T. S. Malikov moliya


T.S.Malikov, N.H.Haydarov



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə172/193
tarix27.12.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#200010
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   193
Moliya 2018 (o\'quv qo\'llanma)

T.S.Malikov, N.H.Haydarov
Ma’lum chora-tadbirlar va tartiblar kompaniya o‘z mah-
sulotini sotgan payt bilan pul hisob raqamiga kelib tushgan 
payt oralig‘idagi vaqtni qisqartirish imkonini beradi. Aynan 
shu tadbirlarni amalga oshirish orqali firmaning aylanma 
kapitalga bo‘lgan ehtiyojini kamaytirish mumkin. Ideal ho-
latda, har bir firma yetkazib beriladigan tovar uchun mi
-
jozlardan avans olishga intilishi kerak. Bundan tashqari 
o‘ziga zarur resursni sotib olish va haqini to‘lash o‘rtasidagi 
vaqtni uzaytirish orqali aylanma kapitalga bo‘lgan ehtiyojini 
qisqartirishi mumkin.
To‘lov vaqti va amalga oshirilayotgan xo‘jalik operat-
siyalari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni yaxshilab tushunish 
uchun 14.4.1-rasmni diqqat bilan o‘rganing.
Tovar-moddiy 
zaxiralarning 
korxonada bo‘lish 
vaqti 
Buyurtma 
olindi 
Omborga 
yetkazildi 
Xomashyo va 
materiallar haqini 
to‘lash uchun schyot-
faktura olindi 
Kreditorlik 
qarzi muddati 
Pul to‘lovlari 
amalga 
oshirildi 
Tayyor 
mahsulot 
сотилди
Debitorlik qarzi 
muddati 
Pul mablag‘lari 
aylanish sikli 
давомийлиги
Vaqt 
Sotilgan mahsulot 
uchun pul olindi 
Xom
-ashyo 
va mate-
riallar sotib 
olindi 
14.4.1­rasm. 
Pul mablag‘lari aylanishi sikli 
Pul mablag‘lari aylanishi siklining davomiyligi
(cash 
cycle life) – bu firma o‘z mahsulot yetkazib beruvchilari
-
ga to‘lashni boshlashi kerak bo‘lgan sana va o‘z iste’mol-
chilaridan pul olishni boshlaydigan kun oralig‘idagi vaqt. 
14.4.1-rasmda ko‘rinib turibdiki, pul mablag‘lari aylanishi 
siklining davomiyligi tovar-moddiy zaxiralarining korxona-
daligi vaqti bilan debitorlik qarzlari muddatidan iborat 
hisob lar bo‘yicha to‘lovlari muddatini uzaytirsa, bunday chegirma ham 
no aniq foizni namoyon etadi.


Moliya
239
bo‘lib, bu muddatdan kreditorlik qarzi muddati olib tashla-
nadi, ya’ni:
Pul mablag‘lari 
aylanishi sikli 
davomiyligi
=
Tovar-moddiy 
zaxiralarning 
korxonada 
bo‘lish vaqti
+
Debitorlik 
qarzi 
muddati

Kreditorlik 
qarzi 
muddati
Zaruriy aylanma kapital hajmi pul mablag‘lari aylanishi 
sikli davomiyligiga to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq. Agar kreditorlik 
qarzi muddati yetarlicha davomli bo‘lib, tovar-moddiy zaxi-
ralarining korxonadaligi vaqti bilan debitorlik qarzlari mud-
datini o‘z ichiga olsa, firmaga aylanma kapitalning umu
-
man keragi bo‘lmaydi.
Qanday amal (harakat)lar kompaniyalarning aylanma 
kapitaliga bo‘lgan ehtiyojini qisqartirish imkonini beradi? 
Pul mablag‘lari aylanishi sikli davomiyligini hisoblash teng-
lamasidan ko‘ramizki, firma o‘zinining aylanma kapital
-
ga bo‘lgan ehtiyoji darajasini quyidagi tarzda kamaytirishi 
mumkin:
• 
Zahiralar omborda saqlanadigan vaqtni qisqartirish

Bunga erishish uchun tovar-moddiy boyliklar harakati-
ni boshqarish jarayonini takomillashtirish yoki mahsu-
lotni faqat ishlab chiqarish jarayonida unga ehtiyoj tug‘il-
gan vaqt da aniq yetkazib bera oladigan mahsulot yetkazib 
beruv chilar bilan shartnoma tuzish kerak.
• 
Debitorlik qarzlarini tezroq pulga aylantirish. 
Bun-
ga bir necha yo‘l bilan erishish mumkin. Masalan, qarz-
larni undirish jarayoni samaradorligini oshirish, tezroq 
to‘laydigan mijozlarga chegirmalar taklif etish, shuningdek, 
to‘lash muddati kechiktirilgan hisoblarga foiz yozish orqali.
• 
O‘z kreditorlik qarzlarini to‘lash muddatini cho‘zish 
orqali.

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin