T. S. Malikov moliya


Barqaror o‘sish tenglamasi qiymati ahamiyati



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə170/193
tarix27.12.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#200010
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   193
Moliya 2018 (o\'quv qo\'llanma)

Barqaror o‘sish tenglamasi qiymati ahamiyati
Firmaning barqaror o‘sish maksimal koeffitsiyenti uning 
kapitali daromadliligi koeffitsiyentiga (ROE) teng va faqat 
dividendlar to‘lash koeffitsiyenti “0”ga teng bo‘lganda, ya’ni 
kompaniyaning sof foydasi to‘liqligicha ushlab qolinib, biz-
nesga reinvestitsiya qilingandagina bunday ko‘rsatkich-
ga erishish mumkin. Agar firma o‘z o‘sish sur’ati o‘zining 
barqaror o‘sish koeffitsiyentidan yuqori bo‘lishini istasa, 
yangi aksiyalarni emissiya qilishi yoki kreditorlar oldidagi 
qarz koeffitsiyentini oshirishi kerak bo‘ladi. 
Barqaror o‘sishga misol:

A” kompaniyasi quyidagi belgilangan koeffitsiyentlarga 
ega deylik:
Aktivlar aylanuvchanligi koeffitsiyenti = bir yilda 0,5 
marta;
Qarz olingan kapitalning o‘z kapitaliga nisbati koeffitsi
-
yenti =1,0;
Dividendlar to‘lash koeffitsiyenti = 0,4;


236
T.S.Malikov, N.H.Haydarov
Kapital daromadliligi koeffitsiyenti (ROE) = 20%.
So‘nggi yillarda kompaniyaning sotuvlari hajmi 1,0 
mln. so‘mni tashkil etdi. Demak, aktivlar summasi 2,0 mln. 
so‘mga, qarz olingan va aksiyadorlik kapitali qiymatlarining 
har biri esa 1,0 mln. so‘mga teng. Kapital daromadliligi (ROE) 
20,0%ni tashkil etgan, shunga muvofiq ravishda sof foyda 
200 000 so‘m bo‘lishi kerak. Shundan 80 000 so‘m dividend 
sifatida to‘langan, 120 000 so‘m esa yangi aksiyadorlik kapi-
tali sifatida reinvestitsiya qilingan. Kompaniya qarz kapitalin-
ing o‘z kapitaliga nisbati koeffitsiyenti 1,0 ga teng bo‘lganligi 
uchun “A” o‘z aktivlarini 240 000 so‘mga va sotuv hajmini esa 
120 000 so‘mga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Shunday qilib, sotuvlar hajmi barqaror o‘sishi koeffitsi
-
yenti quyidagicha bo‘ladi:
120000
0,12 12%.
1000000
=
=
=
g
Agar hisob-kitob uchun quyidagi formuladan foydalan-
sak, xuddi shu natijani olamiz:

=
ROE × (1 – Dividendlarni to‘lash koeffitsiyenti) =
= 20% × (1 – 0,4) = 12%
“A” kompaniyasining uch yillik barqaror o‘sish davridagi 
moliyaviy hisobotlari 14.4.1-jadvalda aks ettirilgan:
14.4.1-jadval

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin