152
uchun olim aynan shu mavzuni oʻrganib chiqishga qoʻl urgani sababini aniqlash.
Fan bilan shugʻullanish bir necha sabablarga bogʻliqligi bilan belgilanadi.
Ularga yangilikka intilish va ularni yaratish, aniq fanlarga qiziqish va qandaydir
aniq masalalarga qiziqish,oʻz kashfiyotlari bilan
insoniyatga foyda keltirish,
istagan yoki qandaydir xalq xoʻjaligiga doir masalalarni hal etish yoki shunchaki
oʻz ishi bilan oʻzidan tarixda nom-nishon qoldirish; aniq bir ijtimoiy statusga
intilish (ilmiy darajalariga ega boʻlish) mashhurlikka intilish kabilar bilan
belgilanadi.
Pedagogik
faoliyatning
muhim
qismlari
boʻlib,
uning
motivatsiyasida koʻrinadi. Pedagogik faoliyat oʻquv faoliyatidagi kabi
motivasion orientasiyalarga ajratiladi. Ular tashqi motivlar boʻlib, bunga oʻz
faoliyati natijasi va jarayonini orientasiya qilishni misol qilish mumkin. Aniq
ta’lim muassasasidagi ish nufuzining tashqi motivlari, mehnatga xaq toʻlashdagi
adekvatlik motivlari, koʻpincha kasbiy va shaxsning oʻsish motivlari bilan mos
oʻzaro bogʻliq.G.A.Myurrey hokimiyatga intilishning asosiy motivlarini
ularning faoliyati bilan bogʻlagan holda ajratadi.
Ehtiyojning belgi yoki
samaralari quyidagi istaklarda namoyon boʻladi; 1. Oʻz ijtimoiy olamini
boshqarish; 2. Boshqalar xulqiga ta’sir oʻtkazish va oʻz maslaqatlari bilan yoʻlga
solish, buyurish, oʻz soʻziga ishontirish; 3. Oʻz e’tiqodiga yoʻnaltirish.
Motivatsiyaning barcha omillarini moddiy va nomoddiy stimullarga ajratish
mumkin ―hayot faqat yeb ichishdan iborat emas. Boshqa soʻz bilan aytganda
pul bilan xodimlarni jalb etishning oʻzi yetarli emas. Korxonada moddiy
ragʻbatlantirishdan tashqari xodimlar jalb qilinadiganlar motivasiyasining
qoʻshimcha, nomoddiy tizimi ishlab chiqilgan boʻlishi mumkin.
Bu ularni
psixologik tashqi iqtisodiy jihatlardan muhim ehtiyojlarni qondirishga
moʻljallangan boʻlishi kerak. Tamoyilni amalga oshishi, yuqori natijalarga
erishgan ishchilarning ragʻbatlantirilishiga qaratilgan ijobiy motivasiyalarning
ishlab chiqilishi bilan belgilanadi. Motivlarning qaysi biri ustunlik qilishi
ijobiymi yoki salbiymiq degan savolga javobni aniq
bir korxonada ishlash va
xodimlar bilan munosabatga kirishish jarayoniga bogʻliq holda hal qilish
mumkin. Shunday ekan, motivasiya adekvat boʻlishi, korxona xodimining ish
natijalariga mos boʻlishi kerak.. Agar rahbarning bahosi, rahbarlarning oʻz
natijalarini baholashni shakllantirsa, bu yaxshi koʻrsatkich hisoblanadi.
Bunda
153
rahbarning tashqaridan beradigan bahosi va xodimlarning oʻz-oʻziga beradigan
bahosi muvofiq keladi. V.A.Krutetskiy oʻspirinlarda uchrash mumkin boʻlgan
motivlardan quyidagilarni alohida ta’kidlab oʻtadi: - biror oʻquv faniga nisbatan
oʻspirinning qiziqishi; - Vatanga foyda keltirish istagi; - shaxsiy qobiliyatini
roʻkach qilib koʻrsatish; - oilaviy an’analariga rioya qilishi; - doʻstlari va
oʻrtoqlaridan oʻrnak olganligi; - ish joyining va oʻquv yurtining uyga yaqinligi; -
moddiy ta’minlanganlik; - oʻquv yurti koʻrinishining
chiroyliligi yoki unga
joylashishining osonligi singari motivlardir. Yuqoridagi fikrlardan koʻrinadiki,
ilk oʻspirinlik davrida kasbiy motivlarning shakllanishi bir qator tashqi va ichki
omillarga bogʻliq. Shuningdek, kasb tanlashga boʻlgan intilish ishtiyoqlar
negizida kasbiy motiv va motivasiya shakllanadi. Aynan xorij psixologlari
kasbiy motivlar tarkibini ishlab chiqishda kasb tanlashgacha boʻlgan va kasb
tanlab boʻlgandan keyingi jihatlarini koʻrsatib oʻtadilar.
Dostları ilə paylaş: