Tashkent Medical Academy
Volume 4 | TMA Conference | 2023
Integration of Science, Education and Practice
in Modern Psychology and Pedagogy:
Problems and Solutions
Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan,
ta’lim va amaliyot integratsiyasi:
muammo va yechimlar
252
May 6
https://tma.uz/ International Scientific and Practical Conference
learner, complex, personal, social, development, need, Science, Technology, Society,
system, model.
Hozirgi davrdagi jadal taraqqiyot tendensiyalari
mamlakatimizni industrial
rivojlantirishda insonning intellektual omiliga ustuvor ahamiyat qaratishni dolzarb
masalaga aylantirdi. Yangi O'zbekiston Taraqqiyot strategiyasi 7 yo'nalishda amalga
oshirilib, uning 4-yo‘nalishi-sifatli ta’lim-tarbiya masalasi doimiy e’tibor markazida
bo‘lishi belgilangan. Unda yangi maktablar qurish, mavjudlarining
moddiy-texnik
bazasini mustahkamlash, sohaning barcha bosqichlari o‘rtasida uzviylikni ta’minlashga
qaratilgan Milliy ta’lim dasturi ishlab chiqish ko‘zda tutilgan.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ta’lim sifati monitoringi tizimini yanada
takomillashtirish va tashkil etish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“2022-2026-yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash
to‘g‘risida” 2022-yil 11-maydagi PF-134-son Farmoni, Vazirlar Mahkamasining
“O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi to‘g‘risidagi
nizomni tasdiqlash
haqida” 2019-yil 19-fevraldagi 146-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, o‘quv-
tarbiya jarayoniga ta’lim-tarbiyaning samarali usullari hamda umumta’lim fanlari
bo‘yicha o‘quvchilaming o‘zlashtirishini doimiy nazorat qilish, davlat ta’lim standartlari
talablarining bajarilishi, o‘quvchilarning bilimi va ta’lim sifatiga ta’sir qiladigan
omillarni aniqlash hamda muammolarni bartaraf
etish har tomonlama tizimni
rivojlantirish orqali ta’lim sifati samaradorligini oshirish bugungi kunning dolzarb
masalalari hisoblanadi.
Ta’lim sifati monitoringi yuzasidan tadqiqotlar kompleks xarakterga ega
bо‘lganligi sababli uning metodologik asoslari pedagogika, sotsiologiya,
psixologiya
fanlari nazariyasiga asoslanadi. Ta’lim tizimida ta’lim sifati monitoringini amalga
oshirilishi bir necha о‘zaro aloqador, pedagogik, psixologik va ijtimoiy jihatdan ma’lum
darajada mustaqil tushunchalarning uzviy aloqadorligidan tashkil topadi: ta’lim sifati,
monitoring va model tushunchalar kabi.
Respublikamizning ta’lim muassasalarida ta’lim sifati ta’lim-tarbiya sohasida
amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning hamda ta’lim-tarbiya jarayonining pirovard
natijasi sifatida doimiy nazoratdagi ustuvor vazifa hisoblanib kelgan. Pedagogika fanida
«Ta’lim sifati» tushunchasining bir qator talqinlari, izohlari mavjud. Ta’lim sifati
tushunchasiga ta’rif va qarashlar ta’lim-tarbiya tizimining
rivojlanishiga mos ravishda
rivojlanib, takomillashib borgan. Ta’lim sifati tushunchasining kelib chiqishi tarixi bilan
shug‘ullangan V.I.Zvonnikov aynan ta’lim sifati atamasi qadimgi
davrda ishlatilmagan bо‘lsada, shu ma’noni anglatuvchi ta’riflar
bо‘lganligini ta’kidlaydi. Jumladan, M.V.Martinenko, L.D.Maslova,