International scientific-online conference: INTELLECTUAL EDUCATION TECHNOLOGICAL SOLUTIONS AND INNOVATIVE DIGITAL TOOLS 32
https://interonconf.org yetkazib berishga ma’sul vositachi rolini va xizmatini o‘z zimmalariga olgan edilar. Bunday
tizimning yaqool misolini
˂˂
Tanshu>> da Tun yabg‘u-xoqon faoliyatiga oid keltirilgan
<yig‘inini tekshirib turish uchun har biriga alohida tudun yubordi>>
tarzidagi ma’lumotlarda
ko‘zga ko‘rinadi>>9.
Xoqonlikning vassallar bilan munosabatlari masalasida yana bir masalaga to‘xtalib
o‘tadigan bo‘lsak, bu boradagi G‘. Boboyorovning fikrlariga nazar solsak. Ma’lumki, G‘arbiy
turk xoqonlari tomonidan voha hukmdorliklari boshqaruvchilariga turkiy
eltabar
unvoni
berilardi. Bu esa xoqonlarning ularni o‘z vassali deb hisoblashlarini ko‘rsatardi. Jumladan,
mahalliy sulolalarning o‘z boshqaruv tizimiga xos an’anaviy unvonlarning ishlatilishiga xoqonlar
tmonidan hech qanday etiroz bildirilmagan shekilli, Farg‘ona va Samarqandda
ixshid
, Keshda
ixrid
, Ustrushonada
afshin
, Buxoro va Chag‘oniyonda
xudot
, Xorazm, Termiz va Xuttalonda
shoh
, Marvda
marzbon
kabi aksariyati sharqiy eroniy tillarga xos unvonlarning qo‘llanishida
davom etgani ko‘zga tashlanadi. Ushbu hukmdorliklarning bir qanchasi boshqaruvni bevosita
qo‘lga olib, o‘z sulolasiga asos solgan xoqonlik bilan aloqador bazi turkiy sulola vakillari ham
mazkur unvonlarni o‘zlashtirganlar. Shuningdek, Farg‘onadagi turkiy sulola vakillari
cho‘r
,
tarxon
kabi xoqonlikka xos unvonlarni qo‘llash bilan birgalikda mahalliy
ixshid
unvonini
o‘zlashtirgan bo‘lsa kerak, o‘sha davr arab-fors manbalarida Ixshidiylar xonadoni vodiydagi
bosh sulola sifatida qayd etiladi.
G‘. Boboyorov G‘arbiy Turk xoqonligi o‘z vassallari bo‘lmish voha hukmdorliklarini
boshqarishda quyidagi usullardan foydalanganligini e’tirof etadi:
1) Bevosita. Vassallar boshqaruvi nazoratiga shahzoda, ya’ni,
teginlarning yuborilishi
. Bu
usul ko‘proq ilk davrlariga xos bo‘lib, vassallarning barchasiga ham bu usul joriy etilmagan.
Asosan, strategik jihatdan muhim vohalar boshqaruvida o‘zgarish qilishga urinib ko‘rilgan va
mahalliy hukmdor o‘rnini Ashina xonadoni vakili egallagan. Shuningdek, Choch, Farg‘ona va
Kobulistonda boshqaruv Ashina xonadoni vakillariga o‘tgan.
2) Bilvosita. Voha hukmdorligining mahalliy boshqaruvchisi sulolasi ustidan nazorat qilish
– mahalliy hukmdorga
eltabar unvonini berish
va
tudun tayinlash
. Bu usul keng yoyilgan
bo‘lib, barcha voha hukmdorliklariga joriy etilgan.
G‘. Boboyorov yuqoridagi usullar har doim ham kutilganidek natija bermaganligiga ishora
qilib, xoqonlik vassallar boshqaruvida quyidagi
vosita
lardan ham foydalanganligini ta’kidlab
o‘tadi:
1) Nisbatan kuchliroq voha hukmdorliklari bilan nikoh munosabatlarini yo‘lga qo‘yish –
vassal hukmdorni kuyov qilish, ya’ni ,,ko‘ragonlik tizimi‘‘;
2) Strategik ahamiyatga ega joylarda qo‘shin saqlash va garnizon qurish;
3) Nisbatan kichikroq voha hukmdorliklari boshqaruviga xoqonlikning siyosiy hayotida
o‘z o‘rniga ega bo‘lgan biror turkiy qabila yoki urug‘ vakillarini tayinlash;
4) Xoqonlikning asoschisi bo‘lgan Ashina qabilasi yoki unga ittifoqdosh qabila va urug‘lar
vakillarni vassal hududlarga noib sifatida tayinlash.
9 Skaff K. J. Western Turk Rule... – Р. 366.