International scientific-online conference: INTELLECTUAL EDUCATION TECHNOLOGICAL SOLUTIONS AND INNOVATIVE DIGITAL TOOLS 31
https://interonconf.org yana shu ma’lumotlarni ta’kidlab o‘tadiki, ba’zi paytlarda ,,kichik xoqon‘‘ lardan biri faqat bitta
qabilani boshqarib turgan vaqtda boshqa bir ,,kichik xoqon‘‘ esa bir nechta qabilalarni
boshqarardi6. Darhaqiqat, u
eltabar
,
cho‘r
,
erkin
,
tudun
hamda
tuyg‘un
kabi unvonga ega
bo‘lgan vakillar saltanatga qaram o‘lkalarga noib etib tayinlanishi va ular ushbu o‘lkalarni ,,ulug‘
xoqon‘‘ nomidan boshqarganligini ham ta’kidlab o‘tadi.
Tudun
lar gohida markazning
to‘g‘ridan-to‘g‘ri vakili sifatida tobe o‘lkalarni boshqarardi yoki markaz tomonidan berilgan
vakolat bo‘yicha faqat soliq va moliyaviy ishlarni olib borardi. Tadqiqotchining fikriga ko‘ra,
asosan ko‘kturk budununi (ya’ni ,,davlat ulusini‘‘. – G‘.B.) tashkil etuvchi qabilalar tepasida esa
beg
unvoniga ega bo‘lgan boshqaruvchilar turar edi7.
Xoqonlik tarkibidagi vassal voha hukmdorliklari markazga xavf soladigan darajada siyosiy
kuchga ega bo‘lmagan. Manbalarda ham ayrim kichik xatti-harakatlarni inobatga olmaganda,
deyarli ulardan hech biri xoqonlikning ichki siyosatiga qarshi harakatlar olib borganligi
xususidagi ma’lumotlar keltirilmagan. Darhaqiqat, xoqonlikning vohalarni o‘z tobeligiga kiritgan
560-580-yillardan to 650-yillargacha, taxminan 70-80 yil davomida, hatto undan keyingi 30 yillik
(700-yilgacha) Xitoyga qaramlik davrida ham xoqonlik va vassal hududlar orasida iliq
munosabatlar davom etganligini turli tildagi manbalar orqali ko‘rishimiz mumkin. Shuningdek,
VII asrning 40-yillaridan boshlab to VIII asr boshlarigacha Sharqiy Turkistondagi voha
davlatlarining ayrimlari tobora kuchayib kelayotgan Xitoy xavfining oldini olish maqsadida
xoqonlik tomonga intilganliklari, bundan tashqari VII asr oxirlari – VIII asr birinchi yarmi
oralig‘ida esa Xuroson, Marv, Tohariston va Amudaryoning shimolidagi hududlar – Buxoro va
Sug‘d (Samarqand, Panj) hukmdorliklarining arablar bosqiniga qarshi kurashda xoqonga
murojaat qilganliklari8 kabi omillar iqtisodiy hayoti ziroatchilik, hunarmandchilik va savdoga
ixtisoslashgan o‘troq xalqlarning o‘z tinchligini saqlashda xoqonlikning siyosiy kuchlariga
muhtoj bo‘lganliklarini ko‘rsatadi. Binobarin, Markaziy Osiyoning shimoli-sharqiy qismida o‘z
davlatlarini tashkil etgan ko‘chmanchilar ham davlat sifatida yashab qolish uchun o‘troq
hududlar yetkazib beradigan dehqonchilik va hunarmandchilik mahsulotlariga ehtiyoj edilar.
Chunki ular ham o‘z aholisining ehtiyojlarini shu yo‘l orqali taminlar, harbiy sohadagi
muvaffaqiyatlar ham shunga bog‘liq edi.
Shuni ham e’tirof etish kerakki, keying yillarda xoqonlik va vassallar boshqaruvi xususida
oldingilaridan farqli yondashilgan tadqiqotlar yuzaga kela boshladi. Bu borada amerikalik
tadqiqotchi J. K. Skaff tomonidan ilgari surilgan fikrlar ham diqqatga sazovordir. Uning
fikricha, xoqonlik Turkistondagi vohalarni quyidagi 2 usulda boshqargan: 1) bevosita
(to‘g‘ridan-to‘g‘ri) boshqaruv; 2) bilvosita boshqaruv. Skaffning fikricha, bevosita boshqarish
xoqonlikning hukmdor sulolasiga mansub vakillarning biror voha boshqaruviga tayinlanishida
namoyon bo‘ladi; bunga misol qilib Tohariston, Farg‘ona va Chochni olishimiz mumkin.
Bunday boshqaruv shakli aniq bir qoida bilan bog‘liq bo‘lmagan. Skaff xoqonlikning bilvosita
boshqaruvini quyidagicha tavsiflaydi: <qarashli o‘troq vohalarda avvalgi mavqelarini saqlab qolishlariga ruxsat berilishidir. Mahalliy
hukmdorlar o‘zining o‘troq aholisidan yiqqan soliq va xirojlarni hukmron ko‘chmanchilarga
6 Erkoç H. İ. Eski Türklerde Devlet Teşkilatı... – S. 226–227.
7 Erkoç H. İ. Eski Türklerde Devlet Teşkilatı... – S. 227.
8 Согдийские документы... II. – С. 80–83.