“A”
kompaniyasining 20x1–20x3-yillardagi
moliyaviy hisoboti
(mln so‘mda)
Moliyaviy natijalar
to‘g‘risidagi hisobot
20x1-y.
20x2-y.
20x3-y.
Sotuvlar hajmi
1000000
1120000
1254400
Sof foyda
200000
224000
250880
Dividendlar
80000
89600
100352
Taqsimlanmagan
foydaning o‘sishi
120000
134400
150528
Balans
20x0-y.
20x1-y.
20x2-y.
20x3-y.
Aktivlar
2000000
2240000
2508800
2809856
Majburiyatlar
1000000
1120000
1254400
1404928
Kapital
1000000
1120000
1254400
1404928
Moliya
237
3.12-nazorat uchun savol
Firma o‘sishi sur’ati uning barqaror o‘sishi koeffitsiyen
-
tidan past bo‘lgandagi vaziyat tashqi moliyalashtirish sum-
masiga qanday ta’sir qiladi?
14.4.Aylanma kapitalni boshqarish
Aksariyat kompaniyalarning ishlab chiqarilgan mah-
sulot yoki tovarlarni sotishdan biror-bir daromad (foyda)
olishlridan oldin amalga oshirilgan xarajatlarni qoplash
uchun ma’lum miqdorda pul mablag‘lari sarflashlariga
to‘g‘ri keladi. Buning natijasida firma aktivlarining ma’lum
qismlari, masalan, tovar-moddiy zahiralar va olinishi ke-
rak bo‘lgan hisoblar (debitorlik qarzlari) odatda, uning
majburiyatlaridan, ya’ni to‘lanishi kerak bo‘lgan hisoblar
(kreditorlik qarzlari) va to‘planib qolgan qarzlardan oshadi.
Kompaniyaning aylanma aktivlari bilan joriy majburiyat-
lari o‘rtasidagi farq
aylanma kapital
(working capital), deb
ataladi. Agar kompaniyaning aylanma kapitalga ehtiyoji
mavsumiy emas, balki doimiy xususiyatga ega bo‘lsa odat-
da, kompaniya uzoq muddatli moliyalashtirishni olishga
harakat qiladi. Mavsumiy ehtiyojlar qisqa muddatli qarzlar,
masalan, bank kreditlari hisobiga moliyalashtiriladi.
Firma aylanma kapitalini boshqarishning asosiy prin-
sipi daromadsiz aktivlar, masalan, debitorlik qarzlari va
tovarmoddiy zahiralariga sarflangan mablag‘larni imkon
qadar kamaytirishdan, va “foizsiz” kreditlardan, ya’ni a)
mijozlar oldindan to‘lagan mablag‘, b) hisoblangan, ammo
to‘lanmagan mehnat haqi va v) kreditorlik qarzlaridan mak-
simal darajada foydalanishdan iborat. Pul mablag‘larining
bu uchta manbayi firma uchun bepul hisoblanadi. Chunki
odatda, ularga aniq (ochiq) foiz stavkasi hisoblanmaydi
257
.
257
Agarda firma to‘lovlarni bo‘nak (avans) tarzida amalga oshiruvchi
xaridorlarga chegirmalarni taklif etsa, u holda bunday chegirmalar miq-
dori noaniq foizli to‘lov hisoblanadi. Agar firma mahsulot (mol) yetkazib
beruvchi tomonidan taklif etilgan chegirmadan voz kechib, bu orqali
|