Umumiy o‘rta ta’limni tashkil etish va pedagog xodimlar faoliyatini tartibga
soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar mazmuni va ularga rioya qilishni tashkil
etish
Ma‟lumki, umumiy o„rta ta‟limni
tashkil etish shuningdek, pedagog
xodimlar faoliyatini tartibga soluvchi ko„plab
normativ-huquqiy hujjatlar
imzolangan. Pedagog xodimlar o„z ish faoliyatlari mobaynida ana shu hujjatlarlar
bilan bevosita ishlaydilar va ko„p bora unga duch keladi. Agar pedagogning
huquqiy savodxonlik darajasi past bo„lsa, u ish faoliyati davomida ko„plab
chalkashlik va qiyinchiliklarga duch keladi. Ushbu ma‟ruzada umumiy o„rta
ta‟limni tashkil etish hamda pedagog xodimlar ko„p bora to„qnash
keladigan
normativ hujjatlar hususida tushunchalar berishga harakat qilingan. Pedagog
xodimlar umumiy o„rta ta‟limni tashkil etishga doir
hujjatlar bilan bevosita
tanishib chiqishlari maqsadga muvofiq.
Umumiy o„rta ta‟limni tashkil etish asosan O„zbekiston Respublikasining
“Ta‟lim to„g„risida”gi Qonuni (23.09.2020 O„RQ-637-son) va “Umumiy o„rta
ta‟lim to„g„risida” nizom (15.03.2017-yil VM-140-sonli qaror)
bilan tartibga
solinadi. Pedagog xodimlar faoliyati hukumat tomonidan qabul qilingan va asosan
ichki lokal hujjatlar bilan tartibga solinadi.
“Ta‟lim to„g„risida”gi Qonuni 2020-yil 23-sentabrda yangi tahrirda qabul
qilindi. Mazkur hujjat bilan 1997-yildan buyon amal
qilib kelayotgan eskirgan
“Ta‟lim toʻgʻrisida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi qonunlarni
kuchuni yo„qotdi. “Ta‟lim to„g„risida”gi Qonun 11 bob va 75 moddadan iborat.
“Ta‟lim to„g„risida”gi Qonun bilan:
Birinchidan,
ta‟lim olish shakllarining tasnifi kengaytirildi:
ishlab chiqarishdan ajralgan (kunduzgi) va ajralmagan holda (sirtqi, kechki,
masofaviy);
nazariy - ta‟lim tashkiloti negizida, amaliy - ta‟lim
oluvchining ish joyida
birga olib boriladigan dual ta‟lim;
oilada ta‟lim olish va mustaqil ta‟lim olish;
katta yoshdagilarni oʻqitish va ularga ta‟lim berish;
jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari boʻlgan bolalar
(shaхslar) uchun inklyuziv ta‟lim;
eksternat tartibidagi ta‟lim - oʻquv dasturlarini
mustaqil ravishda
oʻzlashtirishni oʻz ichiga olib, uning yakunlari boʻyicha ta‟lim oluvchilardan davlat
ta‟lim muassasalarida yakuniy va davlat attestatsiyalaridan oʻtish;
mudofaa, хavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida kadrlar
tayyorlash.