Biotexnologiya asoslari


HUJAYRA SUSPENZIYALARI KULTURASI



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/139
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199267
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   139
Biotexnologiya asoslari

5. HUJAYRA SUSPENZIYALARI KULTURASI
Kallusni suyuq ozuqa muhitiga o’tkazib, avtomatik ravishda aralashtirish orqali hujayra 
suspenziyasi olish mumkin. Fermentlar yordamida. Masalan pektinaza fermenti yordamida 
to’g’ridan-to’g’ri eksplant to’qimalardan (barg, poya, ildiz va x.k) ham hujayra suspenziyasi 
tayyorlash mumkin. Dastlab, eksplant yuzasida kallusli to’qima paydo bo’ladi, keyin undan hujayra 
va hujayra agregatlari ajraladi va oqibatda hujayra suspenziyasi olinadi. 
100 ml hujayra suspenziyasi olish uchun 2-3 g kallusli to’qima kerak bo’ladi. 
Hujayra suspenziyasini tayyorlash uchun eng zarur sharoit – bu domiy ravishda aralashtirib 
yoki chayqatib turishdir. Agar hujayra suspenziyasi qimirlamay tursa, undan bo’linish natijasida 
kallusli to’qimalar hosil bo’ladi. 
Suspenzion hujayralarni bo’linishi auksinlar va sitokininlar, ya’ni kallus hujayralarni o’sishi 
va induksiyasi uchun zarur bo’lgan gormonlar yordamida himoya qilib turiladi. SHunday qilib, 
suspenziyali hujayralar kallus hujayralarni o’zginasi bo’lib, ularda bunday hujayralarga xos bo’lgan 
barcha xususiyatlar namoyon bo’ladi.
Suspenziya 2,4-D saqlagan muhitda hosil bo’ladigan po’kak hujayradan yaxshiroq hosil 
bo’ladi. Muhit tarkibidan kalsiy olib tashlansa, suspenziya hosil bo’lishi engillashadi. Ozuqaga 
pektinaza fermenti aralashtirilsa (bu ferment ozuqa tarkibidagi alohida hujayralarni bir-biriga 
bog’lab truvchi pekrat kalsiyni parchalaydi) suspenziya yanada engilroq hosil bo’ladi. 
Biotexnologiyada hujayra suspenziyasidan ikkilamchi metibolitlar olish maqsadida 
foydlaniladi. Ikkilamchi metabolitlarni ko’pchiligi dorivor moddalar hisoblanadilar va hujayra 
biomassasini sanoat miqiyosida ko’paytirish va hujayra seleksiyasida keng ishlatiladilar. Bundan 
tashqari hujayra suspenziyasidan alohida protoplastlar olish uchun ham foydalaniladi. 
Suspenzion kulturalardan ikkilamchi metabolitlar produsienti sifatida foydalanilganda, davriy 
yoki oqava usulida ochiq yoki yopiq tizimda hujayralarni ko’paytirish usullari ishlatiladi. YOpiq 


tizimda hujayra suspenziyasiga toza ozuqa muhiti kiritilmaydi, tizimda domiy rejimda o’stirilganda 
esa ozuqa muhiti tozasiga almashtirib turiladi. 
Davriy rejimda ham, oqava rejimda ham ochiq tizimda, o’stirilganda hujayralar ozuqa 
muhitida, uni (ozuqa muhitini) almashtirganda ham qoladi. Ammo, ochiq tizimda o’stirilganda, 
ozuqa muhiti almashtirilganda (domiy yoki davriy rejimda) suspenzion hujayrani bir qismi muhit 
bilan birga o’tadi. 
Suspenzion hujayralar bilan ishlaganda ularni xarakteristikasini bilish shart: tirikligi, 
hujayralarni suspenzion kulturada ko’p yoki kamligi, agregasiya darajasi, o’sish tezligi va x.k. 
Hujayralarni tirik yoki tirik emasligi ularni bo’yash (ko’k metilen yoki Evans ko’ki) orqali 
aniqlanadi. Tirik xujayrlar, hujayra membranasi bo’yoqni o’tkazmasligi sababli bo’yalmaydi. O’lik 
hujayra qobig’idan bo’yoq tez o’tadi va shuning uchun ham ko’k rangga bo’yaladi. Hujayra 
suspenziyasini asosiy ko’rsatgichlaridan biri, hujayra populyasiyasini qalinligidir. Hujayra soni 
Fuks–Rozental hisob kamerasida mikroskop ostida maseransiyadan keyin (hujayralarni 
ajratilgandan keyin) aniqlanadi. Maserasiya qiluvchi modda sifatida xrom kislotasini 10-20% li 
eritmasidan foydalaniladi. Bu kislota, hujayralarni biriktirib turuvchi o’rtadagi plastinkani eritib 
(gidroliz qilib) yuboradi. 
YAxshi rivojlanuvchi suspenziya, kallusli kulturaga o’xshab, S- simon o’sish chizig’iga ega. 
Odatda, passajni davomiyligi 14-16 kundan iborat. Bunda suspeziyaning qalinligi 5
×
10
4
dan 5
×
10
6
hujayra 1 ml gacha oshadi. Hujayra sonini ko’payishi, ularni quruq va xo’l massasi- suspenzion 
kulturani asosiy o’sish kriteriyasini tashkil etadi. 
Suspenziyani sifati, hujayralarni agregasiya darajasiga bog’liq. Agregatlar 10-12 hujayradan 
ko’p bo’lmasligi kerak. SHuning uchun ham yirikroq agregatlardan qutulish maqsadida 
suspenziyani marlya, naylon yoki metal filtrdan o’tkaziladi. Bu operasiya bir vaqtni o’zida 
eksplantlar qoldig’idan yoki kallus to’qimalarni bo’lakchalaridan qutulish imkonii beradi. 
Ikkilamchi sintez mahsulotlarini sanoat sharoitida olish uchun katta xajmdagi (20 m
3
va 
undan ham kattaroq) fermenterlardan foydalaniladi va hujayralar doimiy rejimda o’stiriladi. 
Suyuqlikda o’stirishni eng ko’p tarqalgan rejimi hujayra suspenziyasini yopiq davriy tizimda 
o’stirishdir. Suspenziyani aerasiyasi va aralashtirilishi uchun (kachalka) tebratgichlardan 
foydalaniladi. SHuningdek bu maqsadda mexanik yoki magnit aralashtirgich o’rnatilgan 
fermentlardan, yoki barbatasiya (havo yordamida aralashtirib turish) dan ham foydalansa bo’ladi.
Hujayra suspenziyasida qimmatbaho ikkilamchi metobolitlardan tashqari yangi ajoyib 
birikmalar: komptotesin, xirringtonin kabi antikanserogenlar, har xil peptidlar (proteaza fermenti 
ingibitori, fitoviruslar ingibitorlari) va boshqa birikmalar sintez bo’lishi ham kuzatilgan. 
SHuni alohida ta’kidlash lozimki, hujayralarni bo’linishi oqibatida hujayra biomassasini 
ko’payishi va ikkilamchi metabolitlarni sintez bo’lishi har xil vaqtga to’g’ri keladi. Ikkilamchi 
metabolitlar sintez bo’lishini maksimumi, o’sishni stasionar fazasiga to’g’ri keladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin