T.S.Malikov, N.H.Haydarov raja
si, shuningdek, asosiy raqib firmalarning ishlab chiqa
rish hajmlari va tovarlarining bahosi kiradi.
2. Ushbu tashqi omillar va bo‘lajak investitsiya xara-
jatlari, ishlab chiqarish hajmi, marketing va ilmiy tadqiqot-
lar hamda dividend to‘lash bo‘yicha xarajatlar borasidagi
o‘zlarining dastlabki qarorlari asosida menejerlar firmaning
daromadlari va xarajatlari hamda pul mablag‘lari oqimlari
bo‘yicha prognozini tuzadilar. Shuningdek, ular kompani-
yaning tashqi moliyalashtirish manbalaridan mablag‘ olish-
ga bo‘lgan ehtimoldagi ehtiyojini ham belgilaydilar. Ular
firma faoliyatining bo‘lajak moliyaviy ko‘rsatkichlari aksi
-
yadorlar daromad olishini nazarda tutib tuzilgan dastlabki
strategik rejaga nechog‘lik mosligini, firmada ushbu rejani
amalga oshirish uchun moliyaviy mablag‘ olish imkoniyati-
ni bor yoki yo‘qligini tekshiradilar. Agar shu ish jarayonida
biror-bir nomutanosiblik aniqlansa, menejerlar qabul qilin-
gan qarorni u haqiqiy amalga oshirilayotgan rejaga mos
kelmaguncha qayta ko‘rib chiqadilar va shu oxirgi reja yil
davomida firmaning joriy qarorlari uchun dasturga ayla
-
nadi. Bundan tashqari amaliyotda biror prognoz noto‘g‘ri
bo‘lib chiqishi mumkinligini oldindan o‘ylab, qo‘shimcha re-
jalar tuzib qo‘yish tartibi ham keng tarqalgan.
3. Tuzilgan umumiy reja asosida oliy bo‘g‘in rahbarlari
o‘zlari va o‘z qo‘l ostidagilari uchun kelajakda firma sama
-
radorligining muayyan ko‘rsatkichlarini belgilab qo‘yadilar.
4.
Amalda erishilgan firma samaradorligi daraja
-
si muntazam baholab boriladi (har oyda yoki har chorak-
da), rejada belgilab qo‘yilgan maqsadlar bilan solishtiriladi
va zarur bo‘lsa to‘g‘rilash choralari ko‘riladi. Yil davomida
amaldagi ko‘rsatkichlar rejalashtirilgan ko‘rsatkichlardan
ancha og‘ishsa (farq qilsa), boshqaruv xodimlari rejaning
o‘zini ham butunlay o‘zgartirish (to‘g‘rilash)lari mumkin.
5. Yil oxirida xodimlar rag‘batlantiriladi (mukofot yoki
ish haqi oshirilishi) va rejalashtirish sikli (jarayoni) boshi-
dan qayta boshlanadi.