Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi toshkеnt arхitеktura va qurilish instituti


 Kasbning ijtimoiy psixologik ahamiyati va tavsifi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/186
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199869
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   186
KASBIY PSIXOLOGIYA Aripova 2019

 
3.1.5. Kasbning ijtimoiy psixologik ahamiyati va tavsifi 
Kasb tanlash qisqa vaqtda hal etiladigan ish boʻlmasdan, balki qator 
bosqichlardan iborat jarayondir. Bu bosqichlarning davoimiyligi tashqi 
omillarga va kasb tanlash sub’yektining individual xususiyatlariga bogʻliq holda 
kechadi. Kasbiy jihatdan oʻz oʻzini aniqlash katta maktab yoshiga kelib inson 
uchun dolzarb mazmun kasb etadi va bir qancha bosqichlarni oʻz ichiga qamrab 
oladi. Biz quyida shu bosqichlarga qisqacha toʻxtalib oʻtamiz. Bundan 
koʻzlangan maqsad shundaki, biz koʻrib chiqayotgan mavzuni, ya’ni shaxsning 
kasb tanlashi, kasbiy shakllanishi va kasbiy faoliyati muammolarini chuqurroq 
yoritish orqali shaxsni aynan kasbiy oʻz oʻzini aniqlash jarayonini bosqichma 
bosqich koʻrib chiqishimiz zarur boʻladi. Shunday qilib, kasbiy oʻz oʻzini 
aniqlash beshta bosqichni oʻz ichiga qamrab oladi: 1. Kasbni ilk tanlash 
bosqichi. Bu bosqichda bola kasblar olami haqida yetarlicha tasavvurga ega 
boʻladi, oʻz ichki imkoniyatlari haqida kam biladi, uning kasbiy intilishi hali 
sust darajada boʻladi. Bu bosqich kichik maktab yoshiga taalluqli boʻlib, unda 
kasbning mazmuni va ish sharoitlari haqida bolada savollar tugʻilmaydi. 
2.Kasbiy jihatdan oʻz-oʻzini aniqlash bosqichi katta maktab yoshiga toʻgʻri 
keladi (15-17 yoshlar). Bu bosqichda ilk professional intilishlar paydo boʻladi va 


154 
rivojlanadi hamda mehnatning turli xil sohalari ichidan oʻziga ma’qulini tanlash 
jarayoni kuzatiladi. 3.Kasbiy ta’lim bosqichida tanlangan kasbni oʻzlashtirish 
jarayoni sodir boʻladi. 4.Kasbiy moslashish bosqichi kasbiy faoliyatning 
individual uslubining paydo boʻlishi hamda kishining ishlab chiqarish va 
ijtimoiy munosabatlar tizimiga bogʻlanishi bilan xarakterlanadi. 5.Mehnatda 
oʻzini koʻrsatish bosqichi (qisman yoki butunlay) kasbiy mehnatga taalluqli 
boʻlgan talablarning (kutilmalarning) bajarilishi yoki bajarilmasligi bilan bogʻliq 
holda kechadi. Shunday qilib, kasbiy jihatdan oʻz oʻzini aniqlash - shaxs kasbiy 
faoliyatining barcha davrlarini, ya’ni, kasbiy intilishning paydo boʻlishidan 
tortib to mehnat faoliyatidan butunlay ozod boʻlgungacha boʻlgan davrlarni 
oʻzida mujassamlashtirgan jarayondir. Albatta, bu jarayonning eng muhim 
bosqichlaridan biri kasb tanlash amalga oshiriladigan bosqichdir. Toʻgʻri 
tanlangan kasb, bir tomondan, shaxsning ichki imkoniyatlariga mos tushadi va 
uning insoniy baxti hamda kamolotini belgilaydi, ikkinchi tomondan esa yaxshi 
kasb egasining samarali mehnati ta’sirida jamiyat rivoji jadallashadi. Bu asosan 
tashqi holat baholariga, oʻzining imkoniyat va qobiliyatlariga, kasb tanlashdagi 
qiziqish va moyilliklariga bogʻliqdir.
 
1.Ob’yektiv baholash xususiyatga ega, har qanday vaziyatda ham 
ma’lumotni toʻgʻri eshitib, toʻliq qabul qilib, qiziqish bildirib shok holatiga 
tushmay sovuqqonlik bilan vaziyatni baholash.
2. Shaxsni, u kim boʻlishidan qat’iy nazar hurmat qilish kerak, maqsad-
bolada ma’suliyatni his qilishini uygʻotib, mustaqqil fikrlashga undash.
3.Shaxsni tushunish, oʻzaro bitim tuzib birgalikda ongli ravishda tushunib 
qaror qabul qila olishga undash. 
4.Psixologik bilimlarga, inson fe’l atvori, uning jismoniy, ijtimoiy 
psixologik determinantlarga ega boʻlish. DJ. Shtrasser va X.Gruber oʻz tadqiqot 
xulosalarida psixologiya fanidan yaxshi oʻrganilmagan tuzilmalarga e’tiborini 
qaratgan. Bulardan bittasi kongnetiv aspektlarni fanga yoʻnaltirilgan tahlillardir.
1.Ekspertlar tomonidan muammolarni mental tassavuri.
2.Narsalarga qaratilgan muammolarni yechimini topishda fikrlash 
jarayonlari.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin