38
8.
Quticha xohishga ko‘ra turli xildagi bezak toshlari, mixlar yordamida
bezatiladi.
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
1.
yelimlarning qanday turlarini bilasiz?
2. yelimlash deb nimaga aytiladi?
3. yelimlab biriktirishning qanday usullarini bilasiz?
Yog‘ochga ishlov berishga oid xalq hunarmandchiligi turlari bo‘yicha
ish usullari. Yog‘och o‘ymakorlik san’ati tarixi va rivojlanishi
yog‘och o‘ymakorligi o‘zbek xalqi amaliy bezak san’atining
keng tar-
qalgan turi. bunda biror naqsh yoki tasvir taxta yoki boshqa yog‘och
buyum-
larga chizib, kesib va o‘yib ishlanadi. Badiiy san’atning bu turi deyarli bar
-
cha xalqlarda bo‘lib,
qadimgi Sharqda, dunyo mamlakatlari
arxitekturasida
keng ishlatilgan. Asrlar davomida Yevropa va Osiyo mamlakatlarida yog‘och
o‘ymakorligining rivojlanib, o‘ziga xos badiiy uslublari kelib chiqqan. O‘rta
Osiyoda ham yog‘och o‘ymakorligi qadimdan rivojlanib, uy-ro‘zg‘or buyum
-
larini tayyorlashda juda keng qo‘llanilgan. bu o‘ymakorlik qa di miy arxitek-
turaning eshik, darvoza, ustunlar, har xil to‘sinlar, stol, stul, xontaxta, quticha,
ramka, qalamdon va boshqa buyumlarni bezashda ishlatilib kelingan.
Dostları ilə paylaş: