34
5. Qo‘lga zirapcha kirmasligi va har turli shikastlar yetmasligi
uchun zarur hollarda
qo‘lqop kiyib ishlang.
6. Bo‘yoqlar, lok va erituvchi moddalar bilan ishlash joyi shamollatiladigan bo‘lishi
lozim.
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
1. TD – 120 tipidagi yog‘ochga ishlov berish tokarlik stanogining asosiy uzellarini
aytib bering.
2. tirgakni o‘rnatish jarayonini izohlang.
3. yog‘ochga ishlov beradigan tokarlik stanogida ishlash vaqtidagi xavfsizlik tex-
nikasi qoidalarini sanab bering.
Mustaqil amaliy ish
yog‘ochga ishlov beruvchi tokarlik stanogining rasmini chizish. Ularning asosiy
uzellarining vazifalarini va kinematikasini ko‘rinarli tarzda tasvirlash. Ushbu stanoklarda
murakkab bo‘lmagan mehnat operatsiyalarini bajarish.
Jihozlar
O‘quv jarayoni uchun mo‘ljallangan stanoklar, yog‘och bo‘laklari, iskanalar.
1.4. MAHSULOTLAR ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI
Yog‘ochga ishlov berish texnologiyasi asosida uy-ro‘zg‘or buyumlarini
tayyorlash
Uy-ro‘zg‘or buyumlari turli xil bo‘lib, ularni ko‘pincha yog‘ochdan
yasash qulay hisoblanadi. Ularning asosiy turlari oshxona buyumlari, meh-
monxona, yotoqxona hamda ro‘zg‘orda ishlatiladigan turli asboblar va
buyumlar bo‘lib, ular yog‘ochdan yasalgan. Uy-ro‘zg‘or buyumlaridan har
birini tayyorlashda uning bajariladigan vazifasiga qarab qaysi yog‘och tu-
ridan foydalanish maqsadga muvofiqligi aniqlab olinadi. Unda, asosan, ish
-
35
latiladigan yog‘och materialining qattiqligi hamda undan tayyorlanadigan
buyumdan foydalanish jarayonida ro‘y beradigan ta’sirlarga chidamlilik
darajasi hisobga olinadi. Uy-ro‘zg‘or buyumlaridan biri bo‘lgan quticha,
odatda, o‘rtacha qattiqlikdagi yog‘ochlardan turli shakllarda tayyorlanadi.
Dostları ilə paylaş: