasm.
M
akkajo’xorining yagona hujayralari va
ajratilgan protoplastlarini o’stirishda «enaga»
sifatida suspenzion hujayralar kulturasini
ishlatilishi:
1–hujayra koloniyalari;
2–filtr qo`oz;
3-alyumin elak;
4–penopoliuretan;
5–hujayra suspenziyasi
(Vu Do’k Kuang, Z.B. SHamina,1985).
Hujayra rivojlanishini tabaqasizlangandan keyin o’tadigan bir necha yo’li ma’lum. Birinchi
yo’l – bu butun o’simlikni qayta regenerasiyasi, balkim, hujayra, to’qima, organlar darajasida
tabaqalanish. Ikkinchi yo’l hujayrani qayta tabaqalanish xususiyatini yo’qolishi va o’simlikni
regenerasiyasi, mustahkam tabaqasizlanish, gormonsiz muhitda o’sish xususiyati, ya’ni shishga
aylanish. Bunday xossalar eski (qari) ko’chat kulturalarga xos. Uchinchi yo’l – kallusli hujayrani
normal rivojlanish sikli, uni qarib, nobud bo’lishi bilan tugaydi. Bu holatda hujayra ikkilamchi
tabaqalanishga uchraydi va bo’linishdan to’xtaydi (o’sishni stasionar fazasi). Ammo bunday
tabaqalanish morfogenezga olib kelmaydi va unda qarigan kallus hujayralari xossalarini
mustahkamlaydi.
qishloq xo’jaligi biotexnologiyasi uchun eng qiziqarlisi butun o’simlikni alohida hujayrasidan
olingan to’qima kulturasini regenerasiyasi hisoblanadi. Ba’zida bu yo’l alohida organlar hosil
bo’lish orqali o’tadi.
Kallusli to’qimalar kulturasida morfogenez deb hujayralarni tashkil bo’lmagan massasidan
to’laqonli strukturalar hosil bo’lishiga aytiladi. Morfogenezni ikki asosiy yo’li ma’lum (3.4 -rasm).
To’qimalar kulturasini u organogenez sifatida (monopolyar tuzilishini hosil bo’lishi, ya’ni
alohida organlarni) ko’rinish mumkin: ildiz, poya, kamroq feoral (gulli) yoki bargli hamda somatik
embriogenez, ko’rinishida (somatik hujayralardan biftolyar zarodish kurtaksimon tuzilmalar
holatida) ko’rinishi mumkin. Organogenezda dastlab alohida organlar regenerasiya bo’ladi, keyin
esa ulardan butun o’simlik paydo bo’ladi. Ildiz organogenezi bundan mustasno. Somatik
embriogenez natijasida organogenezdan farqli o’laroq, ildiz meristemsi hamda tepa qavat
meristemalariga ega bo’lgan kurtak hosil bo’ladi va undan keyinroq butun o’simlik o’sib chiqadi.
Alohida olingan somatik hujayralarni o’z rivojlanish dasturini to’liq bajara olishi va butun
o’simlik organizmi o’sib chiqishi uchun asos yaratib berish xususiyati, o’simlik hujayrasini
totipotentligi deb ataladi. O’simlikni har qanday hujayrasi bir xil potensial imkoniyatlrga ega,
chunki barcha kerakli genlar to’plamiga ega, demak, hujayra zigotaga xos bo’lgan rivojlanish
dasturiga ega. SHuning uchun ham agar gul bargi hujayrasidan yoki poyani o’zaksimon parenxima
yoki har qanday hujayra to’qimalardan kallus olinganda umuman hujayrani har qanday
to’qimasidan butun o’simlik olish mumkin. Ammo, totipotentlik xossalari hamma vaqt ham
namoyon bo’lavermaydi, chunki har xil tipdagi xujaylarni potensial imkoniyatlari bir xil namoyon
bo’lavermaydi. Ulardan ba’zi birlarida genlar kuchli repressiya holatida bo’ladilar va shu sababli
ham totipotentlikni namoyon bo’lishi chegaralangan bo’ladi.
|