157
kasbiy deformatsiyalar bilan bogʻliqlik ishchining kasbiy nomuvofiqligi boʻlishi
mumkin.
Tanlovning
keyingi
muhim
aspekti
mutaxassis
faoliyatining
samaradorligini aniqlaydi. Albatta, tanlov ob’yektiv xarakterga ega boʻlishi
lozim. Tanlovda ishchi kasbiy faoliyatining ma’naviy tomonini hisobga olish
lozim. Har bir kasbda xulq etikasi va korporativ ahloq mezonlari mavjud. Ularga
rioya etish tashkilot va muassasalarning rahbarlari uchun muhim ahamiyatga
ega. Kasbiy ahloq qarorning ijtimoiy asoslanishiga, maxsulot sifatiga,
rahbar
kadrlar siyosatiga, jamoadagi ijtimoiy - psixologik muhitga ta’sir etadi. Nixoyat,
tanlov mutaxassisning oʻz ishiga va kasbiga boʻlgan sub’yektiv munosabatini
aniqlash imkonini beradi. Shuningdek, asosiy qobiliyat tarkibidan tashqari,
tanlov
istalmagan
kasbiy
sifatlar
boʻlishi
mumkin
boʻlgan
shaxs
deformatsiyalari va albatta, ularning tashxis usullarini aniqlab berishlari lozim.
Asosiy qobiliyatlar va istalmagan kasbiy sifatlar
tashxisi natijalari
mutaxassisning kasbiy rivojlanishini va malakasini oshishini aniqlab berishi
kerak.
Tanlov maqsadlari - bu malaka professionalizmining oʻsishini tezlatish
boshqaruvli mehnat sermaxsulligi, ijodiy tashabbuskorlikning rivojlanishi bozor
iqtisodiyoti sharoitida mehnatga haq toʻlashni differensiatsiya yoʻli bilan
ishchilarni ijtimoiy himoyalash kabilardir. Mutaxassisning egallab turgan
lavozimi va talab etayotgan malaka toifasiga mosligini oʻrganish,
ishchini
kelgusidagi kasbiy malakalari oʻsishiga imkon beradi. Shuningdek, tanlovning
noxush masalaridan biri - shtatlarni qisqartirish, rahbarni ishi qoniqtirmaydigan
ishchilardan qutilishi. Kasbiy tanlov tashkilotda ma’lum tanglikni yaratadi
chunki, u sub’yektiv va xato boʻlishi mumkin boʻlgan baholash jarayonlari bilan
bogʻliq. CHunki tanlov natijalariga koʻra shaxs uchun juda muhim boʻlgan
xulosalar chiqariladi. Shuning uchun kasbiy tanlovni oʻtkazish uchun ishchining
professionalizm darajasini, mehnat samaradorligini va kasbiy potensialini toʻgʻri
baholay oladigan professionallar jalb etiladi.
158
Psixologik tanlovning yana shunday
xususiyati borki, tanlanayotgan ob’yektlar
orasida biri boshqalaridan
nimasi bilandir
ustunlik qilsa oʻsha ob’yektni tanlanish
ehtimolligi koʻproq
boʻladi.
Yaqinda,
Chikago universiteti talabalari tomonidan
psixologik
tadqiqot
oʻtkazilgan.
Qatnashuvchilar ikki guruhga ajratilgan va
guruhlardan ikkita dam olish joyidan birini
tanlash soʻralgan.
Birinchi guruhga tanlash
oson boʻldi. Chunki, ularga joylardan biri dengiz boʻyida joylashganligi aytilgan
edi. Ikkinchi guruh bu borada qiynaldi, sababi ularga hech narsa aytilmadi va
tanlash imkoniyati teng edi.
Erik Erikson rivojlanishning 8 ta vaziyatini keltirgan. Vaziyatlarning har
biri dilemma yoki psixologik tanlovni oʻz ichiga oladi. Ular foydali boʻlishi ham
mumkin yoki xavfli boʻlishi ham mumkin va albatta bittasi boshqasiga
qaraganda manfaatliroq boʻladi. Ular quyidagilar:
-ishonish va ishonmaslik;
-oʻzini harakatlarini erkin boshqarish va uyalish;
-oʻzini harakatlarini baholay olish
va aybdorlikni his qilish;
-ishchanlik va ishda oʻzini koʻrsata olmaslik;
-oʻzini anglash va boshqalar tomonidan tan olinmaslik;
-odamlar bilan aloqada boʻlish va odamlardan ajralib qolish;
-oʻzidan nasl qoldirish va yolgʻiz oʻtish;
-oʻsishda davom etish va umidsizlikka tushish.
1
Dostları ilə paylaş: