Yog‘och o‘ymakorligida ishlatiladigan yog‘och turlari va o‘ziga xos
xususiyatlari
yog‘och o‘ymakorligida ota-bobolarimiz qadimda har xil yog‘ochlardan
turli maqsadda foydalanib kelganlar. Yog‘och o‘ymakorlikda shumtol,
eman, arg‘uvon, terak, chinor va boshqa daraxt yog‘ochlaridan keng foyda-
la niladi. mamlakatimizda yog‘och o‘ymakorligi ustalari o‘z ishlari uchun
eng yaxshi yong‘oq, qarag‘ay, chinor, tut, archa, terak, o‘rik kabi mahalliy
da raxt larning eng a’lo navlarini ishlatadilar. Shu bilan birga boshqa joylar-
dan keltirilgan shamshod, eman, qarag‘ay kabi daraxt yog‘ochlaridan ham
foydalanadilar.
39
AMALIY MASHG‘ULOT.
Silindr shaklidagi detallar.
Egov dastasi eskizini chizish
yog‘ochga ishlov berish ishlarini bajarishda ularga ishlov berishda ish-
latiladigan ish asboblari muhim sanaladi. Chunki yog‘och oson ishlanadi-
gan, turmushda ko‘p ishlatiladigan materiallar sirasiga kiradi. Yog‘ochga
randa, arra, xatkash, qumqog‘oz, turli xil markali stanoklar, iskana hamda
egov yordamida ishlov beriladi. asboblar ishlov beriladigan yuzaning ish
jara yoniga qarab tanlanadi. Masalan, randadan yog‘och yuzasidagi g‘a-
dir-budurlikni olib tashlash va tekislashda foydalaniladi. arra yordami-
da esa yog‘och arralanadi. iskana yordamida yog‘och yuzasiga turli xil
ko‘rinishdagi naqsh elementlarini o‘yib ishlash orqali tushirish mumkin.
egov yordamida esa yog‘ochning yuzasi tekislanadi va turli xil kattaliklarda
chuqurchalar ochiladi.
Silindr shakl deb, geometrik tanasi aylana shaklga ega bo‘lgan buyum
-
ga aytiladi. Buyumlar silindr shaklda yasalgan bo‘lib, oddiy va murakkab
o‘yiqlar bilan kesilgan bo‘ladi. bunga misol qilib egov dastasini olishimiz
mumkin (32-rasm).
32-rasm.
egov dastasining o‘lchamlari.
|