224
T.S.Malikov, N.H.Haydarov
diversifikatsiyasi
darajasi, hajmi, faoliyat yuritish mudda
-
ti, xorijiy bozorni egallaganlik darajasi, tovar-moddiy zaxi-
ralarni va amortizatsiyani hisoblash usullari farq qilishi
mumkin. Shunday qilib, koeffitsiyentlardan
foydalangan
holda tahlil qilish faqat umumiy ko‘rsatma bo‘lib xizmat qi-
lishi mumkin va moliyaviy qarorlar qabul qilish jarayonida
ularga to‘liq suyanib bo‘lmaydi.
Moliya
225
14-BOB. MOLIYAVIY HISOBOTLAR VA MOLIYAVIY
REJALASHTIRISH
14.1. Moliyaviy rejalashtirish
Moliyaviy rejalashtirish quyidagi bosqichlarni o‘z
ichi ga
oladi: reja tuzish, uni amalga oshirish va erishilgan nati-
jalarni inobatga olgan holda tuzatish kiritish. Moliyaviy
rejani ishlab chiqishda firmaning strategik rejasi asosiy
tayanch hisoblanadi. Aynan shu reja moliyaviy rejalashti-
rishning asosiy yo‘nalishini, biznesni rivojlantirish bo‘yicha
umumiy vazifalarni va kompaniya o‘sishi ko‘rsatkichlarini
belgilaydi. Boshqacha qilib aytganda, firma o‘z
biznesining
qaysi yo‘nalishini kengaytirishni, qaysilarini qisqartirishni
istashi strategik rejaga muvofiq hal etiladi va tegishli cho
-
ra-tadbirlarni amalga oshirish muddatlari tayinlanadi.
Moliyaviy rejalashtirishning yana bir muhim elementi
re
jalashtirish davrining
davomiyligidir. Odatda, bu davr qancha-
lik uzoq bo‘lsa, moliyaviy reja shunchalik batafsil bo‘lmay-
di. Besh yillik moliyaviy rejalar odatda, faqat asosiy basho-
rat qilinadigan aktivlar va majburiyatlar, tafsilotlarni o‘z ichi-
ga olmagan moliyaviy natija to‘g‘risida hisobotlar va balans
shakllarini o‘z ichiga oladi. Boshqa tarafdan,
bir oyga tuzilgan
moliyaviy rejaga odatda, muayyan mahsulot liniyalari bo‘yicha
daromadlar va xarajat-lar bashorati va bo‘lajak pul tushum-
lari hamda to‘lovlarning batafsil istiqbolli baholanishi kiritila-
di. Aksariyat hollarda, ko‘p
yillik rejalar har yili, bir yilga tuzil-
gan reja esa har chorakda qayta ko‘rib chiqiladi.
Moliyaviy rejalashtirish sikli (jarayoni) bir necha bos-
qichdan iborat bo‘lib, u quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
1.
Boshqaruv xodimlari firma mahsulotiga talab dara
-
jasini va uning bo‘lajak ishlab chiqarish xarajatlari daraja-
sini belgilovchi asosiy tashqi omillar dinamikasi
prognozini
tuzadi. Tashqi iqtisodiy omillarga kompaniya o‘z mahsulot-
larini sotadigan bozorlardagi ishbilarmonlik faolligi daraja-
si, inflyatsiya darajasi, valyuta kurslari, foiz stavkalari da
-