43
To‘qmoq.
yo‘nish yo‘li
bilan stanok-
da tayyorlanadigan yog‘och to‘qmoqlar tut,
akatsiya, qayrag‘och, zarang kabi zichligi ortiq
bo‘lgan puxta, qayishqoq yog‘ochlardan boch
-
kasimon yoki kesik konussimon qilib tayyorla-
nadi.
Duradgorlikda, ko‘pincha, bochkasimon
to‘qmoqlar ishlatiladi (36-rasm).
to‘qmoq uchun tanlangan g‘o‘lani
markaz-
lar orasiga o‘rnatib, diametrini talab etilgan
o‘lchamga keltirib yo‘niladi va
sirkul yoki
chiz g‘ich bilan qirqib tushirish uchun qo‘yim
qol dirib rejalab chiqiladi. Qirqim chiziqlari bo‘yicha o‘yib, bo‘yinlar hosil
qilingach, bochkasimon shaklga keltirib yo‘niladi, so‘ng dasta o‘rinlari reja
-
langach, jilvirlab silliqlanadi va aliflangandan keyin qirqib tushiriladi.
Ularga mos dastalar stanokda tayyorlanadi. to‘qmoqning dasta o‘rni
parmalanib teshiladi va dasta yelimlab o‘rnatiladi. Dastaning puxta o‘rna-
shishi uchun qo‘shimcha ponalanadi.
Shakldor oyoqlar.
Xontaxta to‘g‘ri to‘rtburchakli yoki yumaloq shakl-
da
tayyorlanib, ularning oyoqlari, ko‘pincha, shakldor qilib yo‘nish yo‘li bi
-
lan stanokda tayyorlanadi. Shakldor oyoqlar tayyorlash
uchun unga mos quruq
yog‘och olib, uni talab etilgan o‘lchamda kvadrat shakliga keltirib randala
-
nadi. Oyoqlarga yog‘och o‘rinlari rejalanib,
parmalash yoki o‘yish yo‘li bilan uya lar ochil
-
gandan so‘ng stanokka o‘rnatiladi va yo‘nib,
kerakli shakl ga keltiriladi (37-rasm).
Shakldor oyoqlar, ko‘pincha, sifatli, tabiiy
guli chiroyli bo‘lgan yog‘ochlardan
tayyor-
lanadi. Shuning uchun bunday yog‘ochlardan
tayyorlangan oyoqlar jilvirlangandan so‘ng
payraha bilan silliqlab jilolanadi va lok yoki
politur surtilib pardozlanadi. Bu vaqtda xontaxtalar ham shu turda gi yog‘och
materialdan tayyorlanib, ular ham loklanadi yoki politurlanadi.
Xontaxta va uning oyoqlari tabiiy guli chiroyli bo‘lmagan yog‘ochlardan
tayyorlansa, pardozlash bo‘yash bilan tugallanadi.
Dostları ilə paylaş: